1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Download 1.18 Mb.
bet19/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

birinchi qoidasi kelib chiqadi: rudani yanchishga tayyorlashda maydalash bosqichlarining soni ikki yoki uchta bo`lishi kerak.
Bundan istisno tariqasida o`ta qattiq turdagi magnetitli kvartsitlarni maydalashda 4 bosqichli maydalash sxemalari ishlatiladi.
Dastlabki elash jarayonlari maydalashga tushayotgan mahsulot miqdorini kamaytirish (mayda mahsulotni ajratib olish hisobiga) va mayda maydalagichning ishchi zonasida mahsulotning harakatlanuvchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi.
Maydalash sxemalariga dastlabki elash jarayonlarini kiritish kapital sarf-xarajatlarning ortishiga olib keladi va maydalash sexini murakkablashtiradi. Shuning uchun dastlabki elash jarayoni dastlabki ruda tarkibida mayda sinf yetarli miqdorda bo`lganda, shuningdek bu sinfning namligi yuqori bo`lib, maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligini pasaytirsagina qo`llaniladi.
Birinchi bosqichda, agar mayda ruda bo`laklari maydalagichning bo`shatish tuynugidan bemalol tushib ketadigan bo`lsa (>100 mm) sxemada dastlabki elash ishlatilmaydi. Agar dastlabki elash jarayonidan voz kechish 2 ta yirik maydalovchi maydalagich o`rnatishga olib kelsa, unda bitta maydalagichni dastlabki elash jarayoni bilan qo`llash afzal, chunki ikkinchi maydalagichni o`rnatish yirik maydalash bo`limi qurilishining kapital xarajatlarini ikki baravar oshirib yuboradi.
Ko`p hollarda maydalashning ikkinchi bosqichida dastlabki elash jarayonini qo`llash ko`zda tutiladi. Biroq, agar o`rtacha maydalovchi maydalagichni mayda maydalovchi maydalagichga nisbatan ishlab chiqarish unumdorligi bo`yicha zahirasi ko`p bo`lib, mayda mahsulotni elamasdan berilgan ishlab chiqarish unumdorligini ta`minlay olsa, unda dastlabki elash ko`zda tutilmaydi. Bu masalani hal qilishda rudaning namligini va mayda mahsulot bilan tiqilib qolishi mumkinligini ham hisobga olish kerak.
Maydalashning uchinchi bosqichida bo`shatish tuynugi kichik (6-7 mm) bo`lgani uchun barcha hollarda dastlabki g’alvirlash qo`llanilishi kerak.
Zamonaviy fabrikalarda uchinchi bosqich maydalagichlari dastlabki va tekshiruvchi g’alvirlash bilan ishlaydi. Bu jarayonlar sxemalarga yoki alohida, yoki birlashgan tarzda kiritiladi.
Sxema tanlashning
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling