Bosh menuga o’tish


Download 34.5 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1228638
Bog'liq
Tadbirkorlik qarorini qabul qilish


mavzu: Tadbirkorlik qarorini qabul qilish.

Tadbirkorlik qarorini qabul qilishda quyidagilarga e'tibor berish kerak:



  • mahoratli tadbirkor zararli (ishga halaqit beruvchi) narsalarni foydali (maqsadga erishishga yordam beruvchi) tomonga aylantirishga qodir ekanligini yodda tuting;

  • nimaga duch kelsangiz, unga o'z ishingiz uchun foydali nuqtai nazardan qarab chiqishni o'zingiz uchun odat qiling;

  • va'dani o'z muddatida bajaring. Agar bajara olmasangiz o'zingizni oqlamang, yangi muddat belgilang va kechikib bo'lsa ham so'zingizni ustidan chiqing;keraksiz takliflarni rad eting, ammo xushmuomala holda;

  • o'zingizga ishongan paytingizda manmansirashdan qoching, manmansirash - ishda eng yaxshi bo'lmagan usul va uslublardan foydalanishdagi dastlabki zamindir;zarur qaror qabul qilishda mas'uliyatni qo'l ostingizdagilarga yuklamang, agar bu ularning vakolatlariga kirmasa yoki ular sizdan tegishli topshiriq yo tavsiya olmagan bo'lsa;sarosimaga tushish eng yomon holat ekanligini unutmang;

  • qo'l ostingizdagilarni laganbardor qilib emas, sodiq qilib tarbiyalang, ularning tashabbuskorliklarini rag'batlantiring;

  • fikringiz hamma vaqt ham to'g'ri bo'lmasligini unutmang;

  • birorta ham muvaffaqiyatsizlik, xato holatni puxta tahlilsiz qoldirmang;

  • qo'l ostingizdagilar bilan samarali hamkorlik qilishning omillarini o'rganing;

  • korxona manfaatlarini hodimlar manfaati bilan muvofiqlashtirishga erishing;

  • kishilar bilan munosabatda aytilmagan narsani anglashga o'rganing;

  • ishda uchta "inkorga" amal qiling: achchiqlanmang, o'zingizni yo'qotmang, hovliqib ketmang;

  • kishilarni kamchiliklariga nisbatan, agar bu kamchiliklar Sizning biznesingizga halaqit bermasa, toqatli bo'ling;

  • insonni nafaqat so'z bilan haqoratlash, balki gavdaning holati, imo-ishoralar, yuz o'zgarishlari ham shu ma'noni berishi mumkin ekanligini yodda tuting;

  • hal qilishda faqat Sizning ishtirokingiz shart bo'lgan masalalar bilan shug'ullaning. Kishining ishchanlik sifatlariga nisbatan - ayniqsa agar Sizning u bilan munosabatlaringiz yaxshi bo'lmasa, adolatli bo'ling;

  • Sizga nisbatan yomon munosabat - Sizning yetuk emasligingiz oqibati ekanligining isbotidir;

  • qo'l ostingizdagi qobiliyatlilarni cho'chitmang;

  • korxona maqsadalariga erishish uchun hodimlarga imkon boricha eng ko'p erkinlik bering;

  • kishilarni ko'z oldida maqtang, yakka holda tanbeh bering;

  • inson uchun kamsitishdan ko'ra achchiqroq va alamliroq hech narsa yo'qligini yodda tuting.

Kamsitish hech qachon unutilmaydi va kechirilmaydi. Adolatsizlik qilishdan qo'rqing - u kishilarni juda qattiq ranjitadi;kishilarni tinglay biling, siz sabr-toqatli bo'ling;
eng asosiysi insoflilik va olijanoblilikni unutmang.
Tadbirkorlar iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanib, foyda olishga intiladilar, lekin ular xaridorlar oldidagi javobgarliklarini ham unutmasliklari kerak.
Haridor to'g'risida qayg'urish quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;

  • Mahsulotni chiroyli, did bilan o'rash;

  • iste'mol qilish xavfsizligini ta'minlash;

ustama foyda olish maqsadida narxni haddan tashqari yuqori qilib belgilamaslik (taqchil bozorda).
Mahsulotni sotishda haridor uchun eng qulay sharoitlar yaratish.
Mahsulotning sifati har doim yuqori bo'lishi zarur, shuningdek, mahsulot ma'lum bir vaqt mobaynida o'zining iste'mol qilinish yoki foydalanish xususiyatini yo'qotmasligiga haridor ishonch hosil qilishi zarur.
Mahsulotni o'rash uni ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab harid qilib olingunga qadar saqlash, xaridorlarni mahsulotning hajmi va sifati bilan tanishtirish kabi vazifalarni bajaradi. Mahsulotni did bilan chiroyli o'rash haridorning diqqatini o'ziga tortadi va sotuv hajmini orttiradi.
Barcha tadbirkorlar, o'zlari tayyorlagan mahsulotlardan foydalanish va ularni saqlash vaqtida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavf uchun haridorlar oldida javobgardirlar. Korxonalar, shuningdek, mahsulotdan foydalanish vaqtida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavf-hatardan iste'molchilarni habardor qilib qo'yishlari kerak. Ayniqsa oziq-ovqat, elektroasboblar, bolalar o'yinchoqlari, dori-darmonlar ishlab chiqarishda bu holatga alohida e'tibor berish zarur.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling