Menejment texnalogiyasi


Download 19.85 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi19.85 Kb.
#1632069
  1   2   3
Bog'liq
menejment texnalogiyasi sunn


MENEJMENT TEXNALOGIYASI
REJA
1.Boshqaruv jarayoni va vazifalari.
2.Boshqaruv jarayonini tashkil etish.
3.Boshqaruv jarayonini muvofiqlashtirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Boshqaruv jarayoni va vazifalari
Boshqaruvga jarayon sifatida qarash lozim. Boshqaruv jarayoni — bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro boglangan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yiglndisi hisoblanadi. Boshqaruv vazifalari — boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday hisoblanishning boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bolishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bolgan harakat tushuniladi. Boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar va vazifalarning mazmuni tashkilotning turi (ma’muriy, ijtimoiy, ta’lim va h.k.), uning faoliyati kolami va sohalari (ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar ko‘rsatish), boshqaruv iyerarxiyasidagi darajasi (boshqaruvning yuqori, o‘rtacha yoki quyi darajasi), tashkilot ichidagi roli (ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar) va bir qator boshqa omillarga bogliq. Boshqaruvning tashkilotdagi vazifalari turli-tumanligiga qaramay faoliyatning bir xildagi turlari mavjud boladi. 1916-yilda ushbu konsepsiyani birinchi bolib ishlab chiqqan A.Fayolning yozishicha, beshta dastlabki vazifalar mavjud boladi: boshqaruvni oldindan aytib berish va rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, muvofiqiashtirish va nazorat qilishni bildiradi. Gap u yoki bu tashkilot xususiyatlari (olchami, belgilanishi, mulkchilik shakllari va h.k.)dan qat’i nazar boshqaruvning har qanday jarayoni tarkibiy qismlari bolgan vazifalar haqida ketmoqda, shuning uchun ularni umumiy deb ataydilar. Zamonaviy tadqiqotchilar boshqaruv vazifalarining boshqa ro‘yxatini ishlab chiqqanlar: rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish (yoki buyruqlar berish), motivatsiya, rahbarlik, muvofiqiashtirish, nazorat, kommunikatsiyalar, tadqiqot qilish, baholash, qarorlar qabul qilish, xodimlarni tanlash vakillik va muzokaralar olib borish hamda bitimlar tuzish. Amalda boshqaruv bo‘yicha har bir ishda umumiy boshqaruv vazifalari boshqarishdan biroz farq qiladi. Shunga qaramay, boshqaruvning beshta umumiy vazifalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: — rejalashtirish (maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha harakatlar rejasini tanlash); — tashkil etish (vazifalarni bolinmalar yoki xodimlar o'rtasida taqsimlash va ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish); — motivatsiya (ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish); — muvofiqiashtirish (oqilona aloqalarni o‘rnatish yoli bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari o‘rtasida moslik va muvofiqlikni ta’minlaydi); — nazorat (haqiqiy erishish mumkin bolgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlar bilan taqqoslash). Boshqaruvning bu umumiy vazifalari kommunikatsiya va qarorlar qabul qilishning boglovchi jarayonlari bilan birlashtirilgan. Bu vazifalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqaruvning har qanday Jarayoni mazmunini ko'rsatib beruvchi doiraviy diagramma bilan taqdim etilishi mumkin Diagrammadagi o‘qlarning ko‘rsatishicha, rejalashtirishdan nazoratga faqat jarayonni tashkil etish va ishlovchilarni undash bilan bogliq ishlarni bajarish yoli bilan harakatlanish mumkin. Diagrammaning markazida barcha qolganlarning muvofiqligi va o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi muvofiqlashtirish vazifasi turadi. Boshqaruvning umumiy vazifalaridan har birini izchil ko‘rib chiqamiz. Rejalashtirish boshqaruv jarayonining birinchi, g‘oyatda muhim vazifasi boladi. Agar rejali ko‘rsatkichlar yetarlicha asoslanmagan bolsa, tashkilot keyingi bosqichlarda qanchalik yaxshi ishlanmasin, natija past boladi. Shuning uchun boshqaruvning sifati rejalashtirishning to‘g‘ri shakllantirilgan tamoyillariga bogliqdir. Rejalashtirish vazifasi quyidagi savollarga javob qaytarishga qaratilgan: — biz hozirgi vaqtda qayerda turibmiz? Menejerlar tashkilot haqiqatdan ham nimalarga erishishi mumkinligini aniqlashi uchun, tashkilotning uning asosiy sohalari (moliya, xodimlar, marketing, ITTKI)dagi kuchli va zaif tomonlarini baholashlari kerak; — biz qaysi tomonga harakatlanishni xohlaymiz? Menejerlar tashkilotning atrof-muhitidagi imkoniyatlar va xavflarni baholab turib, tashkilotning maqsadlari qanday bo‘lishi kerakligini va ularga erishishga nimalar xalaqit berishi mumkinligini belgilashlari kerak; — buni biz qanday qilmoqchimiz? Menejerlar tashkilot a’zolari maqsadlariga erishmog‘i uchun nimalar qilishlari kerakligini hal qiladi. Quyidagilar rejalashtirishning tamoyillariga kiradi: — obyektlarni ularning muhimliklari bo‘yicha darajalarga ajratish; — rejaning muvofiqligi; — rejaning ko‘p variantliligi; — ko‘rsatkichlarning iqtisodiy asoslanishi; — strategik, taktik va joriy rejalarning izchilligi; — rejalashtirishni avtomatlashtirilganligi; — rejani tashqi muhitning parametrlari bilan moslashtirilganligi; — rejaga bevosita tegishli bolgan shaxslarni rejalashtirish jarayonida ishtirok etishi. Bularga rioya qilish asoslangan rejani ishlab chiqishning majburiy sharti boladi. «Rejalashtirish» vazifasi ko‘pincha maqsadni moljallashdan boshlanadi. Gap shundaki, agar tizimning maqsadlari berilmagan, tizimning mohiyati asoslanmagan bolsa, ularni belgilash, ya’ni maqsadni moljallash muhim vazifa boladi. Maqsadlar — aniq yakuniy holatlar bolib, u yoki bu subyekt (tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydi, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadi. Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq va qisqa muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko'proq muddatda erishiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadi. Agar zarurat vujudga kelsa, yana oraliq (o‘rtacha muddatli) maqsadlar ham belgilanadi.


Download 19.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling