1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Download 1.18 Mb.
bet20/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

ikkinchi qoidasi:
a) birinchi bosqichda maydalashdan oldin dastlabki elash jarayoni kam ishlatiladi, agar ishlatilsa, ishlatilishga maxsus asoslash talab qilinadi.
b) maydalashning ikkinchi bosqichidan oldin dastlabki elash jarayoni qo`llaniladi, agar uni ishlatishdan voz kechilsa, u asoslanishi kerak.
v) maydalashning uchinchi bosqichidan oldin dastlabki elash hamma vaqt qo`llaniladi.
Tekshiruvchi elash jarayonlari maydalanmay qolgan, o`lchami maydalagichning bo`shatish tuynugi o`lchamidan katta mahsulotni maydalagichga qaytarish maqsadida ishlatiladi.
O`rtacha qattiqlikka ega rudalarni mayda maydalovchi konusli maydalagichda maydalashda maydalagichga qaytariladigan mahsulotning chiqishi 65 % gacha yetadi, maydalangan mahsulotning shartli maksimal kattaligi bo`shatish tuynugidan 4,5-5 marta ortiq bo`ladi. qattiq rudalarda esa qaytariladigan mahsulotning chiqishi 85 % gacha, maksimal kattaligi 5,5 ga teng bo`ladi.





33-rasm. Ikki va uch bosqichli maydalash sxemalarining variantlari

Maydalashning oxirgi bosqichida tekshiruvchi elash qo`llanganda maydalangan mahsulotning oxirgi o`lchami o`rtacha qattiqlikdagi rudalar uchun 3 marta va qattiq rudalar uchun 3,5 marta kamayishi mumkin.


Sharli va sterjenli tegirmonlarda yanchish uchun optimal hisoblangan 10-20 mm li mahsulot olish amalda konusli maydalagichlarda yopiq siklda maydalashdagina amalga oshiriladi.
Bundan maydalash sxemasini tanlashning uchinchi qoidasi kelib chiqadi: sharli va sterjenli tegirmonlarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashini ta`minlaydigan yiriklikdagi maydalangan mahsulot olish maydalashning oxirgi bosqichida tekshiruvchi uchun g’alvirlash jarayoni bo`lishi shart.
Yuqorida keltirilgan qoidalarga asosan 2 guruh sxemalardan foydalaniladi: birinchisi 25 mm dan katta o`lchamdagi mahsulot olish uchun va ikkinchisi 10-20 mm dan kichik o`lchamdagi mahsulot olish uchun.
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling