Mexanik maydalash - bu ma`lum yiriklikdagi mahsulotni olish uchun tashqi mexanik kuchlar ta`siri ostida tog’ jinslari zarralarini parchalash jarayonidir.
Maydalanuvchanlik - bu tog’ jinslarining ko`plab mexanik xususiyatlarini (elastik, mustahkamlik, plastik, va hokazo) umumlashtiruvchi parametridir va tog’ jinslarini maydalash jarayonining energiya sig’imini ifodalaydi.
Xorij amaliyotida maydalanuvchanlik alohida ruda bo`lagining ustiga tushuvchi yuklarning zarbalari natijasida parchalanish bo`yicha tajribalar orqali aniqlanadi. Ularning qulashi balandligi va massasi bo`yicha maydalashning zarba kuchi hisoblab chiqiladi va undan ish indeksi Wi aniqlanadi. Mexanobrda ishlab chiqilgan uslubga ko`ra maydalanuvchanlik ikkita parametr bilan tavsiflanadi: maydalashning toza ishi indeksi W*i va standart maydalagichdan chiqqan mahsulotning namunaviy xarakteristikasi bilan.
Ushbu ko`rsatkichlar ruda namunalarini kichik o`lchamdagi jag’li yoki konusni maydalagichda (misol uchun, maydalovchi konusining asosi 600 mm bo`lgan konusli maydalagich) maydalash natijalari bilan aniqlanadi. Maydalash vaqti, tajriba uchun sarflangan ruda na`munasi massasi va sarflangan energiya bo`yicha faqat maydalashga sarflangan solishtirma energiya sarfi (bo`sh turgan holatdagi sarflangan energiyani hisobga olmaganda) hisoblab chiqiladi va maydalashning toza ishi indeksining miqdori aniqlanadi.
Rudalarning qattiqligi. Tog’ jinslarning mexanik xossalari
Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi
Tog’ jinslari o`zining qattikligiga qarab 4 ta guruhga bo`linadi: yumshok, o`rtacha, qattiq va o`ta qattiq. Yumshoq rudalarga Prodotyakonov M.M. shkalasiga ko`ra 5 dan 10 gacha mustahkamlik koeffitsientiga ega tog’ jinslari; o`rtacha qattiqlikka ega tog’ jinslarga 10 dan 15 gacha koeffitsientga, qattiq tog’ jinslariga - 15 dan 18 gacha koeffitsientga ega va o`ta qattiq jinslarga 18 dan 20 gacha mustahkamlik koeffitsientiga ega tog’ jinslari kiradi.
Foydali qazilmalarning qattiqligi, shuningdek, Moosning qattiqlik shkalasi bo`yicha (tirnash usuli) ham aniqlanishi mumkin. Unga ko`ra, qattiq tog’ jinslarining (masalan, kvarts, korund va h.k.) Moos bo`yicha qattiqligi 6-10; o`rtacha (ko`mir, ohak) 2-5; yumshoq (talk, gips) 1-2 Moos bo`yicha qattiqlikka ega rudalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |