Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti
Download 212.59 Kb.
|
1 2
Bog'liqpedagogik texnika va murabbiylik shartlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM KIRISH 1. PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA 2. PEDAGOGIK TEXNIKA HUSUSIYATLARI 3. MURABBIYLIK SHARTLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH FAKULTETI 18-8-GURUH TALABASI AKRAMOVA SEVDO IKROM QIZINING PEDAGOGIK MAHORAT FANIDAN PEDAGOGIK TEXNIKA VA MURABBIYLIK SHARTLARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI REJA: ASOSIY QISM KIRISH 1. PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA 2. PEDAGOGIK TEXNIKA HUSUSIYATLARI 3. MURABBIYLIK SHARTLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O’qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo’lishi uchun zarur bo’lgan qobilyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malaksi, tashkilotchilik, kelajakni ko’ra bilish, diqqatni taqsimlay olish, vaziyatni to’g’ri baholash, yuzaga kelishi ehtimoli bo’lgan har qanday ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi. Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – bu awalo, o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasi va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg'usini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o'tkazishi, hozirjavoblik psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir. Pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqi} fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo'ladi: • ta’lim-tarbiya jarayonida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi, (miraika, pantomimika); • ta’lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyolini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik; • mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi; • nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish. nutq tempi) bilishi va o‘z o'mida qo‘Ilay olishi. Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonning texnologik tomonini qamrab oladi: •o'qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari; •ma ’lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablaming bajarilishini nazorat qilishi; • ta’lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog'liq bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi; •o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi. Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi. Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo- ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabi qobiliyatiarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o‘qituvchj kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi. Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bogliq. O‘qituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika malakalarini shakllantirish muammolari, ayniqsa, psixolog olimlaming tadqiqot markazidan o‘rin olgan. Download 212.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling