1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Maydalash sxemalari va ularni tanlash


Download 1.18 Mb.
bet17/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

Maydalash sxemalari va ularni tanlash

Maydalash, g’alvirlash va yanchish kabi ruda tayyorlash sxemalari boyitiluvchanlikka tekshirish natijalari asosida rudaning xususiyatlarini, ishlatilishi mumkin bo`lgan dastgohlarning texnologik xarakteristikasi va xossalari hamda tartibi o`xshash bo`lgan mahsulotni qayta ishlash natijalari asosida tanlanadi.


Fabrikaga berilayotgan mahsulotning o`lchami loyihaning kon qismida, boyitishning birinchi jarayoniga tushayotgan mahsulotning o`lchami va boyitish usuli boyituvchanlikka tekshirish natijalari asosida aniqlanadi. Rudaning qattiqligi, granulometrik tarkibi, namlit, loyning miqdori, maydalanuvchanlik, elanuvchanlik, yanchiluvchanlik kabi fizik xossalari maydalash, g’alvirlash va yanchish usullarini va bu jarayonlarni bajaruvchi dastgohlarning turini belgilashga imkon beradi. Sxemani tanlashga loyihalashning umumiy sharoitlari: rayonning iqlim sharoiti, korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi, konni qazish usuli, rudani fabrikaga berilish usuli va boshqa ko`pgina omillar ham ta`sir etadi. Ba`zi hollarda yirik bo`lakli rudani ajratib olib, yig’ib qo`yishga to`g’ri keladi. Loyihada sinovdan o`tgan yechimlarni qo`llash yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatoliklarning oldini oladi. Ayrim texnologik bo`g’imlarni qaytadan qurish katta xarajatlarni talab qiladi va korxonaning sanoat quvvatini o`zlashtirishga vaqtni boy beradi.
Maydalash jarayonlari foydali qazilmani tegirmonlarda yanchish uchun yoki to`g’ridan-to`g’ri boyitish jarayonlariga tayyorlash uchun qo`llaniladi. Maydalovchi-saralovchi fabrikalarda esa maydalash jarayonlari mustaqil ma`noga ega.
Maydalash sxemalariga odatda dastlabki va tekshiruvchi elash jarayonlari qo`shiladi.
Maydalash jarayonlari ularga tegishli elash jarayonlari bilan birgalikda maydalash bosqichini, maydalash bosqichlarining yig’indisi esa maydalash sxemasini tashkil qiladi.
Maydalash bosqichlari 4 xil ko`rinishga ega bo`ladi: A - dastlabki elash, maydalash va tekshiruvchi elash; B - dastlabki elash va maydalash; S - maydalash va tekshiruvchi elash va D - maydalash jarayonlari. (32-rasm)





32-rasm. Maydalash sxemalarining ko`rinishlari

Maydalash sxemalari bir, ikki, uch va undan ortiq maydalash bosqichlarini o`z ichiga oladi.


Bir bosqichli maydalash sxemalarining soni maydalash bosqichlari ko`rinishlarining soniga teng, ya`ni 4 ga teng. Mumkin bo`lgan ikki bosqichli maydalash sxemalarining soni nisbatan ko`p.
Ularning umumiy soni 42 = 16 (AA, AB, AC, AD, BA, BB, BC, BD, CA, CB, CC, CD, DA, DB, DC, DD).
Mumkin bo`lgan uch bosqichli maydalash sxemalarining umumiy soni 43 = 64 ta.
Mumkin bo`lgan ko`p sonli sxemalarining ichidan eng to`g’ri (maqsadga muvofiq) sxemani tanlash uchun alohida maydalash bosqichlarida dastlabki va tekshiruvchi elashni qo`llash zaruriyati masalasini hal qilish kerak.
Maydalash bosqichlarining soni maydalanuvchi mahsulotning dastlabki va oxirgi o`lchami bilan aniqlanadi.
Yirikroq o`lchamdagi ruda katta mehnat unumdorligi va ochiq kon ishlarida, maydaroqlari esa konning kichik ishlab chiqarish quvvati va yer osti usulida olinadi.
Rudadagi eng katta bo`lakning o`lchami loyihaning kon qismi tomonidan belgilanadi.
Ruda bo`laklari o`lchamining konni ishlab chiqarish unumdorligi va qaysi usulga taxminan bog’liqligi quyidagi jadvalda berilgan:
Yanchish bo`limiga tushayotgan ruda bo`laklarining maksimal o`lchami quyidagicha qabul qilingan:
sterjenli tegirmonlar uchun 15÷20 mm.
sharli tegirmonlar uchun 10÷15 mm.
Yanchishning dastlabki bosqichida oson bo`linuvchi, shuningdek loyli va nam rudalar uchun yiriklikni 20-25 mm gacha oshirish mumkin.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling