Boshlangʻich taʼlim pedagogikasinig metadalogiyasi


Download 47.31 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi47.31 Kb.
#1744820
Bog'liq
BOSHLANGʻICH TAʼLIM PEDAGOGIKASINIG METADALOGIYASI


BOSHLANGʻICH TAʼLIM PEDAGOGIKASINIG METADALOGIYASI

“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fani o‘ziga xos metodologik asoslarga tayanadi.


“Metodologiya” tushunchasi lotincha bo‘lib, atama sifatida: 1) tadqiqot usullari majmuasini; 2) biror fanda qo‘llaniladigan usullar majmuini; 3) ilmiy bilish va taraqqiyotga xizmat qiladigan ta’limotlarni anglash ma’nolarini anglatadi. SHu jihatdan mazkur metodologiyaning asosiylarini quyidagilar tashkil etadi:

  • boshlang‘ich ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar;

  • boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti;

  • boshlang‘ich ta’limga oid SHarq va G‘arb pedagogik tajribalari;

  • boshlang‘ich ta’limga oid ilmiy tadqiqotlar.

Ushbu metodologik asoslarini bo‘lajak o‘qituvchilar aniq o‘zlashtirishi lozim.

  • boshlang‘ich ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bilim olish va kasb-hunar egallashga oid belgilab qo‘yilgan huquqlar;
b) O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi Qonuni (2020 yil 23 sentyabrь);
v) yagona “Milliy o‘quv dasturi”;
g) boshlang‘ich ta’lim davlat standartlari va davlat talablari;
d) boshlang‘ich ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda Farmoyishlari.

  • boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti; O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti quyidagilarga asoslanadi:

a) boshlang‘ich ta’limda bilim berish, tarbiyalash va o‘qitish asoslari;
b) boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha milliy tajriba;
v) boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha ilg‘or mamlakatlarning an’analari;
g) boshlang‘ich ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari.
Bo‘lajak o‘qituvchilar boshlang‘ich ta’limning mazkur nazariyasi va amaliyoti asoslarini o‘zlashtirishlari taqozo etiladi.
-boshlang‘ich ta’limga oid Sharq va G‘arb pedagogik tajribalari mazkur masala bo‘yicha Sharq va G‘arb pedagogik tajribalari o‘ziga xos tarzda mavjud. Unga ko‘ra, SHarq va G‘arb pedagogikasi tajribalari quyidagi uyg‘unlikka ega:
a) 6-7 yoshli o‘quvchilarga bepul boshlang‘ich ta’lim berish;
b) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilim olamiga olib kirish;
v) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini davr va jamiyat talablari asosida tarbiyalash;
g) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini keyingi ta’lim olishga tayyorlash.
Ayni paytda, Sharq boshlang‘ich ta’lim tajribasida quyidagi o‘ziga xosliklar mavjud:

  • Ustoz-shogird an’anasiga tayanish;

  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jamoaviy (o‘qituvchilar, murabbiylar, psixologlar, maktab jamoasi va ota-onalar ishtirokida) tarbiyalash;

  • boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini O‘zbekiston sharoitida Prezident va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tayyorlash;

  • boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini oila va milliy qadriyatlar asosida voyaga yetkazish.

G‘arb boshlang‘ich ta’lim tajribasida quyidagi o‘ziga xosliklar mavjud:

  • bolaga individual yondashish;

  • bolaning ijodiy layoqatlarini shakllantirish;

  • bolani mustaqil fikrlash va faoliyatga o‘rgatish;

  • bolaning kasb-hunar negizlari bilan dastlabki bosqichda tanishtirish.

Bizning yondashuvimizga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar boshlang‘ich ta’limga oid SHarq va G‘arb tajribalarini uyg‘un o‘zlashtirish kerak.

  • boshlang‘ich ta’limga oid ilmiy tadqiqotlar. O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga oid ilmiy-tadqiqotlar XX asrdan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori va Abdulla Avloniyning ilmiy ishlanmalavri, shuningdek, yuzlab o‘zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlari mavjud. Mazkur ilmiy tadqiqotlarda izchil ravishda quyidagi muammoldar o‘rganilib kelinmoqda:

a) boshlang‘ich ta’limning asoslari, funktsional vazifalari, metodlari va texnologiyalari;
b) boshlang‘ich singf o‘qituvchisiga qo‘yiladigan kasbiy talablar va ularning individual metodlari, texnologiyalarini ommalavshtirish;
v) boshlang‘ich ta’limga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish;
g) boshlang‘ich ta’lim samaradorligini monitoring qilib borish asoslari.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar boshlang‘ich ta’limga oid ilmiy tadqiqotlarning ana shu yo‘nalishlarini o‘zlashtirishi tavsiya etiladi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining metodlari. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”ning o‘ziga xos metodlari bo‘lib, ular umumpedagogik metodlar asosida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. O‘qitish metodlari:
- o‘qitish;
- o‘rgatish;
- tushuntirish;
- ko‘niktirish;
- bilim berish;
- savodxon qilish.
2. Tarbiya metodlari:
- shakllantirish;
- ko‘niktirish;
- moslashtirish;
- yo‘naltirish;
- odatlantirish.
3. Innovatsion metodlar:
- yangiliklarni o‘rganib borish;
- yangiliklarni boshlang‘ich ta’lim- tarbiya jarayoniga joriy etish;
- ta’lim va tarbiya jarayoniga yangicha yondashish;
- boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayoni bo‘yicha yangiliklar yaratish.
4. Integratsion metodlar:
- boshlang‘ich ta’limda uzviy bog‘liqlik;
- boshlang‘ich ta’limda hamkorlik;
- boshlang‘ich ta’limda teng manfaatdorlik;
- boshlang‘ich ta’limda samaradorlik.
5. Ilmiy-tadqiqot metodlari:
- tadqiq etish;
- tahlil qilish;
- kuzatish;
- monitoring;
- nazorat;
- qiyoslash va tipologiya.
6. Baholash metodlari:
- o‘zlashtirishni baholash;
- tarbiyalanganlikni baholash;
- savodxonlik darajasini baholash;
- ta’limiy – tarbiyaviy muhitni baholash;
- rag‘batlantirish.
Mazkur metodlar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” fanining negizini tashkil qiladi va bu fan ana shu metodlar asosida o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu metodlarni chuqur o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini o‘rganishi taqoza etiladi. SHu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mazkur metodlarni o‘z amaliy faoliyatida (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari amaliyoti jarayonida) qo‘llash bilan o‘zlashtirishi tavsiya etiladi.
Hozirgi kunda boshlang’ch maktab ta’limini integrasiya qilish haqida ko’p gapirilayapti. Bu tushunarli – kichik maktab o’quvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi.Uning uchcun tabiatshunoslik,rus tili, musiqa va boshqa o’quv predmetlarini nomi emas, balkiatrofdagi olam ob’yeklarining tovushlar, hajmlarning turli tumanligi mavjuddir.Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog’liqligini ko’rishga o’rgatishkerakligigni o’qituvchi sezadi,biladi.
Ta’limni integrasiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi.Agar kichik maktab ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirish etsa, integrasiyaning asosi qilib turli fanlarni o’rganish ob’yektlari bo’lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin.
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang’ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo’yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o’z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab o’quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarining bir necha tomondan ko’rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan , badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada ,biolog, so’z ustasi , rassom, musiqachi nuqta nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o’rnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga, tushunchalarga ko’p marotaba qaytishi , ularni chuqurlashtirish va boyitish , shu yoshga tushunarli bo’lgan bo’lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o’kazish tartibga ega bo’lgan , tarkibiga shu o’quv predmetiga tegishli bo’lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Integrasiya kursi - o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o'rganiladi. U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya ob'ektlari asosida tuzilgan.
Integrasiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida : maktab tabiiy- ilmiy tizimidagi vazifalari asosida: qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida integrasiya usullari va yo'llari asosida: o'quv rejasidagi o'rni asosida: kursni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni echish masalasini qo'yadilar, shu sabali kurslar ko'p maqsadli, turli vazifali bo'ladi.
Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni moxiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klasifikasiya).
1. Ko'p fanlar integrasiyasi.
Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu ananaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li b ilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar.
Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha dovom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgshan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi boshlang'ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi “tabiatshunoslik ”) kiradi.
2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar.
Keng integrasiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmity yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi.
Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular kiritilgani ko'riladi. Bir- biriga yaqin chegradosh fanlarning qatoriga malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.
3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar.
Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagokika, pedogogik texnologiya,pedogogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayoni o'rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqahayot jarayonlariga bog'liqligini o'rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informasiyani qayta ishlash: informasiyaning tuzilishi va xususiyatlarini uning shaxs shakllanishidagi o'rnini o'rganuvchi informatika inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo'nalish bo'lgan sistemalarning aloqalrini o'rganuvchi sinergetikaning qo'llanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni mazmuni shu fanlar ma'nosi va strukturasi asosida tuziladi.
4.Umumiy ilmiy tushunchlar, qonuniyatlar,nazariyalar asosidagi kurslar.Bu asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: “materiya”, “harakat”,”modda”, “maydon”, “energiya” va boshqalar ko'p ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarining ish faoliti tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg'u bilan qarash bo'ldi.
Nazariyalar orasidagi integrativ kurs yaratish uchun asos bo'lib asosiy tabiiy – ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e'tiborga oyiqki, bu asosda integrativ kurslar yaratishga urishlar ko'p bo'lgan bo'lsa ham, ular qovushmaganligi va ma'lum ketma-ketlikga , didaktik maqsadga ega eamsligi bilan ajralib turadi.
5. Fan evolyusiyasi bilan bog'liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtaiy nazardan o'rganish uslublarini, olmning ilmiy ko'rinishini o'rganish asosidagi kurslar.
Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo'llanuvchi materialning va o'qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo'q.
6. Kompleks ob'ektlar asosida.
Integrativ kurs yaratishga asos bo'lgan kompleks ob'ektlarga er, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo'la oladi. Bu kurslarning bir xil mavzularida bir ob'ekt turli fan nuqtai nazaridan ko'riladi.
Shu xildagi integrasiya o'tgan asrning yigirmanchi yillarida maorif tizimida qo'llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda aytish mumkinki qaytadan tug'ildi. Bizning nazarimizda, ma'lum hajmda u tabiiy fanlar ta'limiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
7. Turli muammolar asosida
Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko'p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy fanlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'llaniladi. Bu sinfdagi integrativ kurslar
( asosan ekologiya bilan bog'liq kurslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan.
Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta'limning rivojlanishi ham turtki bo'ldi.
Bu yo'nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma'naviyatining uzviy bog'liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta'sir ko'rsatadi deggan tasdiqlashni asos qilib olganlar.
Tabiiy fanlar asosini o'rganishda o'quvchilar kitob bilan ishlash,kuzatishlar olib borish, tajribalar o'tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish- turli o'quv - ta'lim ish faoliyati bilan to'qnashadilar. O'quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko'rinadi. U o'qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo'lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlrni o'qitishda, o'quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o'quv jvrvyoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlarni o'zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, o'zbek o'quvchilari chet ellik o'quvchilarga nisbatan ko'p ma'lumot o'zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar.
Ko'pchilik bunga sabab asosiy ko'nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko'p yillar davomida an'anaviy maktabda integrativ darslarga e'tibor berilmaganidadir?
Bu erda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari sanab o'tildi. Lekin o'quv fanlarini integrasiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham bo'lishi mumkin.
Davlat ta'lim standartini bajarish Uzbekistan Resnublikasi qududida faoliyat ko'rsatayotgan mulkchilik shakli va irodaviy bo'ysundirishdan qat'ny nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tayanch o'kuv rejasi davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo'lib, u ta'lim soqalarini ms'yorlashga xamda maktabning moliyaviy ta'minotini belgilashga asos bo'lgan davlat hujjatidir. Tayanch o'kuv rejasi o'kuv predmetn bo'yicha beriladigan ta'lim mazmunini o'kuvchiga egkazish uchun ajratilgan o'kuv soatlarining minimum hajmidagi mikdorini ifodalaydi. Bu kursning naqadar dolzarb ekanligi, erkin fikrlay oladigan kishigina jamiyatda o'z mavqeini to'la idrok kilingan yagona inson bo'ladi. Tarix kursining integrativligining muhim qismi arxeologii, etnografik, san'atshunoslik o'z ichida teranlikni belgilovchi muxim omildir. Umumta'lim maktablarida barcha fanlarning o'qitilishi bugungi kun o'smirlarimizning ijobiy munosabatlarini shakllantirishda yordam beradi.
Usmir yoshdagi o'quvchilarning shaxsi va ularning kamoloti muammosi taraqqiy etayotgan va o'z taraqqiyotida yuksak cho'qqiga intilayotgan jamiyat o'zi eng dolzarb masalalaridandir. Har bir o'quv fanining o'rganilishi berilgan
ta'lim, samarasi yuksak bo'lishi, bolalar erkin fikrlashni o'rganishi naqadar dolzarb ekanligi hech kimda shubha uyg'otmaydi. Erkin fikrlay oladigan kishigina jamiyatda o'z mavkeini to'la idrok qila oladi.
Bilimdonlikning muhim qismi insoniy demokratik munosabatlar tizimidagi teranlik esa shaxe takdiri va salohiyatini belgilovchi muxim omildir.
Pedagogika va ijtimoiy psixologiyada hayotimizning barcha soxalarida har bir o'smir shaxening insonlar guruhida o'zini erkin sezish va fikrlarini to'la-to'kis bayon etishiga o'rganuvchi usul sifatida xizmat qiladi.
Bugungi kunda o'smirlarimizning shaxslararo munosabatlari va ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni ma'lum bir darajada ularning shaxeidagi psixologik holatlarni o'zgartirish va ijobiy munosabatlarini shakllantirishda yordam beradi.
Maktab ta'limining sa'nat yo'nalishi mazmuni bolalarning ta'lim tarbiya olishiga, odamiylik sifatlarini qunt bilan singdirib borsalar ular etuk va barkamol, soglom, mustaqil fikrlovchi shaxe bo'lib etishadilar.
Har bir yosh davrning psixologik xususiyatlarini xisobga olgan holda tarbiyaga ta'sir o'tkazish insonda o'z vaktida o'zini anglashini vujudga keltiradi. Bolalarda axlok-odob, nafosat, do'stlik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o'spirin sohasidagi aql-idroki va usullari hayotiy tajribaning mevasi sifatida xalq pedagogika shaklida tartib topdi.
Har bir yosh davrning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta'sir o'tkazish bolada o'z vaktida o'zini anglashi vujudga keltiradi. Bolada o'zini anglash tuyg'usi qancha erta uyg'onsa, shaxeiy nuqtai nazar, o'z xuquqini his etish, o'zining akliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo'ladi.
Hozirgi vaktda hamma fanlar shu jumladan politexnik sikl har tomonlama talkin kilinar ekan, shu fanlarni chuqur o'rganish va uni ijtimoiy hayotni yaxshilashda foydalanish bugungi kunning dolzarb va kechiktirib bo'lmaydigan masalalaridan biridir.
Uzbekistondagi shu sohada kishilarning qarashlari, psixologik olimlarning olib borayotgan va olib borilishi rejalashtirilgan ilmiy-amaliy yunalishidagi barcha tadkiqotlarning qimmatli ahamiyati juda kattadir. Shuning bilan barcha yosh avlod ta'lim -tarbiyasining bugun va ertangi kun talablari uchun zarurdir.
Urta umumta'lim Sharq mutafikkirlarida ilg'or g'oyalar-yosh avlodni aqliy va jismoniy jihatdan etuk, ma'rifatli, bilim va hunarlarni egallagan, odob-axloq qoidalarini o'ziga mujassamlangan go'zal didli va zavqli qilib etishtirishdir. Avloddan avlodga og'zaki ijod va yozma adabiyotlar vositasida ommalashadi.
Yosh vlodni hayotga tayyorlashda ko'p aerlar davomida ko'llangan usul va vositalari tadbir va shakllar, o'ziga xos urf-odati va an'analari, tarbiya xaqida g'oyalari va hayotiy tajribasi xalk pedagogikada mujassamlangandir.
Ma'lumki, har bir xalq boshqa xalqlar bilan bog'liq xolda yaratilgan. Shu sababli ham ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotlari, urf -odatlarida, ana'nalarida o'xshashlik mavjud. Bu o'xshashlik ularning mehnat va nafosat tarbiyasida akliy va ahlokiy tarbiya usullarida yorqin ko'rinadi. Ular har hil ish turlarida kasb egalari bo'la oladilar. Bular quyidagi kasblardir: mexanizator, ta'mirlovchi-payvandchi, chorvador, dehkon, o'quvchilarni hozirgi zamon kasb-hunarga o'rgatuvchi, mehnatkash inson psixolgiyasini rivojlantiradi. Umumta'lim maktabning maqsad vazifasi mana shulardan iborat. Ijtimoiy hayotimizdagi inqilobiy o'zgarishlar, mustaqillik, xuqukiy davlat tizimiga intilish insonparvar psixologiya konuniyatlarini va ilmiy materiallarni o'rganish monitoringidan turmushda foydalanishni quyidagicha baxo beradi:
- talabalarni individuallik qiyofasida shakllantirish;
- ta'lim-tarbiyani, odamiylik sifatlarini qunt bilan singdira borish;
- tarbiyaviy jarayonning natijasi;
- keng bilim saviyasiga ega bo'lish, turli bilimlardan xabardor bo'lishi
- yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigenasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;
- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaxkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbi, soxasida jaxon fanida erishilgan yangi yutuk va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
- ta'lim va tarbiya metodikasini egallash;
- o'z ishiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnikani {mantiq, nutq, ta'limining ifodali vositalari) va pedagogik taktikaga ega bo'lish;
- o'qituvchiniing o'z bilimi va pedagogik maxoratni doimiy ravishda oshirib borishi xar bir o'kituvchi psixologik jixatdan ana shu talablar monitoringiga eng yuqori darajada moe keladigan bo'lishiga intilishi lozim
Zamonoviy o'kituvchi u o'quvchilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga sola olish, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizimlardan foydalanishini bilishi zarur. Jamiyat tomonidan ko'yilgan talablar bilan bir qatorda o'kituvchi o'z faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma'muriyati, xamkasblari, o'kuvchilar va ularning ota-onalarining undan nimalarni kutishni ham esdan chiqarmasligi lozim.
O'quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqarish va uni amalga oshirish qobiliyati etarli darajada bo'lishi lozimdir. Psixologik xususiyatlarning turlari hakida
Hozirga qadar boshlang’ich ta’lim pedagogikasi sohalari chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabdagi davr, kichik maktab, o'spirinlik, yoshlik, etuklik, keksalik davri bo'yicha bebaho ilmiy - amaliy ma'lumotlar to'plangan. Endi asosiy vazifa ana shu ma'lumotlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ko'llashdan iborat. Odamga chaqalokligidan keksalik davrigacha uning ichki imkoniyati, mayli, iktidori, aql-zakovati, qiziqishi, irodasi, his-tuyg'usi, diqqati va bilim jarayonlarining xususiyatiga ko'ra individual munosabatda bo'lishi bunga pedagogik - psixologik ta'limning talabalarga integrasiya moslashuv orqali kelib chiqqan holda ish olib borish maksadga muvofiqdir.
Download 47.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling