Boshlang`ich ta`limda innovatsion o’qitishda o’quvchilar diqqatini rivojlantirishning xorijiy tajribalari abdiyeva Turg‘unoy Saydullayevna – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2-kurs magistranti


Download 17.34 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi17.34 Kb.
#1038813
  1   2
Bog'liq
Абдиева Тургуной


BOSHLANG`ICH TA`LIMDA INNOVATSION O’QITISHDA O’QUVCHILAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBALARI
Abdiyeva Turg‘unoy Saydullayevna – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2-kurs magistranti,
Berdiyev Sunnatulla Ismatullayevich - Denov tumanidagi 28-maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur tezisda innovatsion o’qitishda o’quvchilar diqqatini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritib berilgan. Bunda xorijiy tajribalarning o`rni haqida ham so`z boradi.
Kalit so’zlar: diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat, kuchli diqqat


Kirish. O’quv jarayonida bolaga har bir daqiqada juda ko’p omillar ta'sir etib turadi. Lekin, o’quvchiga ta'sir etayotgan bu omillarning hammasi bir xil aniqlikda aks etmaydi. Ulardan ayrimlari aniq, yaqqol aks etsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks etadi, yoki umuman aks etmaydi. Bu esa ana shu bolaga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Shuning uchun o’quvchi diqqati qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi.
O’quvchi o’quv faoliyatining sifatini ta’minlaydigan eng asosiy vositalardan biri diqqatdir. O’z faoliyatining samaradorligini oshirish uchun har bir pedagog diqqat haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishi kerak. Quyida diqqat haqidagi nazariy tushunchalar umumiy shaklda o’z aksini topgan
Diqqat deb - ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga faol qaratilishiga aytiladi. Diqqat shunday muhim jarayonki, u odamning barcha faoliyatida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi", degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. Haqiqatdan, ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Shu sabab diqqat psixik jarayonlarning sifatini ta’minlovchi vosita hisoblanadi.
Bola o’quv faoliyatiga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Diqqatning sirtqi, ya'ni tashqi alomatlari quyidagicha ifodalanadi.

Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling