Vаriant№1 Foydali qazilma nima? Boyitishning asosiy texnologik ko’rsatgichlari Yanchish jarayoni bu- 1
Download 61.93 Kb.
|
odil aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Boyitish mahsulotlarining
- 3. Yordamchi
- 1. Flotatsiya
3. Suvsizlantirish deb, boyitish mahsulotlaridan suvni ajratib olib, boyitmadagi suvning miqdorini me’yoriga yetkazish va fabrikada qaytadan ishlatiladigan suvni ajratishga aytiladi. Boyitmadan va chiqindi tarkibidan ajratib olingan suv boyitish fabrikasida texnologik maqsadlar uchun qaytadan ishlatiladi. Mahsulotlami uch xil usulda suvsizlantirish mumkin:
1. Mexanik usulda. 2. Fizik-kimyoviy usulda. 3. Issiqlik yordamida. Vаriant№ 38 1. Boyitish mahsulotlarining chiqishi. 2. Yanchish jarayonida ishlatiladigan optimal aylanuvchi yuk nima. 3. Yordamchi jarayonlar haqida ma’lumot. 1. Boyitish mahsulotlarining chiqishi deb, boyitish natijasida olinga mahsulot og‘irligining dastlabki mahsulot og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Chiqishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Birlik ulushlarda ifodalangan chiqishga teskari o‘lcham boyitish natijasida bir tonna mahsulot olish uchun dastlabki mahsulotning tonnalari sonini ko‘rsatadi. 3. Yordamchi jarayonlar quyidagilardan iborat: Suvsizlantirish. Quyiltirish. Suzish (olingan boyitmalarni). Quritish (olingan boyitmalarni). Changsizlantirish. Sexlarni shamollatish Vаriant№ 39 Mustaqil elash qachon qo’llaniladi? Tegirmon ichida aylanuvchi yuk nima? Sinflash jarayonining vazifasi va unda qo’llaniladigan dastgohlar. 1. Elash foydali qazilmaning yirikligiga qarab,bir yoki bir necha elak orqali elab,sinflarga ajratish jarayonidir. Elashga tushayotgan mahsulot — dastlabki, elak ustida qolgan mahsulot elak usti, elakdan o£tgan mahsulot esa elak osti mahsuloti deyiladi. Mustaqil elash — elash mahsulotlari iste’molchiga yuboriladigan tayyor mahsulot hisoblansa mustaqil elash deyiladi, elashning bu turi ko‘pincha ko‘mimi elashda ishlatiladi. 2. Tegirmonlar yanchuvchi jismlarga va shakllariga qarab quyidagicha bo‘ladi: sharli, sterjenli, galkali va o‘zi yanchar. Sharli tegirmonlarda yanchuvchi jismlar po‘lat va cho‘yan sharlar hisoblanadi; sterjenli tegirmonda – po‘lat sterjenlar; galkali tegirmonda – kremniy qumidan bo‘lgan galkalar; o‘zi yanchar tegirmonlarda esa yanchuvchi jismlar – yanchilayotgan rudalarning yirik bo‘laklari hisoblanadi. Vаriant№ 40 Flotatsiya jarayonining nazariy asoslari. Boyitishning asosiy texnologik ko`rsatgichlari. Maydalash sxemalarining turlari. 1. Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik – kimyoviy xossalaridagi farqqa asoslangan boyitish usuli bo`lib, mineral zarrachalar yuzasining suv bilan har xil ho`llanish qobiliyatiga asoslanadi. Suvli muhitda mayin tuyulgan holda mavjud bo`lgan ayrim minerallaming zarrachalari suv bilan hoMlanadi, bir xillari esa suv bilan ho`llanmaydi, balki suvdagi havo pufakchalariga ilashib, yuzaga qalqib chiqadi. Shu bilan bir vaqtda boshqa minerallaming zarrachalari suv bilan ho`llanib undacho`kadi yoki muallaq holda joylashadi. Flotatsiya turli xildagi foydali qazilmalarni boyitishda keng ko`lamda ishlatiladi. Qazib olingan rangli metallar rudalarining 90 % dan ko`prog`i-kamyob, qora, nodir metallar rudalari va nometall rudalar shu usulda boyitiladi. Flotatsiya usulini qo`llash kambag`al rudalami hamda boshqa usullar bilan boyitilishi qiyin bo`lgan rudalami qayta ishlash imkoniyatini yaratadi. Masalan, flotatsiya usulini qo`llab polimetall rudalardan qo`rg`oshinli, ruhli va misli boyitmalami olish mumkin. Download 61.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling