Bu haqda anchadan beri aytgim keladi, ammo o’zimga ma’qul bir usul topmadim


Download 13.76 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi13.76 Kb.
#1098075
Bog'liq
Aytmasam


Aytmasam
Bu haqda anchadan beri aytgim keladi, ammo o’zimga ma’qul bir usul topmadim. Chunki men yozuvchilikka da’vosi yo’q, lekin yozmasa ham turolmaydigan, ichini o’sha yozilishi kerak bo’lgan narsadan tozalamaguncha tinib-tinchimaydiganlar xilidan bo’lsam kerak. Shuning uchun o’qiyotganlaringizni biror bir badiiy parcha deb o’ylamang. Shunchaki, aytilishi lozim bo’lgan gaplarni og’zaki holda eplab aytolmaydigan, yozsa o’zini o’zi yaxshiroq oshkor qila oladigan insonning qoralamalari deb hisoblaganingiz ma’qul.
Dastlab bu to’g’risida uzoq o’ylab yurdim, o’ylarimni birovlarga aytsam oxirigacha o’zimni anglata olmayotgandek tuyuldi menga, so’ng bu o’ylarim tushlarimgacha bostirib kirdi. Men bundan aslo qutulmoqchi yoki unutmoqchi emasman, aksincha, bu haqda qancha o’ylasam, shuncha rohat tuydim, qancha uzoqlashsam, o’zimni ich-ichdan koyidim va nihoyat sizga ham ulashgim keldi. Miyamiz shunday tuzilganki, u to’xtovsiz biror narsani tinimsiz o’ylaydi, tahlil qiladi, takrorlaydi, oddiy “dehqonchasiga aytganda”, hammaning o’z o’yi bor, “hozir birovning dardini eshitadigan zamonmas”, deyishadi dunyo tashvishini gardaniga olganlar.
Download 13.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling