1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Download 1.18 Mb.
bet9/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

Maydalagichlarning turlari

Maydalash-yanchish mashinalari va qurilmalarining tasniflanishi uchun asos qilib, ularning harakat tamoyili, ya`ni, mahsulotni maydalashda rudani parchalash usulini aniqlab beruvchi bevosita ishlatiladigan energiyaning turiga qarab olinadi.


Ishlash tamoyiliga ko`ra maydalagichlar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Statik harakatlanuvchi maydalagichlar:
jag’li - jag’lari oddiy harakatlanadigan va murakkab harakatlanadigan;
konusli – osilgan valli (KKD, KRD), konsolli valli (KSD, KMD);
juvali - ikki juvali silliq va tishli ikki yoki to`rt juvali va bir juvali ariqchasimon tishli yoki tishli.
2. Dinamik harakatlanuvchi maydalagichlar:
zarbali - bolg’ali, rotorli va sterjenli;
zarbasiz rotorli - bitta diskli markazdan qochma va ko`p diskli markazdan qochma.
Katta unumdorlikka ega bo`lgan boyitish fabrikalarida rudalarni yirik, o`rta va mayin maydalash uchun eng keng qo`llaniladigan maydalagichlar konusli maydalagichlar bo`lib, ular yuqori ish unumdorligiga egaligi bilan ajralib turadi va asosan bosim ostida, qisman ishqalanish prinsipiga asoslangan holda maydalaydi. O`rtacha unumdorlikka ega bo`lgan boyitish fabrikalarida konusli maydalagichlar o`rniga nisbatan pastroq unumdorlikka ega bo`lgan jag’li maydalagichlar ishlatiladi. Yuqori unumdorlikka ega bo`lmagan boyitish fabrikalarida katta maydalanish darajasi talab etilganda silliq valli juvali maydalagichlar qo`llaniladi. Yumshoq rudalarni maydalash uchun iloji boricha kam mayin mahsulot olish talab etilganda tishli juvali maydalagichlar ishlatiladi. Hozirgi kunda har xil mustahkamlikdagi foydali qazilmalarni maydalashda ancha yuqori maydalanish darajasini ta`minlovchi zarba ta`siri orqali maydalaydigan maydalagichlar keng tarqala boshladi.
Maydalagichlarni tanlashda dastlabki mahsulotning yirikligi, maydalangan mahsulotning talab qilingan qumoqlilik tarkibi va zarur bo`lgan unumdorlik hisobga olinadi.


Jag’li maydalagichlarning tuzilishi va ishlash tartibi

Jag’li maydalagichda (24-rasm) mahsulot bosim ostida ezish va yorish yo`li bilan qo`zg’almas 1 va qo`zg’aluvchan 2 jag’lar orasida parchalanadi. Qo`zg’aluvchan jag’ 2 qo`zg’almas jag’ 1 ga ekssentrik val 3 ning ishlashi natijasida (ishchi yurishda) yaqinlashadi yoki (salt yurishda) uzoqlashadi. Ishchi yurish vaqtida maydalanish sodir bo`ladi, salt yurishda esa maydalangan mahsulot o`z og’irligi hisobiga pastki qismdan bo`shatiladi. Jag’ 2 ekssentrik val 3 yordamida shatun 4 ga ikkita sharnirli mahkamlangan oldingi 5 va ortdagi 6 raspor (vertikal yo`nalishda ta`sir qiluvchi kuchni gorizontal yo`nalishda tarqatadigan) plitalar orqali harakatga keltiriladi. Tyaga 7 va prujina 8 harakatlanuvchi tizimda taranglikni hosil qilib, qo`zg’aluvchan jag’ni salt yurishini osonlashtiradi. Chiqarish (bo`shatish) tuynugining eni va shundan kelib chiqib maydalanish darajasi pona 9 yordamida moslashtiriladi.


Qo`zg’aluvchan jag’ o`qining joylashishiga ko`ra jag’li maydalagichlarning ushbu jag’ni yuqorga va pastga osilgan turlari mavjud.
24-rasmda qo`zg’aluvchan jag’i yuqoriga osilgan jag’li maydalagichning umumiy ko`rinishi keltirilgan. Ushbu turdagi maydalagichlar sanoatda keng tarqalgan. Old devori qo`zg’almas jag’ bo`lgan dastgoh korpusi (1) odatda quyma po`latdan tayyorlanadi va jag’lari ariqchali ishchi yuzaga ega bo`lgan po`lat plitalar 2 bilan qoplanadi. Ushbu plitalar kuchli ishqalanishga (yemirilishga) uchraydi, shuning uchun ular (almashtirish uchun) olinadigan qilib tayyorlanadi va yemirilishga bardoshli materiallardan (quyma marganetsli yoki xromli po`latlardan) tayyorlanadi.
Maydalagichda maydalovchi yuklama raspor plitalar 5 va 6 orqali uzatiladi. Shuning uchun plitalarning uchlarga kiydiriladigan vkladishlar 4 almashtiriladigan qilib yasaladi va yuqori qattiqlikdagi materiallardan ishlab chiqariladi. Ortgi raspor plitasi maydalagichning ishchi maydoniga maydalanmaydigan materialning tushib qolishi oqibatida maydalagichning sinishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Bu plita past mustahkamlikka ega materialdan tayyorlanib, maydalagichga tasodifiy metal bo`laklari tushib qolganda sinadi.
Maydalagich yuritgichining kinematik sxemasiga bog’liq holda yuqori va pastki osma qo`zg’aluvchan jag’ga ega jag’li maydalagichlar ikki xil bo`lishi mumkin: qo`zg’aluvchan jag’i oddiy va murakkab harakat qiladigan.
Eng oddiy kinematik sxemadan tashqari (24-rasm) o`ta murakkab bo`lganlari ham qo`llaniladi: har ikkala jag’lari ham harakatga keltiriladi, yoki bitta jag’i ikki ekstsentrik valdan harakat oladi.
Jag’li maydalagichlarni tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlar: qabul qiluvchi tuynukning o`lchamlari (B - kengligi, L - uzunligi).






Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling