Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi
Download 14.61 Kb.
|
TAVSIYANOMA (1) (2)
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi 5-bosqich 18-8 guruh talabasi Akramova Sevdo Ikrom qizi Toshkent viloyati Bo’stonliq shahri 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tgan Pedagogik amaliyot davri bo‘yicha TAVSIFNOMA Akramova Sevdo Ikrom qizi 2022-yilning 17-noyabrdan 2023-yil 18- martga qadar Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani 13-maktabida pedagogik amaliyot davrini o‘tadi. Pedagogik amaliyot davrida talaba Akramova Sevdo Ikrom qizi 1-4 sinflarga (1-3 sinflarga Tasviriy san’at, 4-sinfning tarbiya faniga) biriktirildi. Akramova Sevdo Ikrom qizi pedagogik amaliyotning dastlabki ikki haftasida dars tahlili bilan tanishdi. O‘ziga biriktirilgan Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilrabo Ismatova bilan hamkorlikda ish olib borishdi. Davlat ta’lim standartlari, calendar reja bilan tanishib, o‘quvchilarga “Tasviriy san’at” fanidan dars olib bordi. Darsda turli xil pedagogik metodlardan foydalanadi. Shu qisqa davrda o‘quvchilar bilan til topisha oldi. Tasviriy san’at fanidan ko‘rgazmali vositalardan foydalanib dars olib bordi. Har bir darsga puxta tayyorlanib kelib, qiziqarli dars o‘tdi va darsdan tashqari tashkiliy ishlarda faol qatnashdi. Tumanimizdagi barcha maktab o’qituvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Besh tashabbus” ko’rik tanlovining “Stol tennis” sport turi bo’yicha ishtirok etib, faxrli “2-o’rin”ni egalladi. Maktabda o‘tkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etdi. O‘zi ham darso‘tadigan sinflarida ham ochiq darslar o‘tkazdi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilrabo Ismatova bilan birgalikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida Tasviriy san’at faniga qiziqishlarini oshirish maqsadida ko‘plab rasmlar tanlovi tashkil etdi va ishtirok etdi. Maktab rahbari _____________________ _________ O‘TIBDO‘ _________________________ _________ Amaliyot rahbari ____________________ __________ Download 14.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling