Vаriant№1 Foydali qazilma nima? Boyitishning asosiy texnologik ko’rsatgichlari Yanchish jarayoni bu- 1


Ruda – minerallardan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida har xil minerallar, ma’danlar yoki birikmalari bo‘lgan tog‘ jinsi hisoblanadi 2


Download 61.93 Kb.
bet3/6
Sana04.04.2023
Hajmi61.93 Kb.
#1324047
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
odil aka

1 Ruda – minerallardan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida har xil minerallar, ma’danlar yoki birikmalari bo‘lgan tog‘ jinsi hisoblanadi
2 Maydalagichlar tuzilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Jag‘li maydalagichlar
2. Konusli maydalagichlar
3. Jo‘vali maydalagichlar
4. Bolg‘ali maydalagichlar va h.k.
3 Boyitish mahsulotlarining chiqishi deb, boyitish natijasida olingan mahsulot og‘irligining dastlabki mahsulot og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.


Vаriant№ 5
1Yo’ldosh element va zararli qo’shimchalar haqida ma’lumot bering.
2. Foydali kompanentlarni boyitish mahsulotlariga ajralishi deb nimaga aytiladi.
3. Flotatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.
1 Zararli qoishimchalar deb, foydali qazilmada uncha ko‘p bo'lmagan miqdorda mavjud bo'luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib, uning
sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
Yoldosh elementlar deb, foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish
uni yer qa’ridan asosiy qimmatbaho komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan
qimmatbaho komponentlarga aytiladi.
2 Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi deb, mahsulotdagi komponent miqdorini shu komponentning dastlabki
rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi.


Vаriant№ 6

  1. Gravitatsion dastgohlar va ularning turlari.

  2. Magnit usulida boyitish.

  3. Kompanentlar miqdori deb nimaga aytiladi.

1 Gravitatsion usulda boyitish foydali qazilmalami boyitishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul o'zining soddaligi, yuqori samaradorligi, arzonligi tufayli boshqa usullarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi.
Gravitatsion usulda boyitishga quyidagilar kiradi:
1. Cho‘ktirish mashinalarida boyitish.
2. Konsentratsion stolda boyitish.
3.Vintli va konusli separatorlarda boyitish.
4. Shlyuzlarda boyitish.
5. Og'ir muhitli apparatlarda boyitish.
2 Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarralariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil
magnit xossasiga ega bo‘lgan zarralar turli xil harakatlanish trayektoriyalariga ega bo‘ladi. 0 ‘zlarining trayektoriyalari bo'ylab harakatlanib, magnit va nomagnit zarralar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu mahsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki o‘zining moddiy tarkibi bilan ham farq qiladi. Magnit usulida boyitish qora va rangli metall rudalarini boyitishda, magnitli og‘irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo‘qotishda qo‘llaniladi.

Download 61.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling