Bozor iqtisodiyotining afzalligi va kamchiliklari. Bozor iqtisodiyoti


Download 30.7 Kb.
bet1/6
Sana25.04.2023
Hajmi30.7 Kb.
#1399022
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisod nazariyasi


Bozor iqtisodiyotining afzalligi va kamchiliklari."
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.


3 Bozor iqtisodiyoti – bu xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiyotdir. Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`molchilik sohasini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo`jaliklari resurslarni yetqazib beruvchi va ishlab chiqaruvchi ham hisoblanadi. Davlat – iqtisodiy resurslar va tovarlar iste`molchisi hamda ijtimoiy iste`mol xarakteridagi ne`matlar bilan ta` minlovchi hisoblanadi. Korxona yoki tadbirkorlik sektori - iqtisodiy resurslarning iste`molchisi, iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini va tovar (xizmat)larning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bozor xo`jaligi subyektlari
7 Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste`molchi (xaridor) ni bir – biri bog`laydigan, ayriboshlash jarayonida xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalardir. Bozor vazifalari Ishlab chiqaruvchi, resurs egalari va iste`molchilarni bog`lash asosida tovarlar, xizmatlar hamda iqtisodiy resurslarning ayriboshlanishi ta`minlash. Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam berish. Iqtisodiy resurslarni tarmoqlar, sohalar va korxonalar o`rtasida taqsimlash hamda qayta taqsimlash. Iqtisodiyotni tartibga solib turish. 3. Bozor vazifalari va turlari.


4 Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining tabiati taqozo qiladigan, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg`unlashtirishga qaratilgan iqtisodiy dastak hamda vositalardir. Bozor mexanizmi Bahotaklif Raqobat Talab Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari: Xususiy mulk ustuvorligi. Tadbirkorlik va tanlash usullari. Iqtisodiy manfaatlarning rag`batlantirilishi. Davlatning cheklangan roli. Barcha iqtisodiy tizimlarga xos va bozor iqtisodiyotida ham mavjud bo`lgan belgilar: Ilg`or texnologiya va yangi texnikadan keng miqyosda foydalanish. Ishlab chiqarishning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi. Pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarning qo`llanilishi.

5 2. Bozor iqtisodiyotining asosiy muammolari. 1. Nima ishlab chiqarish zarur ? 2. Qanday ishlab chiqarish zarur ? 3. Qancha ishlab chiqarish zarur ? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. Yangi texnika va texnologiya asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur. Iqtisodiy resurslar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqari-ladi. 4.Kim uchun ishlab chiqarish zarur ? Aholining alohida tabaqalari(yuqori, o`rta va kam ta`minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashlik qilinadi. Muammolar Yechimlar
6 Kamchiliklari: Raqobatning kuchsizlanishiga yo`l qo`yadi (korxonalarning qo`shilib ketishi, monopol tizimlarning vujudga kelishi) Ijtimoiy iste`mol xarakteridagi tovarlar bilan ta`minlash layoqatiga ega emas. Daromadlar tengsizligining kuchayishiga va aholining mulkiy tabaqalanishiga olib keladi. Tovarlar hajmi va pul massasi o`rtasidagi ro`y berib turadigan nomuvofiqliklarni bartaraf eta olmaydi. Ish haqi bilan narxlar darajasi muqobilligini ta`minlay olmaydi. Afzalliklari Resurslarni samarali taqsimlaydi. Erkinlikni ta`minlaydi. Iqtisodiy faollikni rag`batlantiradi.


8 Bozorning turkumlanish mezonlari I. Ayriboshlashga chiqarilgan oldi -sotdi obyektining turiga ko`ra Iste`mol tovarlari va xizmatlari bozori (oziq –ovqat va nooziq ovqat tovarlari hamda xizmatlar bozori). Ishlab chiqarish omillari bozori (ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar hamda ishchi kuchi bozori). Ko`chmas mulk bozori (yer va uy –joy bozori). Moliya bozori (qarz majburiyatlari, kapital va valuta bozori). Intellektual tovarlar va nou xau bozori. II. Raqobatning yetuklilik darajasi yoki bozor subyektlarning mavqeiga ko`ra Sof raqobatli bozor. Sof monopolistik bozor. Monopolistik raqobatli bozor. Oligopolistik bozor. III. Hududiy qamrov darajasiga ko`ra Mahalliy bozorlar. Milliy bozorlar. Jahon bozori. IV. Savdo bitimlarini amalga oshirilish tartibiga ko`ra Chakana savdo bozorlari. Ulgurji savdo bozorlari. V. Mulk shakllariga ko`ra Davlat savdosi. Kooperativ savdo. Dehqon bozori.

9 Moliya bozorining tuzilishi Moliya bozori Qarz majburiyatlari bozori (iste`molni qondiradigan pul) Valuta bozori Kapital (mulk) bozori Ssuda kapitali bozori Qimmatli qog`ozlar bozori Qarz majburiyatlari bozorida olingan pul shaxsiy iste`mol uchun ishlatiladi. Kapital bozorida qo`yilgan puldan daromad olishi huquqi sotiladi va sotib olinadi. Qimmatli qog`ozlarning birlamchi bozorida ularning yangidan chiqarilgan nusxalari sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorida oldin chiqarilganlari harakatda bo`ladi.

10 Mehnat birjasining vazifalari: Ishsizlarni ro`yxatga olish. Ishsizlarni mos o`rinlarda ish bilan ta`minlash. Ish bilan ta`minlanganlarni qayta o`qitish va yangi kasbga tayorlash. Ishsizliklarni ijtimoiy himoyalash. Bozor segmenti – bu bozorni alohida belgilariga qarab bo`g`inlarga ajratish. Unga ikkita sabab asos bo`ladi: Iste`molchilarning ijtimoiy – iqtisodiy jihatidan tabaqalanishi natijadasida ular talabining o`zaro farqlanishi. Alohida tovar ishlab chiqarishning tabaqalanishi. Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari: I. Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya`ni to`lovga layoqatliligi. II.Hududiy va ijtimoiy demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, zichligi, tabiiy va iqlim sharoiti va h. k.).

11 Bozor infratuzilmasining turkumlanishi: I. Ishlab chiqarish tipidagi muassasalar: ombor xo`jaligi,saqlash va uzatish moslamalari, transport hamda aloqa xizmati. II.Ayriboshlash jarayoniga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: tijorat do`konlari, savdo uylari, supermarketlar, savdo agentliklari,birjalar, auksionlar va boshqa savdo –sotiq muassasalari. III.Moliya kredit munossabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar: kredit – bank muassasalari, sug`urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari. IV. Ijtimoiy sohaga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar: uy –joy va kommunal xizmati idoralari, mehnat birjasi va agentliklari. V. Axborot xizmati idoralari: auditorlik firmalari, huquqiy masla- hatnomalar, axborot agentliklari. 4. Bozor infratuzilmasi va uning usullari. Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o`rnatish ularning bir maromda amal qilishini ta`minlashga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar.

12 Universal birjalar – har xil tovarlar bilan savdo –sotiq qiladi. Ixtisoslashgan birjalarda – ayrim turdagi yoki bir guruhga kiruvchi tovarlar sotiladi. Tovar birjasi – namuna yoki andozalar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo – sotiq ishlarini o`tkazuvchi tijorat muassasasi. Broker (makler) lar – bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi –sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firmalar. Auksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo`lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasi. Auditorlik firmalari – korxonalarning moliyaviy – xojalik faoliyatini tekshirib va ular hisobotini ekspertizadan o`tkazib beruvchi mustaqil axborot xizmati muassasalaridir. Savdo firmalari – tijorat ishini yurituvchi ulgurji va chakana savdo korxonalaridir. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o`z mulkiga sotib olib, keyin iste`molchilarga sotadi. Chakana savdo korxonalari mustaqil do`konlar, maxsus savdo shaxobchalari va supermarketlardan iborat bo`ladi.

13 E`tiboringiz uchun raxmat !

Download 30.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling