BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’Z MA'NOSI USTIDA ISHLASH JARAYONIDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH USULLARI
REJA:
KIRISH
I BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA MANTIQIY MASHQLAR USTIDA ISHLASH VA UNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
1.1.Ona tilini boshlang’ich sinflarda o’qitish jarayonida turli usullardan foydalanish
1.2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarga grammatik tushunchalarni o’rgatib borish orqali nazariy bilimlarini amalda qo’llash metodikasi
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO’SHIMCHA DIDAKTIK MASHQLARDAN FOYDALANISH
2.1. Qo’shimcha didaktik mashqlardan foydalanish uslublari
2.2. 2-sinfda ona tilidan takrorlash darslarida bajariladigan
qo’shimcha didaktik mashqlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab o’zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida katta islohotlar amalga oshirildi. O’rta umumta’lim maktablari to’qqiz yillik tizimga o’tkazilib, o’quvchilar to’qqizinchi sinifni tugatganlaridan so’ng kasb-huhar kollejlarida yoki akademik litseylarda o’qishni davom ettirishadigan bo’ldi. Shu bois Respublikamizda ko’plab akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilib ishga tushirildi. O’zbekiston kelajagi bo’lmish yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratildi. “Umumta’lim dasturlarini maktabgacha tarbiya, boshlang’ich umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak, maqsadga muvofiq bo’ladi,”-degan edi prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Barkamol avlod orzusi” nomli kitobida.1
Mavzuning dolzarbligi: Bizning bitiruv malakaviy ishimiz “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ga bag’ishlangan. Ushbu mavzuga oid nomzodlik va doktorlik ishlari tayyorlangan. Biroq mustahkam bilim olishda, ona tili grammatikasini mukammal egallashda qo’shimcha mashqlardan foydalanib borishining ahamiyati beqiyosligini hisobga olib, biz bugun o’z bitiruv malakaviy ishimizni “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ga bag’ishlab, bu mavzuga yana qaytishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |