Boshlangich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya Fanidan topshiriqlar


Download 17.91 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi17.91 Kb.
#163561
Bog'liq
nargiza innov.integr. 30 вариан


Boshlangich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya

Fanidan topshiriqlar

30 - Variant

  1. Topshiriq.

Quyidagi savollarga yozma javob yozing

1. O`zbekistonda ta’lim va pedagogik fikr taraqqiyoti.

Mustaqillik  e’lon  qilingan  (1991  yil  1  sentyabr)  dastlabki   yillardanoq O’zbekiston  hukumati  ta’limga  ustuvor  soha  sifatida  e’tibor  berib  kelmoqda. O’zbekiston  Respublikasining  ta’lim  sohasida  aniq  va   ravshan  hamda  ilmiy asoslangan  davlat  siyosati  mavjud  bo’lib,  u  insonparvarlik  va  demokratik tamoyillarga  asoslanadi  hamda  har  bir   fuqaroning  bilim  olishi  O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida qonuniylashtirilgan.  Mustaqil Respublikamizda  xalq ta’limi tizimi  mazmunini   yangilash  va  yangi ijtimoiy  muhit  sharoitida  uni  yanada  rivojlantirish   zarur  edi.  Chunki  huquqiy, iqtisodiy,  ma’naviy  sohalarda  olib   borilayotgan  islohotlarda  asosiy  maqsad  ham barcha  fuqarolarning  hayotini  ijtimoiy  himoyalash,  ularning  turmush  sharoitini yaxshilash, ma’naviy jihatdan  yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va  farovon  hayot   barpo  etishdan  iboratdir.  «Barcha  ezgu  niyatlarimizning markazida   farzandlarimizni  ham  jismoniy,  ham  ma’naviy  jihatdan  sog’lom  qilib o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hyech kimdan kam  bo’lmaydigan  avlodni  tarbiyalash  orzusi  turadi»,  deb  ta’kidlagan  edilar 

Prezidentimiz I.A.Karimov  «Barkamol avlod yili» Davlat dasturini qabul qilingan kundagi o’z nutqlarida.  Ana  shu  maqsadni  amalga  oshirish  borasida  Respublikamiz  hukumati  xalq ta’limi  tizimini  tubdan  isloh  qilish  vazifasini  qo’ydi.  Jamiyatni  ma’naviy yangilashda  avvalo  ta’lim  tizimini  isloh  qilishni  va  milliy  kadrlarga  bo’lgan ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib ta’lim tizimini ham yangilashni taqozo  etar  edi.  Shu  maqsadda  1997  yil  29avgustda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  «Ta’lim  to’g’risida»  Qonuni  hamda  «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» keng muhokama qilindi va tasdiqlandi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va tarbiya fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va har bir  fuqaroning  ilm  olish  konstitusion    huquqini  ta’minlash  kabi  qator  dolzarb vazifalarni belgilab berdi.  Respublikamiz  bugungi  kunda  tubdan  yangi  davlat  bo’lib,  unda  har  bir siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  sohadagi  islohotlar  ham  yangi  ta’lim  tizimida bosqichmabosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta’lim sohasidagi islohotlar ham  yangi  bosqichmabosqich  o’tish  tamoyiliga  asoslangandir.  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dastur»  ham  uzluksiz  ta’lim  tizimini  isloh  qilishning  tashkiliy, ilmiy  va  metodik  asosi  bo’lib  hisoblanadi.  Milliy  dasturning  asosiy  maksadi uzluksiz  ta’lim  tizimini  rivojlantirish  bo’lib,  u  ijodiy  va  mustaqil  fikrlovchi, tafakkuri  rivojlangan,  erkin  shaxsni  shakllantirish  bilan  barcha  sohalarda rakobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir. 

Shunga  ko’ra,  mamlakatimizda  mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  boy madaniyatimizni tiklash  va  uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish,  uni zamon  talablariga  jabob  bera  oladigan  jahon  andozalari  darajasiga  ko’tarish maqsadiga e’tibor berib borilmokda.  

Ta’lim  sohasida  «Ta’lim  to’g’risida»  Qonun  qabul  qilinganligi,  1996-1997  yildan  boshlab  birinchi  sinflarda  o’qishning  lotin  yozuviga  asoslangan    yangi alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, qo’llanma, darsliklarning yaratilganligi  bu ta’lim sohasida ko’yilgan dastlabki odimlar edi. O’tgan  davrda  yangi  turdagi  ta’lim  muassasalari  tashkil  etildi.  Oliy  o’quv yurtlari  qoshida  liseylar  ochildi.  Qobiliyatli  o’quvchilar  chet  ellarda  ta’lim  ola boshladi.  O’qituvchilar  xorijiy  davlatlarda  bo’lib,  ilg’or  tajribalarni  o’rganib  kela boshladilar.  Viloyatlarda  yangidan  yangi  biznes  maktablari,  kichik  va  o’rta  kasbhunar  kurslari  ochila  boshladi  va  bozor  iqtisodi  sharoitida  fermer,  soliq  va  bojxona xodimlari, audit  v.b. yangi  mutaxassisliklar kiritildi.  

Oliy  maktab  sohasida  test  usuli  joriy  etildi.  Viloyatlardagi  pedagogika institutlari  universitetlarga aylantirildi, chet el  mutaxassislari  respublikamiz o’quv muassasalariga jalb etildi.  Respublikamizda  Davlat  va  jamiyat  qurilish  Akademiyasi,  Bank  va  Moliya Akademiyasi tashkil etildi.  

«Mahalla»,  «Kamolot»,  «Sog’lom  avlod  uchun»,  «Nuroniy»,  «Ulug’bek», 

«Umid»  jamg’armalari  ham  ta’lim  sohasini  rivojlantirishga  hissalarini  qo’shmoqdalar.  Lekin hozirgi davrda amalga oshirilgan barcha ishlarga karamay ta’lim tizimi xali  hayot  talabi  darajasida  natijalarga  erishmayotgani,  eski  Sho’ro  zamonidan meros bo’lib qolgan mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xalos bo’la olmagani, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish muammolari to’liq hal etilmaganiva  nihoyat,  amaldagi  ta’lim  tizimi  taraqqiy  etgan  davlatlar  darajasida  rivojlana olmaganini ko’rsatmokda.  

Shuningdek,  mutaxassis  kadrlar  tayyorlash,  ularga  bilim  va  tarbiya  berish tizimi  mamlakatimizda  amalga  oshayotgan  islohotlar  bilan  bog’lanmagani, maktablarning  moddiy  bazasi  talabga  javob  bera  olmayotgani,  kadrlar, o’qituvchilar tayyorlash muammosi hali to’laligicha hal etilmagani ma’lum bo’ldi. O’quv  dasturlari,  qo’llanma  va  darsliklar  ham  talabga  javob  bera  olmayotganini 

hayot ko’rsatdi.  

Oliy  ta’lim  sohasida  ham  islohot  o’tkazishni  talab  qila  boshladi.  Bularning 

barchasi hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga 

muvofiq,  ta’lim  tizimini  isloh  etilish,  kadrlar  tayyorlash  jarayoniga  zamon  talabi 

darajasida  o’zgartirishlar  kiritish  maqsadida  maxsus  komissiya  tuzildi  va  natijada 

«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dastur»  hamda  «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonun  Oliy 

Majlis sessiyasida qabul qilindi.  

Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma-bosqich amalga  

oshirish nazarda tutiladi :  

Birinchi  bosqich  -  o’tish  davri.  1997  -  2001  yillar.  Bu  yillarda  yangi  talab 

doirasida  pedagog  kadrlar  tayyorlash,  ta’lim  standartlarini  yaratish,  o’quv 

dasturlari ustida ishlash, umumta’lim maktablarini qayta qurish, o’rta maxsus kasb-

hunar  bilim  yurtlari  tizimigi  zamin  tayyorlash  va  uzluksiz  ta’lim  tizimiga  asos 

solish.  

Ikkinchi  bosqich  -  2000  -  2005  yillarga  mo’ljallanadi.  Bu  davrda  milliy 

dasturni to’liq amalga oshirish mo’ljallanadi. Uning ba’zi g’oyalari va qoidalariga 

o’zgartirishlar kiritilish ham ko’zda tutilgan.  

Uchinchi bosqich - 2005 yil va undan keyingi yillar bo’lib, islohot tajribalari 

tahlil  etilib,  umumlashtiriladi  hamda  kadrlar  tayyorlash  tizimi  takomillashtirilib, 

rivojlantirilib boriladi.  

«Ta’lim  to’g’risidagi»  Qonunga  asosan  Ta’lim  O’zbekiston  Respublikasi 

ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. 

Ta’lim  sohasidagi  davlatning  asosiy  tamoyillari  quyidagilardan  iborat  deb 

ko’rsatildi :  

-Talim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterida ekanligi; 

-Ta’limning uzluksiz va izchilligi;  

-Umumiy  o’rta,  shuningdek  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  

majburiyligi;  

-O’rta  maxsus, kasb-hunar ta’limining  yo’nalishini: akademik  lisey  va kasb - 

hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi:  

-ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;  

-davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi: 

-ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv: 

-bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish:  

-ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlantirish: 

Xalq ta’limining asosiy bo’g’ini - uzluksiz ta’limi tizimini tashkil etadi. 

O’zbekiston Respublikasida quyidagi uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib olingan. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version  

www.pdffactory.com 

91  

  

Ta’lim tizimi. Bola shaxsini sog’lom va yetuk o’qishga tayyorlash maqsadini 



ko’zlaydi.  Mazkur  ta’lim  uch  yoshdan  olti-yetti  yoshgacha  oilada,  bolalar  

bog’chasida  va  mulk  shaklidan  kat’iy  nazar,  boshqa  xil  ta’lim  tashkilotlarida  olib 

boriladi.  

Umumiy o’rta ta’lim. Umumiy o’rta ta’lim kuyidagi bosqichlarga bo’linadi: 

Boshlang’ich ta’lim (I-IV sinf)  

Umumiy o’rta ta’lim (I-IX sinflar)  

Boshlang’ich  ta’limda  umumiy  o’rta  ta’lim  olish  uchun  zarur  bo’lgan 

savodxonlik, bilim va ko’nikmalar asoslari shakllantiriladi. Birinchi sinfga bolalar 

6-7 yoshdan qabul qilinadi.  

Umumiy  o’rta  ta’limda  bilimlarni  zarur  hajmi  beriladi.  Bolalarda  mustaqil 

fikrlash, tashkilotchilik kobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalari rivojlantiriladi. 

Kasbga yo’naltiradi, ta’limning navbatdagi bosqichiga yordam beradi. 

Iktisoslashtirilgan  maktablar  ham  tashkil  etilishi  va  bolalar  qobiliyati, 

iste’dodga ko’ra bunday maktablarda ta’lim olishi mumkin. 

O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi.  

Har bir yigit-qiz umumiy o’rta ta’limga ega bo’lgandan so’ng akademik lisey 

yoki  kasb-hunar  kollejida  o’qishni  ixtiyoriy  ravishda  tanlashi  mumkin.  Bu  ta’lim 

muassasalarida o’qish muddati uch yildan kam bo’lmaydi. 

Lisey  va  kollejlar  egallangan  kasb-hunar  bo’iicha  ishlash  xuquqini  beradi  va  

hamda  ish  yoki  ta’limni  navbatdagi  bosqichda  davom  ettirishi  uchun  asos 

bo’ladigan maxsus, kasb-hunar ta’lim beradi.  

Oliy ta’lim. Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 

Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar 

va oliy  maktabning  boshqa ta’lim  muassasalarida o’rta  maxsus, kasb-hunar ta’lim  

asosida amalga oshiriladi.  

Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriatura va magistraturaga ega. 

Bakalavriatura  -  oliy  ta’lim  yo’nalishlaridan  biri  bo’yicha  puxta  bilim 

beriladigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir. 

Magistratura  -  aniq  mutaxassislik  bo’yicha  bakalavriat  negizida  kamida  ikki 

yil davom etadigan oliy ta’limdir.  

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida olinadi. 

Oliy  o’quv  yurtidan  keyin  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  kadrlarga  

bo’lgan  ehtiyojga  karab  oliy  o’quv  yurti  va  ilmiy  tadqiqot  muassasalarida, 

ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi. 

Oliy  ta’limdan  so’ng  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash 

kasb bilimini va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi. 

Bolalar  va  o’smirlarning  bo’sh  vaqti  va  dam  olishini  tashkil  etish  uchun 

madaniy-estetik,  ilmiy-texnikaviy,  sport  va  boshqa  yo’nalishlarda  maktabdan 

tashqari  ta’lim  muassasalari  mavjud.  Bunday  maskanlarga  bolalar,  o’smirlar 

ijodiyoti saroylari, uylar, klublar va markazlar, sport maktablari, san’at maktablari, 

musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari kiradi 

va bu joylarda bolalar o’z ehtiyojlari va qiziqishlariga ko’ra shug’ullanadilar. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version  

www.pdffactory.com 

92  

  

Ta’lim  islohotlarida  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy 



qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi:  

-shaxs  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  subyekti  va  obyekti,  ta’lim 

sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 

-davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 

solish  va  nazorat  qilishning  amalga  oshiruvchi  kadrlar  tayyorlash  va  ularni  qabul 

qilib olishning kafillari;  

-uzluksiz  ta’lim  -  malakali  raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlashning  asosi 

bo’lib,  ta’limning  barcha  turlarini,  davlat  ta’lim  standartlarini,  kadrlar  tayyorlash 

tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhiti o’z ichiga oladi; 

-fan  -  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi, 

ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 

-ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, ularning tayyorgarlik sifati  va 

saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar 

tayyorlash  tizimini  moliya  va  moddiy-texnik  jihatidan  ta’minlash  jarayonining   

qatnashchisi.  

Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturida  intelektual,  ma’naviy-axloqiy  jihatdan  

tarbiyalash  bilan  bog’liq  bo’lgan  uzluksiz  ta’lim  tizimi  orqali  har  tomonlama 

barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi.  

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelida  fan,  jumladan,  pedagogika  fani,  ham 

yangi  fundamental  va  bilimlarni  shakllantirish  orqali  muhim  ilmiy  natijalarni 

jamlaydi.  Oliy  malakali  va  ilmiy  va  pedagogik  kadrlar  tayyorlashning  amalga 

oshirilishi,  ilg’or  pedagogik  texnologiyalarni  yaratish  va  o’zlashtirish  orqali  ilm-

fanning  ta’lim  amaliyoti  bilan  aloqasini  ta’minlashni  amalga  oshirish  ko’zda 

tutiladi,  ilg’or  axborot  va  tendensiya  texnologiyalarini  joriy  etish  mexanizmlarini 

ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.  

Mustaqillik  yillarida  pedagogika  sohasida  ham  yirik  tadqiqotlar  olib 

borilmoqda.  Pedagogika  va  psixologiya  fanlari  bo’yicha  doktorlik  dissertasiyasini 

himoya qilish uchun Ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat ko’rsatmoqda. 

Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti.  

Mustaqillik  yillarida  pedagogika  fanining  eng  dolzarb  muammolari  ustida 

doktorlik  dissertasiyalari  himoya  qilindi.  Chunonchi,  O.Musurmonova  «Yuqori 

sinf  o’quvchilarida  ma’naviy  madaniyatni  shakllantirishning  pedagogik  asoslari», 

S.Nishonova «Sharq Uyg’onish davri pedagogik  fikr taraqqiyotida barkamol inson 

tarbiyasi»,  U.Mahkamov      «Yuqori  sinf  o’quvchilarining  axloqiy  madaniyatini 

shakllantirish»,  M.Inomova  "Oilada  bolalarni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashning  

pedagogik asoslari" kabi doktorlik dissertasiyalari shular jumlasidandir. 

Hozirgi  paytda  Qori  Niyoziy  nomidagi  O’zbekiston  Pedagogika  fanlar  ilmiy 

tadqiqot  instituti,  hunar  ta’lim  ilmiy  tadqiqot  instituti,  Nizomiy  nomli  Toshkent 

Davlat  pedagogika  universiteti  yangi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitda  ta’lim  sohasi  

bo’yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.  

Hozirgi  davrda,  O’zbekistonning  mustaqil  taraqqiyoti  strategiyasi,  o’zbek 

xalqining  buyuk  davlat  barpo  etish  yo’lidagi  ezgu  orzu-umidlarini,  milliy  istiqlol  

mafkurasini  asl  mohiyatini  yoshlar  qalbiga  va  ongiga  singdirish  jarayoni 

PDF created with pdfFactory Pro trial version  

www.pdffactory.com 

93  

  

kechayotgan  bir  davrda  bu  muhim  ishni  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi» 



asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi.  

  

  



 Prezidentning quyidagi fikrlarini yod oling!  

Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir. 

Kelajakda  O’zbekiston  yuksak  darajada  taraqqiy  etgan  iqtisodi  bilangina 

emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil 

qilishi lozim.  

Har  qanday  millatning  ravnaqi,  umumbashariyat  tarixida  tutgan  o’rni, 

mavqyei  va  shuhrati  bevosita  o’z  farzandlarining  aqliy  va  jismoniy  yetukligiga 

bog’liqdir.  

Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir. 

Zero, istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan xoli bo’lgan, o’z bilimi 

va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi. 

  

2. Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni. Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi.



3. Rus pedagog olimlari va ularning pedagogik g‘oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta’limoti.

2- Topshiriq

Innovatsion texnologiyalar asosida ota-onalar yigilishi dasturini ishlab chiqing

3- Topshiriq



O’quv jarayonida Rezyme – texnologiyasining qo’llanilishi xaqida batafsil ma’lumot bering. Chizmalar asosida.
4-Topshiriq
Evropa mamlakatlarida ta’lim tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlili.Germaniya davlati ta’lim tizimining rivojlanish tarixi. Frantsiya ta’lim tizimining o’iga xos xususiyatlarimavzusida slayd taqdimot tayyorlang
Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling