Boshim qo'yay bugun hoku poyingizga Qalbim to'la mehr daryo-soyingizga


Download 1.26 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi1.26 Kb.
#1367517
Bog'liq
boringizga shukur


Boshim qo'yay bugun hoku poyingizga
Qalbim to'la mehr daryo-soyingizga
Mehribonim tanhoginam jonajonim
Boringizga shukur deyman boringizga.

Neki bo'lsa hammasidan qimmatimsiz


Pok iymonim, yorug' yuzim, himmatimsiz.
Dunyolardan topib olgan jannatimsiz,
Boringizga shukur Ona, boringizga.

Baxtim sizsiz, ne qilay men humolarni,


Rostligimsiz, yuzi ko'rsin ro'yolarni.
Allangizga alishmayman dunyolarni,
Boringizga shukur Ona, boringizga.

Farishtalar o'tib o'ng-u so'lingizdan,


Ibrat olsin sizning umr-yo'lingizdan,
Aylanayin bolam degan tilingizdan,
Boringizga shukur Ona, boringizga.

Qalbimdasiz, doim mening jonimdasiz,


Qayda bo'lsam hayolimda, yodimdasiz,
Baxtiyorman, gar bo'lsangiz yonimdasiz,
Boringizga shukur deyman, boringizga.

Or qilaman, qilgan hamma xatoyimdan,


Ko'nglingizga bergan nogoh jafoyimdan,
Umringizni so'ray Qodir Xudoyimdan,
Boringizga shukur Ona, boringizga.
Download 1.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling