A. 6ta B. 5ta C. 4ta D. 7ta


Download 6.52 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi6.52 Kb.
#1685261
Bog'liq
Ot soʻz turkumi boʻyicha test. Test tuzuvchi Mavluda Abdullayev-fayllar.org (1)


Ot soʻz turkumi boʻyicha test. Test tuzuvchi: Mavluda Abdullayeva

Ot soʻz turkumi boʻyicha test. Test tuzuvchi: Mavluda Abdullayeva.


Bugun oʻqi, bugun mehnat qil, bugun hayot uchun kurash, ertaga, albatta, rohatini koʻrasan☺️
1.Biz oʻtirgan xonada yana koʻpchilik xotinlar, erkaklar bolalar hamda chol va kampirlar ham bor edi? Ushbu gapda nechta shaxs oti qatnashgan?
A.6ta B.5ta C.4ta D.7ta
2.Muhabbatsiz kishi odam emasdir, gar muhabbat istasang, yaxshilik qil. Ushbu gapda nechta ot soʻz turkumiga mansub soʻz berilgan?
A.4ta B.5ta C.6ta D.3ta
3.Ot+ot koʻrinishidagi qoʻshma otni toping.
A.shirinsoʻz B.kamquvvat C.dunyoqarash D.qoʻziqorin
4.Qaysi javobda shaxs nomi berilgan?
A.Shahzodamiz bugun ovga chiqmoq istadilar.
B.Shifokorlar erta-yu kech unga gʻamxoʻrlik qilishyapti.
C.Malika bugun ishdan erta qaytdi.
D.Oʻltarmaga qildim yurish, hamroh boʻldi bir chitfurush.
4.Qarama-qarshi maʼnoli soʻzlardan tashkil topgan juft otni belgilang.
A.mehr-muhabbat B.yaxshi-yomon C.osmon-yer D.erta-kech
5.Narsa oti yasovchi qoʻshimcha qantashgan soʻz berilgan gapni toping.
A.Tikuvchi koʻylakni bugun bitirgan edi.
B.Guldonga solingan gullar ajib hid taratadi.
C.Otxonadagi sigirlardan xabar olsang boʻlardi.
D.Tuzni uzatvoring, ovqatim kuyib ketyapti.
6.Kiyimlarim koʻp lekin tinchlik yoʻq, baxt yoʻq, quvonch yoʻq, xursandchilik, shodlik yoʻq. Ushbu gapda nechta ot yasovchi qoʻshimcha qatnashgan?
A.5ta B.4ta C.6ta D.7ta
7.Lar qoʻshimchasi birgalik maʼnosini ifodalagan javobni aniqlang.
A.Dadamlar kelishiga ovqatni tayyorlash kerak.
B.Bugun ularnikiga Hofiz Koʻkiylar kelishadi.
C.Mirzachoʻllar obod boʻldi.
D.Koʻzlarimga ishonmayman, qachon kelding?!
8.Narsa oti yasovchi qoʻshimchalar berilgan javobni aniqlang?
A.chi, don, iq C.lik, iq, dor.
B.ma, gi, gich D.xon, paz, choq.
9.Tarkibida faqat jarangli undoshlar qatnashgan shaxs otini aniqlang.
A.jarayon B.suvchi C.guldon D.bola
10.Mavhum ot qatnashgan gapni aniqlang.
A.U xonaga mayus kirib keldi.
B.Darsga bugun Salima kelmadi.
C.Quvonch bilan azob oʻrtasida bogʻliqlik nimada?
D.Soching sunbul, yuzing gul edi, axir.
11.Taslim boʻlma, orqaga chekinma, voz kechma. Sen ozod insonsan! Dunyoga bir marta kelasan. Oʻzing uchun yasha!
Ushbu gapda qatnashgan otlar yuzasidan bildirilgan notoʻgʻri hukmni toping.
A.Oʻrin joy oti qatnashgan.
B.Shaxs oti qatnashgan.
C.narsa oti qatnashgan.
D.Qatnashgan otlar hammasi sodda tub otlar hisoblanadi.
12.Lolaxonni sevar edim, Lolaxonni. Ushbu gapdagi ot tarkibidagi qoʻshimchalar yuzasidan toʻgʻri hukmni toping.
A.Erkalash qoʻshimchasi qatnashgan.
B.Egalik qoʻshimchasi qatnashgan.
C.Ot yasovchi qoʻshimcha qatnashgan.
D.Kichraytirish qoʻshimchasi qatnashgan.
13.Sifat+ot koʻrinishidagi qoʻshma ot berilgan javobni toping.
A.kaltakesak B.suvilon C.mingoyoq D.choʻlquvar
14.Maʼnodosh soʻzlardan tashkil topgan juft otni aniqlang.
A.chol-kampir B.sevgi-muhabbat C.uzun-qisqa D.jaholat-maʼrifat
15.Bilim va maʼrifat bilan yuksak choʻqqilarni zabt etish mumkin. Yasama otni aniqlang.
A.bilim B.maʼrifat C.choʻqqi D.zabt etish
16.Yomgʻirda shodon oʻynashib,
Birga shoʻx-shoʻx qoʻshiq kuylashib,
Yillardan-u yoʻllardan oshib,
Bolaligim seni sogʻindim. Ushbu gapda fonetik oʻzgarish asosida yozilgan yasama ot haqida toʻgʻri hukmni toping.
A.Tarkibida shaxs oti yasovchi qoʻshimcha qatnashgan.
B.Egalik qoʻshimchasi qoʻshilishi natijasida asosda tovush oʻzgarishi roʻy bergan.
C.Tarkibidagi barcha undoshlari jarangliga mansub.
D.Hamma undoshlari hosil boʻlish usuliga koʻra portlovchi.
17.Bogʻing bahoriman, olma-anoringman, koʻzing humoriman. Ushbu gapda tuzilishiga koʻra qanday otlar qatnashgan?
A.qoʻshma, sodda B.juft, sodda C.takroriy, sodda D.faqat sodda
18.Qaysi javobda ot yasovchi qoʻshimcha qatnashgan soʻz berilgan?
A.kelinchak B.kuyinchak C.belanchak D.kelajak
19.Atoqli ot toʻgʻri yozilgan javobni aniqlang.
A.Orol-boʻyi B.Yangi Qoʻrgʻon C. Koson soy D.Mingtepa.
20.Fonetik oʻzgarishga uchragan yasama ot berilgan javobni toping.
A.Achchiq bilan chuchukni totgan bilar.
B.Bayrogʻimga qon bilan yozgan, ontim undar olgʻa borishga
C.Oltovlon ola boʻlsa ogʻzidagin oldirar.
D.Yaxshiligingni oʻzi bilmasa, Xoliq bilur.
21.Lar qoʻshimchasi qaysi oʻrinda maʼnoni kuchaytirib tasvirlashga xizmat qilgan?
A.Magazinga unlar, suvlar, yogʻlar keldi.
B.Opalarim bugun yoʻlga chiqishadi.
C.Dardlarimga oʻzinggina malhamsan, kabutarim.
D.Olmalarimiz pishibdi, teraylik!
22.Terim bu yil avjida koʻrinadi. Ushbu gapda qatnashgan otning turini aniqlang.
A.narsa oti B.mavhum ot C.faoliyat-jarayon oti D.oʻrin-joy oti
23.Takroriy ot qatnashgan javobni aniqlang.
A.Koʻchatga chelak-chelak suv quydim.
B.Magazindan beton-beton yogʻ oldim.
C.Qovun-tarvuz mahalida toʻy boshlaymiz.
D.Non-pon yedingmi, qorning toʻqmi?
24.Agar malikaga aylanib qolsang, oʻz shahzodangni qanday toparding deya savol berdi onasi qiziga. Ushbu gapda nechta shaxs oti qatnashgan?
A.3ta B.4ta C5ta D.2ta
25.Qoʻshma atoqli ot berilgan javobni toping.
A.Amerika B.Buyuk Britaniya C.dengiz D.Hindiston
26.Narsa oti yasovchi qoʻshimchaga 5ta misol keltiring.
26.acchiqtosh, kaltakesak, oqqush, otxona, otquloq, mingoyoq, taklifnoma Quyidagi soʻzlardan nechtasi Ot+ot shaklidagi qoʻshma ot hisoblanadi.
27.Oshxonadan ikkita tovoq bir chimdim tuz, ozgina shakar, bir piyola suv, ikki qoshiq quruq choy keltiring. Ushbu gapda nechta narsa oti bor?
28.Sevgi, shodlik, qaygʻu, adolat, sevinch, muhabbat. Ushbu mavhum otlardan nechtasi yasama?
29.Shaxzoda Plombir ertagida bir oʻtinchi chol va uning qirq oʻgʻli haqida hikoya qilingan? Ushbu gapda nechta shaxs oti bor?
30.Oldi-sotdi. ushbu juft ot qaysi soʻz turkumidan koʻchgan?
Javoblar toʻgʻriligiga yana bir bor ishonch hosil qiling.
http://fayllar.org
Download 6.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling