Vaziyatli masallalar


Download 71 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi71 Kb.
#1222963
  1   2
Bog'liq
Vaziyatli masala javoblari billan tayyor


Vaziyatli masallalar
1.Bemor 45 yoshda koma holati birdan boshlandi,bemor kuchli ochqaydi,terlaydi,rangi oqaradi ,boshi og’riydi,qaltraydi,agressiv bo’ladi.Puls tezlashadi,qon bosimi 100/60 mm.sim.ust.gacha,nafas yuzaki,tezlashgan.Bitta narsa ikkita bo’lib ko’rinadi.Qonda qand miqdori 2.58 mmol/l.gacha yoki keskin pasayadi.
Sizning tashxisingiz va birinchib yordam ko’rsating?

2.Bemor 43 yoshda buyrak-tosh kasalligi bilan og’rib keladi. Birdan buyrak soxasida sanchish borligini, og’riq qorinning pastki qismiga va chov sohasiga tarqalmoqda,vaqti-vaqti bilan bemor ko’z oldi qorong’ilashmoqda.Bemor tez tez og’riqli siyishi va siydigi qon aralash ekanligini sizga aytdi.Bemorning yuzlari oqargan sovuq ter bosgan.Sizning taktikangiz? Birinchi yordam ko’rsating?


3. Qabulxona bo’limiga og’ir axvolda bemor keltirildi.Bolada tana xarorati 40C gacha ko’tarilgan, yo’tal, bosh og’rig’i,umumiy xolsizlik,qaltirash,ko’ngil aynish kuzatilyabdi.Sizning taktikangiz? shoshilinch yordam ko’rsating?

4.65 yoshli ayol birdan yurak sohasida kuchli siqadigan o’g’riq va bu og’riqni chap qo’lga va chap ko’krak sohasiga berilishidan,o’g’riq vaqti vaqti bilan o’tib ketayotganidan,iztirob chekayotganidan, teri rangining oqarishi, ko’ngil aynishidan shikoyat qildi.Sizning taktikangiz? Birinchi yordam ko’rsating?


5.20yoshli bemor pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonada davolanayotgan edi.U shifokor tavsiyasiga binoan Seftraksion antibiotikidan kunda 2maxal mushak orasiga qabul qilgan.Muolajadan yarim soat o’tib bemorni butun badanida har kattalikdagi yumaloq, qizg’ish toshmlar paydo bo’ldi.bemorda teri rangi oqarib nafas olishning qiyinlashuvi,ko’krak soxasida og’riq,qon bosimining tushishi va taxikardiya kuzatilmoqda.Sizningcha bemorda qanday xolat kuzatilmoqda?Bemorga shoshilinch yordam ko’rsating?


6.Qabulxona bo’limiga Avtoavariyaga uchragan bemor olib kelindi.Bemor ko’zdan kechirilganda xushsiz teri rangi oqargan,burun lab uchburchagida sianoz,xayotiy ko’rsatgichlari nafas yo’q, yirik arterial tomirlarda puls ipsimon aniqlandi.Sizning taktikangiz? Shoshilinch yordam ko’rsating?


7.Kechasi 45 yoshli erkakda to’satdan kuchli yo’tal xuruji va ekspirator xansirash boshlandi.Bemor ko’zdan kechirilganda majburiy xolatda ekanligi, masofadan xushtaksimon xirillashlar eshitilayotgani va nafas aktida qo’shimcha muskullarning ishtirok etishi, umumiy xolsizlik va ko’krak qafasida og’riq aniqlandi.Bemor anamnezida uzoq muddat davomida ko’mir konida ishlagani aniqlandi.Sizningcha bemorda qanday xolat kechmoqda?Shoshilinch yordam ko’rsating?

8.21yoshli M ismli bola eski imoratlarni buzish davrida qo’lidagi kuchli og’riqdan shikoyat qilib poliklinikaga keldi.Bemor ko’zdan kechirilganda o’ng qo’l bilak soxasida qizarish,shish,pufakchalar topildi.bemorda et uvishishi,holsizlanish, bosh aylanishi va nafas olishning qiyinlashuvi aniqlandi.Sizning tashxisingiz? Birinchi yordam ko’rsating?

9.Bemor qattiq bosh og’rig’iga,ko’ngil aynishiga,qayd qilishga,yurakning tez urushi,ko’rish qobiliyatining buzilishidan shikoyat qildi.15yildan beri gipertoniya bilan og’riydi.Ko’rik vaqtida arterial qon bosimi 220/120 mm.simob ust.ga teng.Bu qanday xolat?Shoshilinch yordam ko’rsating?
10.Dars jarayonida to’satdan bir o’quvchi uzini yomon xis qildi. Boshi aylanib teri rangi oqarib, nafas olishi qiyinlashib, to’satdan xushini yo’qotdi.Sizning taktikangiz? Shoshilinch yordam ko’rsating?

1.Bemor 45 yoshda koma holati birdan boshlandi,bemor kuchli ochqaydi,terlaydi,rangi oqaradi ,boshi og’riydi,qaltraydi,agressiv bo’ladi.Puls tezlashadi,qon bosimi 100/60 mm.sim.ust.gacha,nafas yuzaki,tezlashgan.Bitta narsa ikkita bo’lib ko’rinadi.Qonda qand miqdori 2.58 mmol/l.gacha yoki keskin pasayadi.


Sizning tashxisingiz va birinchib yordam ko’rsating?

Javob:qonda qand miqdorining tushib ketishi (normada 5,6-6,1m/mol)gipoglikemik koma.


Shoshilinch yordam ko’rsatish:
1.Agar bemor hushi joyida bo’lsa,unga 50-100g non va 1-2 chaqmoq qand beriladi yoki shirinchoy beriladi;
2.Bexush xolatdagi bemorga 50ml 40%li glukoza eritmasidan tomir ichiga yuboriladi.Agar bemor hushiga kelmasa 5-10 daqiqadan so’ng 500-600ml 5%li glukoza tomir ichiga qayta yuboriladi.
3.0,5-1ml adrenalin eritmasi teri ostiga yuboriladi.
Shifokor ko’rsatmasiga binoan
4. prednizolon, kuniga 0,025—0,05 g (2—3 ga bo'lib) ichiladi, so‘ngra dozasi kamaytirilib, 0,01—0,005 g.gacha tushiriladi.
5. gidrokortizon, 100 ml (4 amp.) yoki prednizolon 30—60 mg (1—2 amp.)ga 300—500 ml - 5 % li glukoza qo'shib, tomir ichiga yuboriladi;
6. kordiamin 25 %—2 ml teri ostiga sulfokamfokain 2 ml—10 % teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi. Kamfora 2—4 ml 20 % teri ostiga;
7. metionin I g kuniga 3 marta, lipokain 0,1 g kuniga 3 marta beriladi;
8. kokarboksilaza 0,05—0,1 g kuniga 1 marta muskul orasiga, teri ostiga, Bn vitamini kunora 100—200 mkg.dan inyeksiya qilinadi. Askorbinat kislota 5 %—2—4 ml tomir ichiga glukoza eritmasi bilan yuboriladi;
9. natriy gidrokarbonat 200 m l-4 % tomir ichiga tomchi usulida yuboriladi;
10. kofein benzoat-natriy 1—2 ml—10 % teri ostiga yuboriladi;

2.Bemor 43 yoshda buyrak-tosh kasalligi bilan og’rib keladi. Birdan buyrak soxasida sanchish borligini, og’riq qorinning pastki qismiga va chov sohasiga tarqalmoqda,vaqti-vaqti bilan bemor ko’z oldi qorong’ilashmoqda.Bemor tez tez og’riqli siyishi va siydigi qon aralash ekanligini sizga aytdi.Bemorning yuzlari oqargan sovuq ter bosgan.Sizning taktikangiz? Birinchi yordam ko’rsating?

Javob:Bemorda buyrak sanchig’i kechmoqda.
Shoshilinch yordam ko’rsatish shifokor ko’rsatmasiga binoan:
1. chalg’ituvchi fizioterapiya issiq vanna, bel sohasiga grelka qo'yish;
2. atropin 0,1 %— 1 ml teri ostiga;
3. platifillin 0,2 %— 1 ml teri ostiga;
4 . papaverin 2 %—2 ml teri ostiga;
5. no-shpa 2 %—2—3 ml muskul orasiga;
6. analgin 50 %—2 ml muskul orasiga yuboriladi
7.Agar og’riq kuchli qolmasa narkotik analgetiklardan promedol 1 %—1 ml teri ostiga;
8. pantopon (omnopon) 1 %—1 ml teri ostiga;
9. morfin I %—1—2 ml teri ostiga;
10. antipirin 0,25 g 1 tabletkadan kuniga 3 mahal;
11. sistenal 20 tomchidan;
12. novokainli blokada;
13. kateterizatsiya;
14. antibiotiklar;
15. avisan 0,05 g kuniga 7 tabletkadan;
16.yuqoridagilar yordam bermaganda operativ davo o’tkaziladi

3. Qabulxona bo’limiga og’ir axvolda bemor keltirildi.Bolada tana xarorati 40C gacha ko’tarilgan, yo’tal, bosh og’rig’i,umumiy xolsizlik,qaltirash,ko’ngil aynish kuzatilyabdi.Sizning taktikangiz? shoshilinch yordam ko’rsating?


Javob:Bolada tana xaroratining ko’tarilishi(gipertermik xolat)


Shoshilinch yordam ko’rsatish shifokor ko’rsatmasiga binoan:
1.Xona derazalarini ochib xavo kirishini taminlash.
2.Bemorning yirik qon tomirlariga muzli xaltachlar qo’yish,tanani sovuq choyshabga o’rash,qaynab sovugan iliq suvga xollangan mato bilan tanasini artish.
3.Analgin 50%li 2,0 m/o
4.Sibazon0.5%-2.0 m/o
5.Papaverin 2% li 2.0 v/i
6.Eufillin 2.4% li-10,0 ml NaCl 0,9% -10,0 v/i
7.Laziks 1%-2,0 ml v/i
8.Mannitol 100-200ml v/I tomchilab
9.Asosiy kasallik aniqlanib davo chorasi o’tkaziladi.

4.65 yoshli ayol birdan yurak sohasida kuchli siqadigan o’g’riq va bu og’riqni chap qo’lga va chap ko’krak sohasiga berilishidan,o’g’riq vaqti vaqti bilan o’tib ketayotganidan,iztirob chekayotganidan, teri rangining oqarishi, ko’ngil aynishidan shikoyat qildi.Sizning taktikangiz? Birinchi yordam ko’rsating?

Javob: stenokardiya
Shoshilinch yordam ko’rsatish shifokor ko’rsatmasiga binoan:

1.Chalqancha yotqizilib,siqib turuvchi hiyimlari yechiladi.Xonaga xavo kirishi taminlanadi.


2.Til ostiga 1-2 tabletka nitroglitserin yoki validol tashlanadi.Bu preparat 2-3daqiqada og’riqni bartaraf etadi,agar 5daqiqa davomida ta’siri bilinmasa xuddi shu dozada qayta nitroglitserin beriladi.
3.Anaprilil 0.01-0.04 g ovqatdan oldin kuniga 4maxal ichiriladi.
4. B-adenoblakatorlardan Talinolol0.05g kuniga 1draje 3marta
5.Bemorga kardiolog ko’ruviga yo’llanma.

5.20yoshli bemor pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonada davolanayotgan edi.U shifokor tavsiyasiga binoan Seftraksion antibiotikidan kunda 2maxal mushak orasiga qabul qilgan.Muolajadan yarim soat o’tib bemorni butun badanida har kattalikdagi yumaloq, qizg’ish toshmlar paydo bo’ldi.bemorda teri rangi oqarib nafas olishning qiyinlashuvi,ko’krak soxasida og’riq,qon bosimining tushishi va taxikardiya kuzatilmoqda.Sizningcha bemorda qanday xolat kuzatilmoqda?Bemorga shoshilinch yordam ko’rsating


Javob:Dori moddasi allergiyasi (anafilaktik shok)
Shoshilinch yordam ko’rsatish shifokor ko’rsatmasiga binoan:
1) tinchlik, yotish tartibi, vahimaga tushmaslik;
2) namlangan kislorod berish;
3) adrenalin gidroxlorid 0,1 %— I ml teri ostiga, muskullar orasiga, ba'zan tomir ichiga;
4) prednizolon 1 ml tom ir ichiga (75—150 mg) yoki 0,025—0,05 g.dan 2—3 ga bo‘lib ichiladi. So'ngra dozasi kamaytirilib, 0,01—0,005—0,0025 g.gacha tushiriladi;
5) dimedrol I %—2 ml muskul orasiga; suprastin 2 %—2 ml muskul orasiga; pipolfen 2,5 %—1 — 1,5 ml muskul orasiga;
6) kalsiy xlor 10 %—10 ml tomir ichiga asta-sekin;
7) seduksen (diazepam) 1—2 ml muskul orasiga;
8) 200 ml 4 % li natriy gidrokarbonat tomir ichiga tomchi usutida;
9) sulfokamfokain 10 %— 2 ml teri ostiga yoki muskul orasiga kofein-benzoat natriy 10 %—2 ml teri ostiga;
10) geparin 10 000 TB muskul orasiga;
11) laziks 4—6 ml (40—60 mg) tomir ichiga;
12) poliglukin 400 ml tomir ichiga, reopoliglukin 0,2 % li 2— 4 ml 5 % li 500 ml glukoza qo'shib, tomir ichiga, tomchi usulida yuboriladi;
13) dori yuborilgan joyni yoki chaqqan joyga adrenalin 0 ,1 %—0,5 ml yuboriladi; 14) dori yuborilgan yoki chaqqan joyning yuqorisiga jgut qo'yish;
15) tavegil I tabletkadan ichishga buyuriladi.
6.Qabulxona bo’limiga Avtoavariyaga uchragan bemor olib kelindi.Bemor ko’zdan kechirilganda xushsiz teri rangi oqargan,burun lab uchburchagida sianoz,xayotiy ko’rsatgichlari nafas yo’q, yirik arterial tomirlarda puls ipsimon aniqlandi.Sizning taktikangiz? Shoshilinch yordam ko’rsating?

Javob:Tezlik bilan o’pka yurak reanimatsiyasini o’tkazib hayotiy ko’rsatkichlarni qaytarish.


Shoshilinch yordam ko’rsatish

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling