Borli o’g’itlar Molibdenli o’g’itlar


Download 72 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi72 Kb.
#1354919
  1   2
Bog'liq
mineral ogitlar ahamiyati


Mikroo’g’itlarning ahamiyati va ishlatilishi, ularni saqlash. organik o’g’itlar. ko’kat va bakterial o’g’itlar
Reja:



  1. Borli o’g’itlar

  2. Molibdenli o’g’itlar

  3. Misli o’g’itlar

  4. Marganesli o’g’itlar

  5. O’g’itlarni saqlash, tashish va ishlatish. Organik o’gatlarning ahamiyati.

  6. To’shamali go’ngning kimyoviy tarkibi.

  7. Tushamali go’ngni saqlash usullari.

Mikro o’g’itlarning o’simliklar uchun ahamiyati shundaki, ular moddalar almashinuvidagi ko’pchilik muhim jarayonlarda ishtirok etadi. Ularning ko’pchiligi (Mn Cu Mo Zn CO) biokimyoviy reaksiyalarni jadallashtiro’vchi turli hil fermentlar tarkibiga kiradi, ba’zilari (Mn, Cu, Fe) o’simliklar xujayralaridagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Borli o’g’itlar. O’simliklar hosil etishtirish uchun 1 ga erdan 20 ga gacha bor iste’mol qiladi. Donli ekinlar- javdar bug’doy, suli, arpa, tariq tuproqdan borni kamroq oladi.Kungabaqar, ! kartoshka, zig’ir, beda, xantal va ba’zi sabzavot ekinlari borki ancha ko’p iste’mol qiladi va uning etishmasligi bu ekinlarda ko’proq bilinadi. O’simliklarning poyalarga qaraganda barglarida bor ko’proq bo’ladi, ayiiqsa gullari borga boy bo’ladi.
Bor etishmasa, avvalo poya, novda va ildizlarning o’sish nuqtalari kasallanadi va nobud bo’ladi. Poyaning o’sish nuqtasi nobud bo’lganida shiddatli ravishda yon novdalarhosil bo’ladi.
Bor etishmaganida lavlagi o’zakni chirishi kasalligiga o’chraydi natijada ildizi g’ovak bo’lib qoladi, ba’zan esa butunlay ; chirib ketadi, zig’ir bakterioz, kartoshka esa parsha kasaliga uchraydi. Borli o’g’it solinganda bunday kasalliklar batamom yo’qotiladi.
Tuproqlardagi borning umumiy miqdorya 1 kg tuproq hisobidan olinganda ularning hiliga karab 1-2 dan 50-80 mg gacha bo’ladi.
Borli o’g’itlar bornodotolit uni (2 % B) bor -magniyli o’g’it (2-3% B ). oddiy- va qo’sh borli superfosfat (0,2%, V)dir. Borning |sof tuzi-borat (11% B) va borat kislota (17%B) qimmat turadi, ;urug’larga ekishdan oldin ishlov berish uchun, shuningdek ildizdan tashqari oziqlaitirish uchun ishlatiladi.
Molibdenli o’g’itlar. O’simliklardagi molibden miqdori quruq moddasiga nisbatan hisoblanadi. Urug’larda, ayniqsa dukkakli o’simliklar urug’ida ko’p bo’ladi. Dukkakli ekinlarning tuganaklari molibdenga ayniqsa boy. Molibden tuganak bakteriyalar va erkin yashovchi bakteriyalar tomonidan havo azotining fiksatsiya kilinishida muhim rolo’ynaydi.
Molibden etishmaganida dukkakli ekinlar ildizlaridagi tuganaklar sust rivojlanadi, azotni fiksatsiyalovchi bakteriyalar normal rivojlana olmaydi va atmosfera azotinn fiksatsiya qilmaydi. Molibden etishmaganida o’simliklarning to’qimalarida ortiqcha miqdorda nitratlar tuplanib qoladi. Ularning qaytarilishi sekinlashadi, natijada normal azot almashinuvchi buziladi.
Tuproqlardagi molibdenning umumiy miqdori 1 kg ga tuproq hisobidan olganda 0,2 dan 12 mg gacha bo’ishi mumkin. Agar tuproqda uning harakatchan shakllari 1 kg ga 0, 15-1,2 mg dan kam bo’lsa o’simliklar molibdenga extiyoj sezadi.
Molibdenli o’gitlar: ammoniy molabdat (50%Mo), texnik ammoniy natriy molibdat (35% Mo), molibdenlangan superfosfat (0,1-0,2% Mo).
Molibdenni ekin ekish vaqtida qatorlarga solish va ildizdan tashqari oziqlantirish uchun rivojlanishining boshlang’ich fazalarida ammoniy molebdatning 0,1-0,005 % li eritmasi holida o’simliklarga purkash (1 ga erg’a 50-100 gr Mo) ancha tejamli va samarali hisoblanadi.
Misli o’g’itlar. Misning qishloq xo’jaligi ekinlari bilap birga olib chiqib ketilishi gektariga o’nlab grammlar bilan o’lchanadi. U o’simliklardagi uglevod va oqsil almashinuvida va barglarda xlorofill hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega.
Mis etishmaganida barglarning xlorofill hosil qilishi izdan chiqadi. Donli ekinlarda mis etishmasligi o’ziga xos kasallikni keltirib chiqaradi. O’simlik och yashil bo’lib qoladi, tez shoxlab ketadi. Barglarning uchi oqaradi, doni puch bo’ladi, hosili keskin kamayib ketadi. Mis juda ham etishmaganida umuman boshoq hosil bo’lmaydi, o’simlik poyasi asta-sekin qurib qoladi.
O’simliklardan tayyorlanadigan em-xashakda misning etishmasligi hayvonlarda kasalliklar (kamqonlik, ich ketar buzoqlarda raxit, qo’ylarda jun to’kilib ketishi) keltirib chiqaradi. Misli o’g’itlar: pirit quyundisi (0,25-0,6% Cu). Mis kuporosi Cu5O4-5H2O (25%Cu) ildizdan tashqarii oziqlanish uchun 250 500 g 'mis kuporosi 300-500 l suvda eritiladi.
Marganesli o’g’it: Turli ekinlar hosili bilan birga olib chiqib ketiladigan marganes miqdori 1 ga erdan 0,1 dan 0,7 kg gacha bo’ladi. Marganes etishmaganida oksidlanishqaytarilish jarayonlarving intensivligi va o’simliklarda organik moddalarning sintezi kamayadi.
Marganes etishmaganida nitrat azoti qaytarilmaydi va o’simliklarning to’qimalarida nitratlar tuplanadi, aminokislotalar va oqsillar sintezi buziladi. Uning etishmasligi lavlagi, kartoshka, sulida ko’proq seziladi. Bu element etishmaganda barglarda xlorofill miqdori kamayadi, ularda sariq dog’lanish (qisman xloroz) ro’y berada, fotosintez intensivligi susayadi.
Marganesli o’g’itlar: Marganes sulfat (20%Mn) marganeslangan donador superfosfat (1-2% Mn).
Ruxli o’g’itlar. Ruxning ekinlar bilan birga olib chiqib
ketiladigan miqdori 0,07 kg dan (karam) 1,5 (kartoshka), va 22 kg
gacha (qand lavlagi) bo’ladi. Rux etishmaganda o’simliklarda
auksinlar hosil bo’lishi buziladi. Bu esa ularning o’sishi
sekin laptu viga sabab bo’ladi. . Dala ekinlari orasida rux etishmasligi makkajo’xori, soya va ba’zi sabzovot ekinlariga kuchliroq ta’sir etadi. Tuproqdagi [ruxning umumiy miqdori 1 kg tuproq hisobidan olganda 25 mg dan 65 [mg gacha to’g’ri keladi. Ruxli o’g’itlar rux sulfat (ZnSOx 7H2O) (21-:28%2p) sanoat chiqindisi shlaklar (2-7% Zn), dir.
O’g’itlarni saqlash, tashish va solishni to’g’ri tashkil etish, isroflarni kamaytirish va o’g’itlar samaradorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Mineral o’g’itlar temir yo’l va stansiyalar yaqinida tipovoy loyihalar asosida qurilgan shuningdek, bevosita (xo’jaliklarining, jamoa xo’jaliklaridagi agrokimyo punktlaridagi maxsus omborlarda saqlanadi. Mineral o’g’itlar ochiq, jixozlanmagan maydonchalarda saqlanganda ularning anchagina qismi (10-15% ga yaqini) isrof bo’ladi va sifati buziladi nam tortib, mushtlanibqoladi, tarkibidagi oziq moddalar miqdori kamayadi.
Mineral o’g’itlar zavoddan temir yo’l yaqinidagi omborlarga temir yo’l transportida, bu omborlardan xo’jaliklarning omborlariga esa avtotransportda tashiladi.
Isroflarni kamaytirish uchun o’g’ntlarni ombordan dalaga olib ketishdan oldvd transport vositalarining _ kuzovidagi barcha tnrqishlarni berkitish, dalaga olib borganda esa tayyorlangan maydonchalarga to’kish lozim. Isroflarni kamaytirish uchun o’g’itlarni (agrokimyo xizmati va ilmiy tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq ,holda ishlatshp, kuzgi, qishqi va erta bahorgi davrlarda ularni ortiqcha yaamldngap tuproqlarga solishga yo’l qo’ymaslik lozim.
Organik o’g’itlarga go’ng, torf, go’ng shaltog’i, parranda qiyi, turli hil kompostlar, sapropel va ko’kat o’g’itlar kiradi. |Organik o’g’itlar tartibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, Mikroelementlar, organik moddalar bo’ladi, shuning uchun bu 'o’g’itlarni to’liq o’g’itlar deb yuritiladi.
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy isloxatlarni chuuqurlashtirish . dasturida har yili respublikada qariyib 20-25 mln tonna organik o’g’itlar tuplash va dalalarga solish nazarda tutilgan.
Tuproqqa organik o’g’it solinganda tuproqning kimyoviy fizikaviy xossalari yaxshilanadi, singdirish xususiyati ortib buferlik xossasi yaxshilanadi. Organik o’g’itlar tufayli tuproqdagi mikroorganizmlar, karbonat va boshqa organik kislotalar miqdori ortadi mineral oznqlanish jarayonlari yaxshilanadi.
Tuproqqa solingan organik o’g’it tuproqda havo almashinish jarayonini o’zgartiradi va o’simliklarda fotosintez jarayoni normal o’tadi. Bundan tashqari organik o’g’itlar tuproqstrukturasini yaxshilaydi va o’simlikning mineral o’g’itlarni o’zlashtirishinn ' osonlashtiradi. Agrokimyo asoschisi D. N. Pryanishnikov, go’ngning ahamiyatiga to’xtalib. ^Mineral o’g’itlar har qancha ishlab chiqarilmasin, qishloq xo’jaligida go’ng hech vaqt o’z ahamiyatini yo’qotmaydi» deb aytgan.
Chorva mollarni boqish texnologiyasiga qarab, tushamali go’ng va to’shamasiz (yarim suyuq va suyuq) go’nglar tafovut qilinadi, ular tarkibiga, saqlash va foydalanish usullariga qarab bir biridan farq qiladi.
Tushamali go’ng hayvonlarning qattiq (go’ngi), va suyuq ajratilmalari (siydigi)dan hamda hayvonlar ostiga solingan to’shamadan iborat. Uning tarkibi va o’gitlik qimmatli chorva mollarning turiga, ularga beriladigan em-xashak tarkibiga, tushamaning sifati va miqdoriga hamda go’ngni saqlash usuliga bog’liq bo’ladi. Hayvonlarning qattiq va suyuq holdagi ajratmalari tarkibi, o’g’itlik sifati jihatidan teng emas. Fosforning asosiy qismi hayvonlarning qattiq ajratmalari tarkibida bo’ladi, kaliyning esa asosiy qismi va azotning yarmi yoki uchdan ikki qismi suyuq holdaga ajratmalar bo’ladi. Hayvonlarning quruq go’ngida azot va fosfor organik birikmalar tarkibida bo’ladi, ular minerallashgandan keyingina o’simlik tomonidan o’zlashtiradigan shaklga aylanadi. Suyuq ajratmalar tarkibidagi mineral elementlar yaxshi eruvchan hamda o’simlik tomonidan oson o’zlashtirila oladigan holda bo’ladi.
Hayvonlarga beriladigan konsentrat oziqlar miqdori oshgan sari go’ng tarkibidagi azot va fosfor miqdori ham ortib boradi. Hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan em-xashakdan go’ngga o’rtg hisobda organik moddalarning 40 foizi, azotning 50 foizi fosforning 80 foizi va kaliyning 95 foizi o’tadi.
Go’ng tarkibidagi mineral moddalar miqdori hayvonlar turiga bog’liq. O’rtacha: azot-0,5 %, fosfor 0,25% kaliy -0,62 kalsiy-0,35%, magniy-0,5%. Ot va qo’y go’ngi tarkibida suv kam organik moddalar ko’p, shuningdek azot, fosfor va kaliy ham sigir va cho’chqa go’ngiga qaraganda ko’p bo’ladi. Ot va qo’y go’ngida suv kam bo’lgani uchun bunday go’ng tez qiziydi va tuproqqa solinganda tez parchalanib ketadi.
Go’ng chiqishini oshirish va uning sifatini yaxshilashda hayvonlar ostiga tashlanadigan to’shamaning turi va uning sifatiga katta ahamiyat berish kerak. To’shama go’ngning fizik xossalarini yaxshilaydi, siydikni o’ziga singdiradi va siydik parchalanishida hosil bo’ladigan ammiakni o’zlashtiradi, shunday qilib azotning bekorga sarflanishini kamaytiradi.
Hayvonlar ostiga to’shama sifatida solish uchun boshoqli don ekinlar somoni, torf va kamdan-kam hollarda qipiqlardan foydalaniladi. O’rtacha to’shama normasi: sigir uchun 4-8 kg, otlar uchun 2-5 kg, cho’chqalar uchun 1-2 kg, ko’ylar uchun 0,5-1,5 kg.
Bir sutkada quyidagi miqdorda go’ng tuplanishi mumkin: bir bosh moldan 20-30 kg, otdan 15-20 kg, cho’chqadan 1,5-2,2 kg va qo’ydan 1,5-2,5 kg.
Go’ngning miqdori va sifati ko’p jihatdan uni saqlash usuliga bog’liq bo’ladi. Go’ngnn saqlash davrida mikroorganizmlar ta’sirida go’ng tarkibidagi azotli va azotsiz organik moddalar parchalanadi, Mochevina va boshqa azotli organik birikmalar chorva mollarning suyuq ajratmasi tarkibida bo’lib, ammiakka aylanadi va u go’ngdan yo’qoladigan azotning asosiy manbai hisoblanadi. Go’ng qanchalik sersomon bo’lsa, uning tarkibida azotsiz organik moddalar shunchalik ko’p bo’ladi. Go’ngning tarkibida oson parchalanadigan organik moddalar ko’p bo’lib, havo yaxshi kirib turadigan sharoitda ularning parchalanipsh jadallik bilan boradi, Go’ngni saqlash sharoitiga qarab organik moddalarning parchalanish jadalligi har xil bo’ladi.
Go’nglarni saqlash uchun go’ngxonalar bo’lmasa, ular oddiy holda saqlanadi, lekin bunda go’nglarning fizikaviy sifati ancha pasayadi. Go’ng sifatini yaxshilash maqsadida uni znch, bo’sh-zich va bo’sh qilib saqlash usullari ko’llaniladi. Gungni zich, ya’ni sovuq saqlash usulida uni go’ngxonaga 3-4 m kenglykda solinadi va balandligi 1,5-2 m etganda bostirib pshbbalanadi. Uyumning usti poxol yoki tuproq bilan yopiladi (8-15 sm qalinlikda). Uzunligi saqlanadigan go’ngning miqrriga bog’liq bo’ladi. Go’ng bunday saqlanganda uning haroratsi 15-35° bo’ladi. Go’ng doimo nam bo’lagani uchun unga havo kirishi kamayadi. Natijada mikrobiologik jarayonlar sekinlashadi. , Bu esa go’ng tarkibida azotni saqlab qolish imkonini tugdiradi. Shuning uchun bu eng yaxshi usul hisoblanadi. Bu usulda yangi go’ng 3-4 oydan keyin yarim chirigan va 7^8 oydan keyin chirigan holga keladi.
Go’ng bo’sh-zich usulda saqlanganda u dastlab shibbalanmasdan 10,8-1 m. balandlikkacha bo’sh uyuladi. Go’ng ana shunday uyulganda mikrobiologik jarayonlar havo yaxshi kirib turadigan sharoitda boradi, go’ng tarkibidagi organik moddalar jadallik bilan,. parchalanadi, harorat esa 60-70° S gacha ko’tarvladi va azot ko’plab yo’qoladi. Begona o’t urug’lari va oshqozon ichak kasalliklari; ko’zgatuvchilar yuqori haroratda o’ladi.
Shundan keyin go’ng uyumi shibbalanadi, bunda go’ng uyumi ichiga havo o’tmay qoladi, harorat ham 30-35°S gacha pasayadi va; organik moddalar bilan azotining nobud bo’lishi kamayadi. Dastlabki uyum ustiga xuddi oldindagi tartibda go’ng uyuladi, uyumning balandligi 2-3 m etguncha uchinchi qatlam go’ngni uyub boriladi. Yarim chirigan go’ng 1,5-2 oy va chirigan go’ng 4-5 oyda tayyor bo’ladi.
Bo’sh holda saqlanganda go’ng tarkibidagi organik moddalar va azot ko’p yo’qoladi, gung, bir hilda parchalanmaydi, uning o’g’itlik sifati ham pasayadi.
Go’ngni saqlash vaqtida massasiga nisbatan 3% miqdorida fosforit uni ar alashti ril ganda nobud bo’ladigan azot miqdori ancha kamayadi.
Har 100 bosh qoramol go’ngini 2,5-3 oy maboynida saqlashga mo’ljallab qurilgan namunaviy go’ngxonaning katgaligi quyidagicha bo’ladi: eni 9 m, uzunligi 21 m va chuqurligi 1 m.
Parchalanish darajasiga qarab go’ngning quyidagi turlari qishloq xo’jaligida tavsiya etiladi, chunki unda azot va organik moddalar ko’p nobud bo’lmagan bo’ladi gunglarquyidagicha farq; qilanadi:yanti go’ng, chala chirigan, chirigan gung va chirindi.
Dalaga sochilgan go’ng tezda tuproqqa aralishtirilib xaydab yuborilishi lozim.
Go’ngni eng yaxshisi kuzda erlarni shudgorlash oldidan solgan ma’qul tuproq va iklim sharoitlariga qarab go’ng erga 15-18 sm dan 20-30 sm gacha chuqurlikda solinadi.
Go’ng normasi uning sifati va miqdoriga, shuningdek o’g’itlanadigan ekinning turiga bog’liq. Sabzavot, makkajo’xori, kartoshka, qand lavlagi ekinlariga 15-25 t go’ng solish lozim.
Go’ng muntazam ishlatilgan maydonlarda tuproq tarkibidagi chirindi va umumiy azot miqdori ortadi, tuproqning almashinuvchi va gidrolitik kislotaligi pasayadi, undaharakatchan shakldagi alyumiyniy va marganes miqdori kamayadi, tuproqning asoslar bilan to’yinish darajasi ortadi. Go’ng bilan birga erga juda ko’p miqdorda mikroorgapizmlar ham o’tadi. Erga go’ng solinganda tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati kuchayadi.
Chala chirigan go’ng tarkibi azotdan o’simlikning foydalanish koeffisenti go’ng tarkibidagi ammiakli azot miqdoriga bog’liq, chunki o’simlik birinchi yil ammiakli azotnio’zlashtiradi, bu umumiy azotning 20-30 foizini tashkil etadi. Umumiy fosforning 30-40 foizini va kaliyning 50-60 foizini o’simlik birinchi yil o’zlashtiradi.
To’shama sifatida foydalaniladigan materiallar ishlatilmagan holda tarkibida 85-87% gacha suv bo’lgan suyuq go’ng olinadi. Yirik ixtisoslashgan chorvachilik fermalarihamda chovachilik komplekslarida chorva mollarini boqish tajribasi qo’llanilib, bunda suyuq holatdagi harakatchan go’ng aralashmasi olinadi. Suyuq go’ngning tarkibidao’rtacha quyidagi miqdorda mineral moddalar mavjud: azot 0,4; fosfor 0,2; kaliy 0,45; kalsiy 0,15; magniy 0,10%. To’shamasiz suyuq go’ng tarkibidagi umumiy azotning 50dan 70 gacha qismi ammiak holida bo’lib, u erga solingan dastlabki paytlarda o’simliklar tomonidan oson o’zlashtirnladi.
Suyuq holdagi go’ngni saqlashda nobud bo’ladigan organik moddalar va azot to’shamali go’ngni saqlashdagiga -qaraganda ancha kam bo’ladi. Suyuq go’ng asosan kuzgi shudgorlashdan oldin gektariga 25 t.dan solinadi.
Ko’kat o’g’itlar yoki sideratlar deb tuproqni azot va organik moddalar bil ai boyitish maqsadida dalalarga ekibg o’stiriladigan ayrim dukkakli o’simliklar (sideratlar) ga aytiladi, bular o’snsh fazasining muayan bir davriga etgandan keyin tuproqqa qo’shib xaydab yuboriladi. Hozir O’zbekiston dehqonchiligiga talab qilinadigan go’ng extiyojining bor yugi 15-20% ni qondirishga kifoya qiladi (etadi). Bunday hol tuproq tarkibini organik moddaalar bilan boyitishda qo’shimcha manbalardan foydalanishni taqozo etadi. Bu muammoni faqat ko’kat o’simliklardan foydalanish yo’li bilan xal etish mumkin. Ko’kat o’g’it sifatida kuzgi javdar, xantal, arna, xashaki no’xat, xashaki dukkaklar, yo’ng’ichqa, qizil sebarga shabdar (eron bedasi), mosh kabi oraliq zkinlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu oraliq ekinlaradan gektariga 350-400 sentnerdan ko’k massa olinganda, ayni massa tarkibida 150^00 kg azot bo’lib, o’z navbatida bu o’rtacha 35-40 tonna go’ngta ekvivalent. Misol: xashaki' no’xat tarkibida 0,50% azot, 0,15% fosfor. 0,50% kaliy, 0,30% kalsiy elementlari bor.
Ko’kat o’g’itlarning ustki massasini chorva uchun foydalanib, ildizini xaydab tashlaganda ham, o’rtacha 10-12 tonna ilddizi yerda qoladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproq unumdorligvni oshirish bilan birgalikda, tuproqning fizik, mexanik xossalarini yaxshilaydi. Undagi chirindi miqdorini ko’paytiradi va eng muhimi engil tuproqlar suv xossalarining muvozanatlashishida katta ahamiyatga egadir.
O’rta Osiyo hududlarida ko’kat o’gitlar. (sideratlar) oraliq ekin sifatida sentyabr-oktyabr oylarida ekiladi.bunda kelgusi yillarning bahorida ulardan chorva uchun 350-400 s ko’k massa o’rib olish mumkin. O’g’it sifatida ularni chuqur xaydab, o’rniga sabzavot yoki texnik ekinlar (paxta, kanop) ekish ham mumkin.
Tuproq tarkibida shunday bakteriyalar mavjudki, ular havo azotini o’zlashtirib, tuproqni azot bilan ta’minlab turadi. Bu bakteriyalar jumlasiga nitrogin va azot bakteriyalar kiradi. Tuproq tarkibida erkin yashaydigan bakteriyalarga azot bakterinlar, dukkakli o’simliklar ildizida yashaydigan bakteriyalar esa tuganak (nitragin) bakteriyalar deb ataladi.
Bu bakteriyalar o’g’itlar bilan sho’rlanmagan o’tloqi va o’tloqi- botqoq tuproqlarda ijobiy natija beradi.
Azot bakteriyalari havodagi erkin azotni o’zlashtirish bilan birga tuproqda bir qator vitaminlar va o’stiruvchi moddalar ham hosil qiladi. Qishloq xo’jaligida ekiladigan sabzavotlar va texnik ekinlarning urug’lari va chigit turli hil kasalliklarga qarshi dorilanib, uch oy o’tganidan keyin, azot bakterin bilan ishlanadi. Bunda 1 gektarga mo’ljallapgan urug’ yoki chigit maxsus maydoaga o’tkazilib, 3 l azotbakterin 2-3 l suvga aralashtirilib sepiladi so’ng ekiladi. Azotobakterin bilan aralashtirilgan urug’larni tezda ekish tavsiya etiladi. Chunki azotobakterin va nitraginlar quyosh nuriga chidamsizdir. Ishlov berilgan urug’larini dimlash yaramaydi.
Zavodlarda tayerlanadigan nitragin 0,5 kg dan shisha bankalarda (1 gektarga solinadigan normada) ishlab chiqariladi. Nitragin erga dukkakli ekinlar urug’i bilan birga solinadi. Buning uchun ekin ekiladigan kuni shisha bankadagi nitragin 1 gektar erga ekiladigan urug’likni ivitish uchun bir banka (0,5 l) suv bilan aralashtiriladi. Urug’lik nitragin aralashtirilgan suv bilan namlanadi, obdon qorishtiriladi va quritilgandan keyingina (albatta soyada ekiladi. Nitragin bakteriyasi beda ildizidagi tuganaklar miqdorini 50-70% gacha ko’paytiradi. Buning uchun 1 litr suvga 0,5-1.0 kg nitragin qo’shilab ekish oldidan 14-16 kg beda urug’iga aralashtirilib ekiladi.
Fosforobakterin turkumiga mansub bakteriya bo’lib, u tuproq tarkibidagi fosfor organik birikmalarni mineral holatga, ya’ni o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladigan shaklgao’tkazish xususiyatiga ega. Fosforobakterin quruq va suyuq holda tayyorlanadi. quruq holdagi fosforobakterindan 1 gektariga 250 g dan olinadi. Olingan 250 g quruq poroshokholatdagi bakterinni aktiv formaga o’tkazish uchun u 2,5-3 litr toza iliq suvga aralashtirilib, yaxshilab chayqatiladi va 2-3 soat davomida havo haroratida, vaqti- vaqti bilan chayqatilib turiladi. Shundan so’ng bir gektarga mo’ljallangan urug’ ekishdan oldin bakterin bilan ishlanadi. (aralashtiriladi). Suyuq holatdagi fosforobakterin paxta, kartoshka uchun 1 gektarga ekiladigan u ru qqa 40 ml, boshqa tur uru g’lar uchun esa 20 ml hisobidan aralashtirilib ekiladi.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling