Vаriant№1 Foydali qazilma nima? Boyitishning asosiy texnologik ko’rsatgichlari Yanchish jarayoni bu- 1


Download 61.93 Kb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi61.93 Kb.
#1324047
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
odil aka



Vаriant№ 1
1. Foydali qazilma nima?
2 Boyitishning asosiy texnologik ko’rsatgichlari
3 Yanchish jarayoni bu-
1 qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda va qishloq xo`jaligida ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. 
2 komponentning dastlabki ruda va boyitish mahsulotlaridagi miqdori, boyitish darajasi, boyitish mahsulotlarining chiqishi, komponentlami boyitish mahsulotlariga ajralishi. Komponentning miqdori deb, mahsulotdagi komponent og‘irligining mahsulot og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Boyitish natijasida erishiladigan boyitish darajasi deb, boyitmadagi qimmatbaho komponent miqdorini uning dastlabki rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi. Boyitish darajasi boyitma dastlabki mahsulotga nisbatan qancha boyligini ko‘rsatadi. Boyitish mahsulotlarining chiqishi deb, boyitish natijasida olingan mahsulot og‘irligining dastlabki mahsulot og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Chiqishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Birlik ulushlarda ifodalangan chiqishga teskari o‘lcham boyitish natijasida bir tonna mahsulot olish uchun dastlabki mahsulotning tonnalari sonini ko‘rsatadi. Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi deb, mahsulotdagi komponent miqdorini shu komponentning dastlabki rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi.
3 Tegirmonlar 2 xil bo‘ladi: mexanik va aerodinamik. Tegirmon ichida
materialni ezadigan jismlari bo‘lsa mexanik tegirmonlar va aksincha materialni ezadigan jismlari bo‘lmasa aerodinamik tegirmonlar deyiladi.
Materialni ezadigan jismlarga metall sterjenlar, yanchiladigan ruda bo‘laklarining o‘zi kiradi, ya’ni rudaning katta bo‘laklari rudani ezib maydalaydi. Tegirmon har xil mahsulotlarning kattaligini 5mm gacha o‘lchamda maydalovchi agregatdir. Ularni shakliga va yanchish usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1. Aylanma (soqqali, zoldirli, sterjenli, o‘zi yanchar va boshqalar);
2. Ko‘rpusi qo‘zg‘almas, inertsion, titrama;
3. Planetar tegirmonlar;
4. Gaz oqimi yordamida yanchuvchi tegirmonlar.


Vаriant№ 2

  1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma’lumot.

  2. Kompanentlar miqdori deb nimaga aytiladi.

  3. Flotamashinalar va ularning turlari.

1 Rudalarni maydalash uchun ishlatiladigan dastgohlar (maydalagichlar) yordamida maydalash bir yoki bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Maydalash jarayonlari yordamida foydali qazilma yoki ruda bo‘laklari o‘zining tashqi kuchlar va minerallarning ichki urilish kuchlari ta’sirida maydalanadi. Maydalash vaqtida qattiqligi yuqori bo‘lgan rudalarning maydalanishi anchagina qiyin kechadi va ma’lum bir kattalikdagi o‘lcham­larga bo‘linadi. G‘ovak, mo‘rt va yumshoq tog‘ jinslari tezda maydalanadi va o‘lchamlari juda ham kichik bo‘ladi.

Download 61.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling