1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari
Download 1.18 Mb.
|
5-Ma’ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Konusli maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tamoyillari Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar
3-Ma’ruza. MAYDALASH JARAYONINING NAZARIY ASOSLARI Ma’ruza rejasi: 1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar 2. Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari 3. Maydalagichlarning turlari 4. Jag’li maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tartibi 5. Konusli maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tamoyillari Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Boyitish fabrikasiga ruda har xil o`lchamdagi bo`laklar holida kelib tushadi. Rudaning yiriklik xarakteristikasi yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib olish usuliga, rudaning qattiqligiga, konning sanoat quvvatiga va h.k. larga bog’liq. Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va bo`sh tog’ jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan holda ko`rsatila olishi mumkin bo`lgan yiriklikka (o`lchamga) keltirilishi zarur. Rudani boyitishdan oldin tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo`llaniladi. Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash va yanchish bir-biridan bu jarayonlarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlarning o`lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi. Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha o`lchamda tushib, maydalangan mahsulot 10-15 mm o`lchamda bo`ladi. Ruda o`lchamini 0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida amalga oshiriladi. Rudani boyitishdan oldingi eng so`nggi o`lchami qo`llaniladigan boyitish usuliga bog’liq. Bu o`lcham har qaysi foydali qazilmalar uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo`li bilan aniqlanadi. Foydali mineral zarracha yuzasi qancha to`liq ochilsa, boyitish shuncha samaraliroq bo`ladi. Shu bilan bir vaqtda o`ta yanchilishga yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bunda foydali komponent o`ta mayinlashib shlamlar holiga o`tib, boyitish jarayonida boyitmaga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo`qoladi. Undan tashqari, o`ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning ish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko`rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Maydalash va yanchish jarayonlari juda qimmat turadigan jarayonlar hisoblanadi. Ularga rudani boyitish uchun ketadigan xarajatlarning 60 % dan ortig’i sarflanadi. Shuning uchun maydalashda "Hech narsa ortiqcha maydalanmasin va yanchilmasin" degan qonunga amal qilinadi. Shu maqsadda maydalash bosqichli tarzda amalga oshiriladi. Maydalash va yanchish jarayonlari ko`mirni chang holida yoquvchi stansiyalarda, sement zavodlarida, ko`mirni kokslash uchun tayyorlashda koks kimyoviy zavodlarida, ohak, dolomit va boshqa mahsulotlarni maydalashda metallurgik zavodlarda, yo`l qurilish sanoatida qum-shag’al tayyorlashda va h.k.larda ham ishlatiladi. Bu hollarda maydalash va yanchish mahsulotlarining yirikligi keyingi texnologiyaning talablari asosida o`rnatiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling