Klassifikatsiya jarayoni reja Klassifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari
Download 178 Kb.
|
1 2
Bog'liqKLASSIFIKATSIYA JARAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassifikatsiya jarayoni. Mineral zarrachalarning suvda va havoda tushish tezligini belgilovchi qonunlar Gidravlik tasniflash
KLASSIFIKATSIYA JARAYONI Reja 1. Klassifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari 2. Gidravlik klassifikatsiya jarayoni. Gidravlik klassifikatorlar 3. Mexanik (spiralli) klassifikatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi Klassifikatsiya jarayoni. Mineral zarrachalarning suvda va havoda tushish tezligini belgilovchi qonunlar Gidravlik tasniflash deb har xil o`lchamdagi, shakldagi va zichlikdagi mayda zarrachalar aralashmasini suv oqimida cho`kish tezligiga qarab sinflarga ajratishga aytiladi. Gidravlik tasniflashning maqsadi, xuddi g’alvirlash singari aniq o`lcham diapazonidagi zarrachalar sinfini olishdan iborat. Gidravlik tasniflashning galvirlashdan farqi shundaki, gidravlik tasniflash natijasida olingan har bir sinfda suvda tushish tezligi bir xil bo`lgan yengil mahsulotning yirik zarralari va og’ir minerallarning mayda zarralari bir vaqtning o`zida mavjud bo`ladi. Gidravlik tasniflashga yuboriladigan mahsulotning o`lchami rudalar uchun 3-4 mm, ko`mir uchun 13 mm dan oshmasligi lozim. Gidravlik tasniflash mustaqil, tayyorlovchi yoki yordamchi jarayon ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gidravlik tasniflash donador mahsulotni loy va loyqadan yuvishda, marganets, volfram, rudalari va boshqa sochma kon rudalarini dezintegratsiyalashdan so`ng qo`llanilganda mustaqil jarayon sifatida keladi. Turli sinfdagi mahsulotni alohida boyitish zarurati tug’ilganda (masalan, gravitatsiya usulida boyitishda) gidravlik tasniflash tayyorlovchi jarayon sifatida, rudalarni yanchish sxemalarida yanchilgan mahsulotdan oxirigacha yanchilmagan donador zarralarni ajratib olishda (oxirigacha yanchish maqsadida) esa yordamchi jarayon sifatida ishlatiladi. Gidravlik tasniflashning nazariy asoslari mineral zarrachalarning suvda tushish qonuniyatiga asoslangan. Zarrachalarning muhitda tushish tezligi ularning o`lchamiga, shakliga, zichliga va muhitning zichligiga bog’liq. Yuqori zichlikka ega bo`lgan yirik zarralar kichik zichlikka ega bo`lgan mayda zarrachalarga nisbatan tezroq tushadi. Ammo katta zichlikka ega bo`lgan yirik zarrachaning shakli yassi ko`rinishga ega bo`lsa, uning tushish tezligi sezilarli darajada kamayishi mumkin, chunki bu holda muhitning qarshiligi ortadi. Muhit qarshiligining ikki asosiy turi mavjud: dinamikalik va qovushqoqlilik. Gidravlik tasniflashda zarrachalarning tushish tezligiga har ikki turdagi qarshilik ta`sir qiladi, biroq turli xil zarralarning tushishida ularning namoyon bo`lish darajasi bir xil bo`lmaydi. Katta zarralar yuqori tezlikda tushganda, dinamik qarshilik kuchayadi va kichik zarralar tushganda esa qovushqoqlik ustunlik qiladi. O`lchami 1 mm dan katta zarralarning suvda oxirgi tushish tezligi , m/s, Rittinger formulasi bilan aniqlash mumkin: , (1.1) bu yerda, R - son omili (koeffitsient) (suv uchun R = 0,16, havo uchun R = 4.6); d – sharsimon zarraning diametri, m; δ – zarraning zichligi, kg/m3. O`lchami 0,1 mm dan kichik zarralar uchun suvda oxirgi tushish tezligi υo, m/s, Stoks formulasi bilan aniqlanadi: , (1.2) bu yerda, S - son omili (koeffitsient) (suv uchun S = 545, havo uchun S = 30278). O`rtacha kattalikdagi zarrachalarning (0,1-1 mm) oxirgi tushish tezligini aniqlash uchun Allen formulasi qo`llaniladi: , (1.3) bu yerda, A - son omili (koeffitsient) (suv uchun A = 1,146, havo uchun A = 40,6). (1.1) - (1.3) formulalar orqali hisoblangan shar shaklidagi zarrachalarning suvda oxirgi tushish tezligi haqiqiy hisoblanadi, chunki yanchishdan so`ng gidravlik tasniflashga yuboriladigan barcha mineral zarrachalar yapaloq, burchakli, uzun bo`yli, yumaloq va boshqa shakllarga ega bo`ladi. Shar shaklidagi zarrachalarning suyuq muhitda oxirgi tushish tezligini Reynolds soni bo`yicha aniqlashning universal usuli qo`llashni P.V. Lyashchenko tomonidan taklif qilingan. Bu usul istalgan suyuq muhit uchun qarshilikning ikkala turini ham hisobga oladi. Download 178 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling