Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish

Download 57.73 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi57.73 Kb.
#1729038
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu.Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish

Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish

REJA:

1.Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish

2.Vaqtli nashrlar

3. Davomli nashrlar

Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish

Nashrlar qurilishiga ko‘ra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga, belgisiga ko‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo‘linadi. Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining xarakteridir. Bunga ko‘ra nodavriy (bir martalik), vaqtli va davomli nashrga bo‘linadi. Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi, zarur bo‘lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda, albatta, qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. Qayta nashrda u muallif tomonidan to‘ldirilishi, qisqartirilishi, tuzatilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va bu, albatta, ko‘rsatiladi. Bungakitob,risola,varaqalarkiradi.

Kitob—48 sahifadan ortiq bo‘lgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bo‘lgan matnli nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda bo‘ladi. Vaqtli bo‘lmagan nashr bir jildlik yoki bir necha jildlik bo‘ladi. Ko‘p jildlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yo‘nalishga, bir xil poligrafik bezatilishga ega bo‘lgan bir necha kitobdan iborat bo‘ladi. Vaqtli nashrlar — gazeta, jurnal, to‘plam va bulletenlar bo‘lib, ularning xususiyati nashrdan chiqishda ma’lum bir tartibda ketma-ketlikka egaligidir.

„Periodika“ — vaqtli so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, yana boshlangan, qaytayotgan degan ma’noni anglatadi. Davomli nashrlar — to‘plangan materialning hajmiga ko‘ra muntazam bo‘lmagan tartib raqamiga ega bo‘ladi. Unda biror- bir tashkilot yoki muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid ma’ruzalar, xabarlar, maqola va boshqa materiallar beriladi. Davomli nashrlar, asosan, „Ilmiy ishlar“, „Ishlar“, „Ilmiy xabarlar“, „Xabarlar“ kabi umumiy nomlar bilan chiqariladi.Har biri alohida tartib raqamiga ega bo‘ladi. Masalan, Madaniyat instituti ilmiy ishlar to‘plami har yili nashr etiladi va ular soni30 taga yetdi. Davriy nashrlar ma’lum bir davrda chiqish raqami bilan chiqariladi. Ana shunday nashrlardan biri — „Qizil kitob“ yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfida bo‘lgan noyob o‘simlik va hayvon turlarini qayd etib boruvchi va ular haqida ma’lumot beruvchi ma’lumotnoma xarakteridagi davlat hujjati. Unda avval o‘simlik yoki hayvon haqida ma’lumot beriladi, yo‘qolib borishiga sabab va omillar haqida, yo‘qolishining oldini olish uchun tavsiyalarberiladi.

Download 57.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling