1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Tog’ jinslarining mexanik xossalari


Download 1.18 Mb.
bet5/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

Tog’ jinslarining mexanik xossalari
Maydalash va yanchish jarayonlari uchun tog’ jinslarining muhim xarakteristikalari bo`lib mustahkamlik (qattiqlik), maydalanuvchanlik, yanchiluvchanlik va abrazivlik (charxlash, silliqlash) hisoblanadi.
Tog’ jinslarining mustahkamligi deb, uning tashqi kuch ta`siri ostida mustahkamlikning ma`lum chegarasigacha parchalanmaslik qobiliyatiga aytiladi. Maydalanuvchanlik tog’ jinslari mexanik xossalarining umumlashgan parametri bo`lib, ular maydalash jarayonining energiya sig’imi bilan xarakterlanadi. Maydalanish maydalagichning toza ish indeksi va standart maydalagich namunaviy bo`shatish xarakteristikasi bilan baholanadi. Bu ko`rsatkichlar o`lchami 50 (40)-b, mm (b-maydalagich bo`shatish tuynugining kengligi) li rudani kichik o`lchamli konusli yoki yuzali maydalagichda maydalash natijasida tajriba yo`li bilan aniqlanadi. Maydalashga sarflangan energiyaning solishtirma sarfi maydalashning o`lchovi bo`lib xizmat qiladi. Bu usulning kamchiligi: katta mikdordagi namunaning ishlatilishi (150-300 t), maydalagichga doimiy yuklashni ta`minlashning qiyinligi, foydali quvvatni aniqlashning noaniqligi.
Yanchiluvchanlik laboratoriya tegirmonining solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi bilan baholanadi (yanchish bo`limida tengroq o`rganiladi). Abrazivlik tog’ jinslarini maydalagich, tegirmon va boshqa mashinalarga ishqalanishi ta`sirida yemirilish qobiliyatini xarakterlaydi.
Tog’ jinslarining mexanik xususiyatlarini o`rganishda ularni bir o`qli siqilish, cho`zilish, siljish va egilishga sinab ko`riladi.
Tog’ jinslari namunalarining (dumaloq yoki to`g’ri burchak kesimli) siqilishga mustahkamligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

R = F/S (3.1)


bu yerda: P - siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, Pa; F - pressning namunaga siqilish kuchi, N; S - namunaning ko`ndalang kesim yuzasi, m2.


Tog’ jinslarining mexanik xossalari ularning tarkibi va tuzilishiga, g’ovaklik, qatlamlik, jinsni tashkil qilgan zarrachalarning o`lchami va h.k.larga bog’liq.


Kristallar, sementlovchi moddalar va siniq parchalari va h.k. orasidagi tortishish kuchi keng chegarada o`zgarib turishi tufayli bir xil tog’ jinslarining mexanik xususiyatlari sezilarli darajada tebranib turishiga olib teladi.
Mo`rt jinslarning real mustahkamligi nazariy mustahkamligidan kichik.
Tog’ jinslarini cho`zilish, siljish va egilishga tekshirish maxsus tajribalarda aniqlanadi. Tog’ jinslarining cho`zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan bir muncha kichik. Siljishdagi mustahkamlik chegarasi ezilish va siqilishdagidan bir muncha yuqori.
Siljish deb qandaydir tekislikda parallel joylashgan jismning hamma qatlamdagi deformatsiyasiga aytiladi. Siljishda deformatsiyalanuvchi jism hajmi o`zgarmaydi.
Maydalashda (yanchishda) deformatsiyaning eng muhim turi cho`zilish hisoblanadi.
Ko`p hollarda tog’ jinslari yanchiluvchi zarrachalarning o`lchami kichrayishi bilan mustahkamlik ortib boradi. Tog’ jinslari uchun zarrachalarning o`lchami 0,1 - 0,5 mm dan kichik bo`lganda mustahkamlikning sezilarli darajada ortishi kuzatiladi.
Tog’ jinslarining qattiqligini aniqlashda prof.M.M. Protodyakonov tomonidan taklif qilingan mustahkamlik shkalasidan foydalaniladi. Bu shkalaning koeffitsientlari har xil jinslarning yemiriluvchanligini taqqoslash uchun ishlatiladi. Koeffitsientlarning qiymati 1 dan 20 gacha.
Tog’ jinsining qattiqlik koeffitsienti qattiqlikni aniqlovchi maxsus asbobda tuyish usuli orqali tajriba yo`li bilan aniqlanadi. Bu usulga ko`ra qattiqlik koeffitsienti tog’ jinsini maydalashga sarflangan ishni 0,5 mm dan kichik zarralarning umumiy hajmi bilan baholanuvchi maydalash natijasida yangitdan hosil bo`lgan yuzalarga nisbatiga mutanosibdir. Odatda sinash uchun o`lchami -40 +20 mm li va og’irligi 0,04-0,06 t bo`lgan mahsulotning namunasi olinadi.
Tog’ jinsining qattiqlik koeffitsienti quyidagi formuladan topiladi:

f = 20 n / h (3.2)


bu yerda: n - og’irligi 2,4 t bo`lgan yukni 0,6 m balandlikdan tashlash sonlari;


h - mahsulotning 5 ta namunasini hajm o`lchagichda o`lchashdan keyingi - 0,5 mm li mayda fraktsiya ustuning balandligi, mm
Hajm o`lchagichning diametri 23 mm.
Tog’ jinsining maydalanuvchanligi va yanchiluvchanligini xarakterlash uchun parchalanishga qarshilik deb ataluvchi maxsus ta`rifdan foydalaniladi.
Tog’ jinslari tashqi ta`sirga turlicha javob beradi. Shunday tog’ jinslari uchraydiki, ularning deformatsiyasi parchalanishga qadar juda sezilarsiz hamda ayrimlarining deformatsiyasi uncha katta bo`lmagan yukda millimetrga etadi va parchalanish sodir bo`lmaydi.
Tog’ jinslari deformatsiyalanishining bunday xilma-xilligiga sabab ularning ichki bog’lanish kuchlaridagi farqdir.
qayishqoq (elastik) tog’ jinslari kuchlanishning so`nggi qiymatida mo`rt parchalanishga uchraydi - elastik deformatsiyadan keyin ularning bog’lari uziladi.
Elastik tog’ jinslari deformatsiyaning doimiy tezligiga ega.
Mo`rt parchalanish uchun 4 bosqich xarakterli: 1 - darzlarning zichlashishi va yopilishi; 2 - elastik deformatsiya; 3 - yangi darzlarning tug’ilishi va rivojlanishi; 4 - darzlarning tarmoqlanishi va qo`shilishi, mahsulotning parchalanishi.
Tog’ jinslarini parchalashda kuch yoki yuk turli usullar bilan qo`yilishi mumkin. Kuch qo`yishning statik, dinamik, zarba (impul’s) va boshqa usullari mavjud. Kuch qo`yish tezligining o`zgarishi bilan tog’ jinslarining deformatsion xususiyatlari ham o`zgaradi.
Statik kuch vaqtga bog’liq emas, dinamik kuch qisqa muddatli va kuchning bir zumda o`sishi bilan xarakterlanadi; unda maksimumdan keyin uning tez pasayishi sodir bo`ladi. Zarba orqali kuch berish kuchni maksimal berilib, keyin tezda kamayishi bilan xarakterlanadi.
Kuch qo`yilish tezligining ortishi bilan siqilishga mustahkamlik, elastiklik moduli va mahsulotning parchalanishga qarshiligi ortib boradi.
Statik kuch quyishda kuchlanish butun jism bo`ylab tekis taqsimlanadi va parchalanish eng kuchsiz kesimlar bo`ylab sodir bo`ladi, dinamik kuch qo`yilishida esa kuchlanish bir tekis taqsimlanmaydi va parchalanish bir necha joyda sodir bo`lishi mumkin.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling