Botanika va o’simliklar fiziologiyasi 1-bosqich magistranti qurbonov Otabek Abdurasul o’g’lining


Download 13.67 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.67 Kb.
#1589731
Bog'liq
1-semestr hisobot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO`LIMI 70510101-BIOLOGIYA
(botanika va o’simliklar fiziologiyasi)
1-BOSQICH MAGISTRANTI
Qurbonov Otabek Abdurasul o’g’lining
2021/2022 O’QUV YILI 1- SEMESTRI DAVOMIDA
ILMIY PEDAGOGIK ISHLARNING YAKUNI BO’YICHA
HISOBOTI

TERMIZ – 2022

I. O’QUV METODIK ISHLAR
1.1. 2021-2022-o’quv yili 1-semestr mobaynida o’quv rejada belgilangan “Bioxilma-xillik”, “Ilmiy tadqiqot metadalogiyasi”, “Biostatistika ”, “Biologiyaning dolzarb muammolari” fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, semester bo’yicha “4” baholarga o’zlashtirdim.
1.2. Shaxsiy ish rejada rejalashtirilgan ishlar ijrosi bo’yicha kafedraga har oyda bajargan ishlarim bo’yicha hisobot berib bordim.
II. ILMIY TADQIQOT ISHLARI
2.1. 2021-2022-o`quv yili 1-semestrda kafedraning ilmiy va innovatsion tadqiqotlar, xo’jalik ishlarida ishtirok etish rejalarida faol ishtirok etdim.
2.2. Tasdiqlangan grafik asosida 1-semestr mobaynida ilmiy seminarlarda dissertatsiya mavzuyim bo’yicha 1- marta (yig’ilgan ma’lumotlar bo’yicha) ma’ruza bilan ishtirok etganman. 2-kurs magistrlar dissertatsiya ishlarining bajarilishi bo’yicha ilmiy seminarda ishtirok etdim.
2.3.Kafedra qoshidagi “yosh botaniklar” ilmiy to’garagi faoliyatida ishtirok etdim. Jumladan, 2022-yil yanvar-fevral oylarida dissertatsiya mavzularida ilmiy seminarda ma’ruza qildim.
III. ILMIY-PEDAGOGIK ISHLAR
3.1. “Botanika” fani bo’yicha o’quv jarayonlarini tashkil etishga bog’liq meyoriy hujjatlar, jumladan, DTS 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu fan bo’yicha o’quv reja oliy Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2021-yil 28-avgustda tasdiqlangan, fan dasturi esa 2021-yil 30-avgustda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan. Ishchi o’quv reja esa TerDU rektorati tomonidan 2021-yilda tasdiqlangan.
3.2. 2021-2022-o‘quv yili 1-semestr mobaynida “Botanika” kafedrasi professor o’qituvchilaridan dots.Sattarov A, dots.Xayitova Sh, Sharipov A, dots.Begmatov. A larning darslariga kirib, dars o’tish mahoratlarini o’rgandim va ilmiy rahbarimning dars o’tish bo’yicha tahliliy fikrlarini, takliflarini o’rganib chiqdim (12 ta dars tahlili bo’yicha xulosa ilova qilinadi)
3.3. Fanlar bo’yicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va kafedrada tayyorlanadigan o’quv uslubiy adabiyotlar hamda to’plamlarni tayyorlashda ilmiy rahbar tavsiyasi asosida ishtirok etdim.
3.4. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarni ilmiy rahbar bilan birgalikda amalga oshirdik.
IV. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH
4.1. Dissertatsiya mavzuyim “Sangardak-to’polang botanik – geografik rayonida tarqalgan madaniy o’simliklarning yovvoyi ajdodlari” deb nomlanadi va 1-semestr mobaynida 1 va 2-boblarni yakunlash shaxsiy ish rejamda rejalashtirilgan. Bu borada belgilangan grafik asosida ilmiy seminarlarda har bir paragrafni muhokamadan o’tkazdim va belgilangan tartibda rasmiylashtirishni amalga oshiryapman. Fevral oyi yakunida ilmiy rahbarim PhD. Abduraimov O. boshchiligida dissertatsiya mavzusi metodlari bilan yaqindan tanishdim va amaliy ko’rsatmalar oldim. Semestr davomida laboratoriya sharoitida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordik va davom etyapmiz.
1-semestr yakunida shaxsiy ish reja bo’yicha 1-bobini yozib tugatdim.
Magistrant: Qurbonov Otabek
Download 13.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling