Boshqaruvni qarorlarini qabul qilish


Download 18.65 Kb.
bet1/5
Sana21.02.2023
Hajmi18.65 Kb.
#1219143
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish 2


Boshqaruvni qarorlarini qabul qilish.

Korxonalar iqtisodiy faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni alohida o'rin tutadi, u yuqori malaka va amaliy tajribaga ega bo'lishni talab qiladi.


Boshqaruv qarorlari qabul qilish korxona oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalami aniqlashdan boshlanadi.
Boshqaruv qarorlari amal qilish davriga ko'ra strategik (uzoq muddatli) va qisqa muddatli qarorlarga bo'linadi.
Strategik boshqaruv qarorlari korxonaning oldiga qo'ygan maqsadiga erishishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur qarorlar korxona rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlantirish dasturlarini am alga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Qisqa muddatli qarorlar qo'yilgan maqsadga erishishda qabul qilinadigan tezkor qarorlardir. Ular korxonaning joriy rejalarini tuzish, kadrlar masalasini hal qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga bir qancha talablar qo'yiladi. Bu talablar boshqaruv qarorlarining ishonchliligini ta'minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish zamrati bilan izohlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga quyidagi talablar qo'yiladi:
- aniq yo'nalishga ega bo'lishi va korxona manfaatlarini to'liq ifoda etishi. Bunda boshqamv qarorlarining korxona oldida turgan maqsad va vazifalami amalga oshirishga hamda uning foydasini oshirishga yo'naltirilishi nazarda tutiladi;
- ilmiy-amaliy Jihatdan asoslanishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyati tahlili natijalari, uning iqtisodiy imkoniyatlari hamda zamonaviy fan-texnika yutuqlarini to'liq hisobga olish zarur;
- aniq muddatlarda qabul qilinishi va amalga oshirilishi. Boshqaruv qarorlarini amalga oshirish davri belgilab olinishi lozim. Bu holat uni o'z ,vaqtida va oqilona bajarilishini nazorat qilishga ko' maklashadi;
- tezkor bo 'lishi. Boshqamv qarorlari bozor talablari va korxona moliyaviy xo'jalik faoliyatidagi o'zgarishlardan kelib, chiqib zarur hollarda tezkor qabul qilinishi zarur;
- yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo 'lishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda unumsiz va ortiqcha xarajatlarni rejalashtirilishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabuJ qilishda xodimlar manfaatlarini korxonaning umumiy manfaatiga mos bo'lishi, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish, korxonaning iqtisodiy, texnikaviy salohiyatini tahlil etish kabi jihatlarga ham alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Bu hol esa o'z navbatida korxonalardan boshqarishni bozor iqtisodiyotiga mos mexanizmlarini shakllantirishni talab etadi. Ushbu mexanizrnlar korxonalarning yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko'rsatishi, bozorda barqaror mavqcga ega bo'lishini va mahsulotiarining raqobatbardosh bo'lishini ta'minlashi zarur. Bu masalalarni hozirgi zamon menejmentisiz hal etish murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalarni rivojlantirishda zamonaviy menejrnentning mazrnun va rnohiyati, vazifalariga batafsilroq to'xtalish maqsadga muvofiqdir.

Boshqaruv hisobida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda mavjud muammolar yechimiga ko'p variantlilik tamoyili asosida yondashish talab qilinadi. Bunda muhokama qilinayotgan masalaning ikki yoki undan ortiq variantdagi yechimi mavjud bo'lsa, ular orasida eng maqbulini taniab olish boshqaruv hisobidagi muhim vazifalarda hisoblanadi. Menejer uchun tanlash jarayonida boshqaruv samaradorligini baholash muhim hisoblanadi.


Qo'yilgan muammoni yechish uchun talab qilinadigan barcha axborotlar olingach, menejerlar qarorlar qabul qilishning samarali variantlarini tanlashlari mumkin. Keyingi bosqichda korxona buxgalteri qabul qilingan qarorlar natijalarini tahlil qiladi va o'z xulosalarini rahbariyatga taqdim etadi. Agar mavjud muammolarning yechimlarini topish borasida boshqa choralar ko'rish zarurati bo'lmasa, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni tugallangan hisoblanadi, aks holda barcha bosqichlar qaytadan amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday ish lab chiqarish korxonasining rahbari turii xiI oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishga majbur bo'ladi.
Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda» (Cost -VolumeProfit) o'zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar uchlln muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlar va masiahatchilar korxona moliyaviy natijasini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim tavsiyalar berishlari mumkin.

Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling