Amaliy mashg’ulot №2 Boyitish usullari va ko’rsatgichlari, boyitish sxemlari xaqida tushuncha Gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash
Download 154.73 Kb.
|
2-Amaliy ish 558530a9fe66dcf5ab73249168fa8275
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash
- Ikkinchi guruh
- Uchinchi guruh
- To’rtinchi guruh
- Boyitishning alohida tsikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish
- Rudadagi qimmatbaho komponentning miqdori yuqori,kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar ‘ast, puch tog’ jinslari flotatsion aktiv emas
- Qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish qobiliyati ‘ast, kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar ham ‘ast.
- Rudadagi qimmatbaho mineralning miqdori kichik, kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar yuqori, qimmatbaho mineral yaxshi flotatsiyalanadi.
- Magnit usulida boyitish bibg texnologik sxemalari ni tanlash
Amaliy mashg’ulot № 2 Boyitish usullari va ko’rsatgichlari, boyitish sxemlari xaqida tushuncha Gravitatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash O`ta zarur sanat ahamiyatiga ega bo`lgan 4 turdagi sochma konlar mavjud. Bular: - qimmatbaho metallar tarkibli; - kassiterit, vol’framit, tantalit tarkibli; - titanli, sirkoniyli va toriyli kamyob er minerallari tarkibli; - olmos tarkibli. Sochma kon rudalari odatda kom’leks holda uchraydi. Sochma kon rudalari foydali mineral zarralari erkin holatda joylashgan bo`lib, ularni boyitish sxemalarida maydalash va yanchish jarayonlari bo`lmaydi. Ularni boyitishga tayyorlash dezintegratsiyalash va qumlarni o`lchami 6 - 25 mm bo`lgan elaklarda elash orqali quyi sinf efel va yuqori sinf gali larga ajratiladi. elash jarayoni bir vaqtning o`zida o`chamlari bo`yicha boyitish jarayonini ham o`taydi, chunki qimmatbaho komponentlarning asosiy qismi quyi sinfda joylashgan bo`lib, yuqori sinfda ularning mifdori juda kam (katta o`lchamdagi tug’ma qimmatbaho komponentlardan tashqari). Katta o`lchamdagi tug’ma qimmatbaho komponentlarni mahsus moslamalarda ushlab qolinib, qolgan mahsulotni chiqindiga yuboriladi. Quyi sinfdagi mahsulot esa qayta ishlashga yuboriladi. Suvli muhitda dezintegratsiyalash barabanli elaklar (bochkalar)da, barabanli dezintegratorlarda (skrubberlarda), yassi elak yoki tekislikda gidromonitor orqali beriluvchi kuchli suv oqimida, shlyuzlarda amalga oshiriladi. Qiyin yuviladigan qumlar uchun skrubberdan avval o`rnatiladigan koritali yuvgichlar qo`llaniladi. Dezintegratsiyalash va elash jarayonlari odatda bitta uskunada barabanli elakda yoki skrubberli elakda amalga oshiriladi. Qumlarni boyitish sxemasi ikkita sikl: asosiy va qayta tozalash (dovodka)dan iborat. Birinchi tsiklda chiqindiga bo`sh tog’ jinsining asosiy massasi yo`qotiladi va dag’al boyitma olinadi (tarkibiga qimmatbaho komponent maksimal ajralgan). Asosiy siklda olingan boyitma tarkibida qimmatbaho komponentlarning miqdori etarli bo`lmaydi. Shuning uchun ularni qayta tozalash tsiklida murakkab sxemada boyitiladi va qimmatbaho komponentlarning boyitmaga ajralishini maksimal darajaga olib chiqiladi. Sochma kon rudalarini asosiy tsiklda boyitish jarayoni shlyuzlarda, cho`ktirish mashinalarida, konusli saralagichlarda amalga oshiriladi. Olmos tarkibli qum va jinslarni boyitishda og’ir muhitda boyitish se’aratorlari qo`llaniladi. Mayda boyitmalarni tozalashda boyitish stollaridan foydalaniladi. Boyitish jarayonini tanlash asosan ajratiladigan mineral zarralarining zichligiga, yirikligiga va formasiga bog’liq. Agar qumda faqat yirikligi 0,2 mm dan katta bo`lgan oltin bo`lsa unumdorligi yuqori bo`lgan shlyuzlarda boyitiladi. Shlyuzda boyitish sxemasi 2.13, a rasmda keltirilgan. Kichik o`lchamdagi shlyuzlarda engil yuviladigan (tarkibida valunli materiallar kam bo`lgan) qumlar yaxshi ajratib olinadi. Bunday qumlarni gidravlik usulda qayta ishlashda esa xuddi shunday sxema qo`llaniladi, ammo bunda yuqori ajralishga erishish uchun shlyuzning eni birqancha kengroq va chuqurligi kattaroq hamda uzunligi birmuncha katta bo`ladi. Qum tarkibidagi oltin zarralari mayda bo`gan hollarda 60, b va e sxemalar qo`llaniladi. 60 v sxemada birinchi bosqich shlyuzning chiqindisi setkasi o`lchami kichik bo`lgan elakka yuborilmoqda. Ikkinchi shlyuzga tushadigan mahsulot o`lchamining kichiklashishi oqim tezligini kamaytirish imkonini beradi va mayin oltin zarralarini ushlab qolishga imkon yaratadi. 2.13. a rasm. Tarkibida oltin bo`lgan sochma kon rudalarini shlyuzda boyitish sxemasi. Qum tarkibida yirik vam ayda oltin zarralari bo`lganda kombinatsiyalashgan sxema qo`llaniladi: shlyuzlarda va cho`ktirish mashinalarida boyitish yoki shlyuzlarda boyitish va shlyuz chiqindisini vintlt se’aratorlarda nazorat boyitish. Cho`ktirish mashinalari shlyuzlardan avval yoki shlyuz chiqindisida o`rnatiladi. Cho`ktirish mashinalari shlyuzlardan avval o`rnatilganda shlyuzni aralashtirish zaruriyati yuqoladi, ammo qumda yirik zarrali tug’ma oltin bo`lsa cho`ktirish mashinasini to`xtatib, yirik zarrali tug’ma oltin olish keral bo`ladi. Vintli separatorlar mayin zarrali oltinni ajratishda qo`llaniladi. Yirik oltin zarralari bo`lgan holda vintli se’arator qisqaroq shlyuzdan so`ng o`rnatiladi. Dragalarda cho`ktirish mashinalari o`rniga vintli se’aratorlarni o`rnatish oltinni ajralishini 5—10 % ga oshiradi, draganing turib qolish vaqti qisqaradi, suv sarfi 35—40 % ga qisqaradi, 15—60 % qumlarni qayta ishlash samaradorligi oshadi. SHu bilan birga dragadagi boyitish uskunalarining unumdorligi 150—165 %ga ortadi. 2.14. rasm. Titan va tsirkoniy minerallari noyob metal sochma kon qumlarini boyitish sxemasi:a va b – yirik o`lchamli qumlar uchun sxema, v – mayin zarrali qumlar usun sxema. Flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini tanlash Mineral tarkibi va metalning miqdoriga qarab ‘olimetal rudalar to’rt guruhga bo’linadi. Birinchi guruh - rangli metallar miqdori yuqori, yaxlit sul’fidli rudalar. Bu rudalar asosan qo’rg’oshin, mis, va temir sul’fidlaridan tashkil to’gan. Sul’fidlarning umumiy miqdori 75-90%, rangli metallarning miqdori 6-15%. Bu guruhdagi rudalarni boyitish uchun odatda to’g’ri selektiv flotatsiya sxemasi qo’llaniladi. Flotatsiya chiqindisi oltingugurtga etarli darajada boy va sul’fat kislota ishlab chiqaruvchi sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin bo’lgan holda to’g’ri selektiv flotatsiya sxemalari ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi guruh - rangli metallar miqdori kam va oltingugurtning miqdori yuqori, yaxlit sul’fidli rudalar. Rudalarning bu guruhiga ko’’chilik mis-ruxli, piritli rudalar kiradi. Mis-ruxli, piritlardagi misning miqdori 1-2 %, ruxning miqdori esa 1-2,5%. Bu guruhlardagi rudalarni boyitishning eng samarali usuli boy piritli chiqindi olinuvchi mis va rux sul’fidlarini dastlabki kollektiv flotatsiyalash hisoblanadi.. Rudada oltingugurtning miqdori kam bo’lganda kollektiv flotatsiya chiqindisi oltingugurtning miqdori bo’yicha talabga javob bermaydigan hisoblanadi. Bu holda barcha sulfidlarni dastlabki kollektiv flotatsiyalash sxemasi ayniqsa manfaatli hisoblanadi.
Foydali minerali yirik va ora-sira joylashgan rudalar to’g’ri selektiv flotatsiyali sxema bo’yicha boyitiladi. Agregatli va ora-sira joylashganda dastlabki kollektiv flotatsiyali sxema ko’proq samara beradi. To’rtinchi guruh - rangli metallarning miqdori kam bo’lgan va ora-sira joylashgan rudalar. Rangli metallarning umumiy miqdori qoidaga ko’ra 3-4% dan ortmaydi, ba`zi xollarda esa 2%. piritning miqdori ba`zan 30-40% ga etadi. Bu guruhdagi rudalarni boyitishda iqtisodiy shartlar bo’yicha dastlabki kollektiv flotatsiya sxemasini qo’llash maqsadga muvofiq. Boyitishning alohida tsikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish. Amalda ishlatiladigan flotatsiya sxemalari shuncha ko’’ki ularni alohida hol uchun ko’rib chiqishga imkoniyat yo’q. Boyitish tsiklining eng oddiy misoli bitta flotatsiya o’eratsiyasi hisoblanadi. Lekin bunday oddiy sxema faqat bitta ohirgi mahsulot olinadigan tsiklda ishlatilishi mumkin. Masalan,birinchi bosqichda flotatsiyalashda tayyor kontsentratning bir qismi va qaytadan yanchishga va flotatsiyaning ikkinchi bosqichiga tushuvchi boy chiqindi olinishida. Agar boyitish tsiklida ikkita oxirgi mahsulot-konditsion kontsentrat va tashlab yuboriladigan chiqindi olinishi kerak bo’lsa, murakkabroq boyitish sxemalari qo’llaniladi. Flotatsiya sxemasining tarmoqlanish yo’nalishi asosan uchta shartga –rudadagi qimmatbaho mineralning miqdoriga, kontsentratga qo’yiladigan talablarga va qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish hususiyatlariga bog’liq. Rudadagi qimmatbaho komponentning miqdori yuqori,kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar ‘ast, puch tog’ jinslari flotatsion aktiv emas. Bunda kontsentratni tozalash o’eratsiyalarisiz, lekin chiqindini bir, ikki marta kontrol flotatsiyalash qo’llanuvchi flotatsiya sxemasini ishlatish mumkin. Bunday sxemalar ko’mir boyitish fabrikalarida, shuningdek rangli metallarning boy rudalarini boyituvchi ba`zi fabrikalarda qo’llanadi (2.15-rasm) 2.15-rasm. Asosiy flotatsiya chiqindisini nazorat flotatsiyalovchi flotatsiya sxemasi Qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish qobiliyati ‘ast, kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar ham ‘ast. Yuzaga qalqib chiqib flotatsiyalangan minerallarni tozalash maqsadga muvofiq emas va ularni jarayondan tezda chiqarib olish kerak. Sxema kontrol flotatsiyalar sonini ortishi yo’nalishida tarmoqlanadi. Misol tariqasida mis-piritli rudalarni flotatsiyalash sxemasini keltirish mumkin (9-rasm). Kontsentratni ikki yoki uchta tozalash va bitta kontrol o’eratsiyali sxema qimmatbaho mineralning yuqori boyitish darajasiga erishishda yoki puch tog’ jinslarining flotatsion aktivligi yuqori bo’lganda ishlatiladi. U polimetall rudalarni boyitishning qo’rg’oshinli va ruxli tsikllarida qo’llaniladi. Rudadagi qimmatbaho mineralning miqdori kichik, kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar yuqori, qimmatbaho mineral yaxshi flotatsiyalanadi. Flotatsiya sxemasi kontsentratni tozalash o’eratsiyalari soni ortishi yo’nalishida tarmoqlanadi. Bunday sxemalar molibdenli, grafitli rudalarni boyitishda qo’llanadi. Rudadagi molibden miqdorining kamligi kontsentratga qo’yiladigan talablar yuqoriligi sxemaga 5-8 tadan kontsentratni tozalash o’eratsiyalarini kiritishni talab qiladi. Molibdenitning yaxshi flotatsiyalanishi uni chiqindilar bilan yo’qolishidan cho’chimasdan ko’’ sonli tozalash o’eratsiyalarini qo’llashga imkon beradi. Kambag’al grafitli rudalarni boyitishda 6-7 ta kontsentratni tozalash o’eratsiyalarini qo’llovchi flotatsiya sxemalari ishlatiladi. Kontsentratni bitta tozalash o’eratsiyasi qo’llaniladigan flotatsiya sxemalari qimmatbaho komponentning yuqori boyitish darajasi talab qilinmaganda, kambag’al ruda va kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar ‘ast; o’rtacha ruda va o’rtacha talablar, boy ruda va yuqori talablar. Bunday sxemalar ko’’incha misli rudalarni flotatsiyalashning kollektiv flotatsiyasida uchraydi. Kontsentratni bir marta tozalash o’eratsiyali flotatsiya sxemalari qimmatbaho komponentning yuqori boyitish darajasini olish talab qilinmaganda; kambag’al rudalar va kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talab ‘ast bo’lganda; o’rtacha ruda va o’rtacha talablarda, boy ruda va yuqori talablarda qo’llaniladi. Bunday sxema ko’’incha misli flotatsiyaning asosiy tsiklida, polimetall rudalarni kollektiv flotatsiyalash tsiklida uchraydi. Kontsentratni ikki va uch marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali sxemalar qimmatbaxo mineralning yuqoriroq boyitish darajasiga erishish lozim bo’lganda yoki puch tog’ jinslarining flotatsiyalanish faolligi yuqori bo’lganda ishlatiladi. (2.18-rasm)
2.16-rasm Nazorat flotatsiyasi sonlarining ortishi yo’nalishida rivojlanuvchi flotatsiya sxemasiga misol 2.17-rasm. Kontsentratni bir marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali sxema. 2.18-rasm. Kontsentratni ikki marta tozalash va bitta nazorat flotatsiyali flotatsiya sxemasi Magnit usulida boyitishbibg texnologik sxemalarini tanlash Magnitli se’eratsiyaningt o'ziga xos xususiyatlari rudani magnitli ajratishdan oldin tayyorlash jarayonini o'tkazish kerakligidir. Bu xususiyatlar esa rudaning xarakteristikasi , granulometrik tarkibi va qo'llaniladigan se’eratsiya usuliga bog`liq holda tanlab quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bularga maydalash , yanchish, elash, shlamsizlantirish , changsizlantirish, magnitlash, magnitsizlantirish quritish va kuydirish kiradi. Elash – se’erator ishchi tuynugidagi magnit maydoni magnit kuchlari qiymati jixatidan bir xil emas. Se’aratorga rudani yiriklik bo'yicha chegarada berishda eng katta va eng kichik zarra diametri zarraga ta'sir qiluvchi magnit kuchi bir necha marta farq qilishi mumkin .Magnitli se’aratsiyada shunday sharoit yaratish kerakki , har xil o'lchamli va xar xil magnitlanish qobiliyatiga ega zarrachalar bir xil magnit kuchi bilan tortilmasin .Xar xil magnitlanish qobiliyatiga ega , lekin bir xil magnit kuchi bilan tortiluvchi ikki mineral o'lchamlarining nisbati teng tortilish koeffitsenti deyiladi. Bu koefitsent qancha katta bo'lsa boyitish sxemasi shuncha sodda bo'ladi. Shlamsizlantirish va changsizlantirish - bu jarayonlarda dastlabki rudalardan mayda noruda zarrachalar xul se’aratsiyalarda shlamlar,kuruk se’aratsiyalarda changni chetlashtirish amalga oshiriladi. Ho'l se’aratsiyalanish jarayoni rudada mayda va mayin yanchilgan mahsulotning ishtirok etishiga ta'sirchan , chunki bu zarrachalarning bir qismi se’aratsiyada magnitli maxsulotga tushib, uning sifatini yomonlashtiradi. Bu esa mayin zarrachalar solishtirma yuzasining kattaligi va ularning qiyinroq zarrachalarga yo’ishish qobiliyati bilan tushuntiriladi.Htsl se’aratsiyalashda mahsulotning qarshiligi tufayli mayin zarrachalarning harakatlanishi qiyinlashadi va bu ham ularning magnit se’aratsiyasini yomonlashtiradi.Mayin zarrachalarnichetlashtirish donali qismini ajratib olishni yaxshilaydi. Magnitlash va magnitsizlash - mayin yanchilgan kuchli magnit xossasiga ega mahsulotlarning magnitli se’aratsiya jarayonida magnit va nomagnit zarrachalardan tashkil to’gan agregatlar (flokul) jadal hosil bo'ladi va bu boyitish samaradorligiga ta'sir etadi. Res’ublikamiz iqtisodiyotini yuyori darajaga ko'tarishda qora metallurgiyaning ham o'rni katta , rudalardan qora rangli va kamyom metallarning ajralishini oshirish, ularning chiqindilar tarkibida maksimal darajada yo'qolishini kamaytirish uchun foydali qazilmalarni boyitishning samarali usullarni va yangi texnologik jarayonlarni tadbiq qilish ko'zda tutilmoqda. Bu masalalarni xal etishda magnit usulini qo'llab amalga oshirish mumkin. Magnit usulida boyitish keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Hozirda yangi magnit usullarda boyitish, ya'ni magnitogidrodinamik va magnitogidrostatik usullaridan keng foydalanilmoqda. Download 154.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling