Borliq falsafaning fundamental kategoriyasi


Download 1.3 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1129295
Bog'liq
Borliq falsafaning fundamental kategoriyasi


Borliq falsafaning fundamental kategoriyasi
Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob topishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida bir qarashda yaqindagina – o’tgan asrda yashagan o’z hamkasblariga qaraganda to’laroq va teranroq tasavvurga egadirlar
Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko’pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo’lmish gravitasiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi.
Shu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o’ynaydigan, biroq ilmiy yechimini topmagan muammolarni falsafiy anglab yetishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo’lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda.
Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo’lgan fan va falsafa e’tiborini o’ziga qayta va qayta tortib kelmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo’lmagan narsalar falsafa uchun joizdir.
Shu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o’zgartiradi, aniq fanlarning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi. Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni vaqtda o’zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo’ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi
Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtai nazaridan o’rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg’otmaydigan, yo borliqni yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma’lumotlarga tayanamiz.
Kundalik hayotimiiz va faoliyatimizda biz shubha to’g’dirmaydigan fikrlarga tayanishga harakat qilamiz. Bunday fikrlarni eng birinchisi olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligi haqidagi qarashlardir. Aminmizki, tabiat va jamiyachtdagi o’zgarishlardan qa‘tiy nazar olam yaxlit bir butunlik sifatida saqlanib qoladi.
Olamning “hozir” va “shu yerda” mavjudligini isbotlash mumkin emas, chunki bunga real fakilarga, hayotiy tajribalarga asoslansa bo’ladi. Biroq olamning abadiyligi xususida fikr yuritayotganda qator muammolarga duch kelamiz. Zero bunday ko’zatish va tajribalarga asoslanib xulosa chiqarib bo’lmaydi. Aksincha koinotning cheklagan makonida cheklangan umr ko’rishga mahukum etilgan inson uchun abadiy olamning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetish nihoyatda mushkul.
1 Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93.
2 Қаранг: Современный философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497.
3 Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1. -М.: – С.145
4 Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467.
5 Қаранг.С.М.Ҳотамий. Ислом тафаккури тарихидан. -Т.: Минҳож, 2003.- Б.74
6 Қаранг.С.М. Ҳотамий Ислом тафаккури тарихидан. –Т.: Минҳож, 2003.-Б.126
Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling