4-jadval. Ruda boyituvchi fabrikalar uchun ruda bo`laklarining maksimal o`lchami
Fabrikaning ruda bo`yicha i/ch unumdorligi ming tonna/yiliga
|
Bo`lakning maksimal o`lchami, mm
|
ochiq kon usuli
|
er osti usuli
|
Kichik – 500 gacha
O`rtacha – 500÷3000
Katta – 3000÷9000
O`ta katta – > 9000
|
500÷600
700÷1000
900÷1000
1200
|
250÷350
400÷500
600÷700
---
|
Rudadagi va maydalangan mahsulotdagi bo`laklarning berilgan maksimal o`lchamlarida maydalash darajasining chegaralari:
Smax = Dmax/dmin = 1200/10 = 120
Smin = Dmin/dmax = 250/20 = 12,5
bu yerda: S - maydalashning umumiy darajasi. D va d - dastlabki va maydalangan mahsulotdagi eng katta va eng kichik bo`lakning o`lchami, mm.
Umumiy maydalash darajasi har qaysi bosqichdagi maydalash darajalarining ko`paytmasiga teng.
Yirik, o`rta va mayin maydalash uchun maydalagichlarda bir marta maydalab quyidagi maydalash darajalarini olish mumkin.
- yirik maydalovchi maydalagichlar - 5 gacha.
- o`rta maydalovchi konusli maydalagichlarda tekshiruvchi elashsiz - 6 gacha.
- shuning o`zi tekshiruvchi elash bilan - 8 gacha.
- mayda maydalovchi konusli maydalagich tekshiruvchi elashsiz - 3÷5 gacha.
- shuning o`zi tekshiruvchi elash bilan - 8 gacha.
Maydalashning minimal darajasi Smin = 12,5 ga bir bosqichda maydalashda erishib bo`lmaydi, shuning uchun yanchishdan oldin maydalash bosqichlarining soni 2 ta dan kam bo`lmasligi kerak.
Maydalashning maksimal darajasi Smax = 120 ga uch bosqichli maydalashda erishiladi, masalan:
Smax = 120 = 4 * 5 * 6
yoki Smax = 120 = 4,5 * 45 * 6
Bundan maydalash sxemasini tanlashning
Do'stlaringiz bilan baham: |