Bugungi kunda shaharda qotillik, zo‘rlash kabi og‘ir jinoyatlar soni kamaygan, lekin firibgarliklar soni oshgan


Download 18.42 Kb.
Sana11.08.2023
Hajmi18.42 Kb.
#1666323
Bog'liq
Документ Microsoft Word


So‘nggi vaqtlarda firibgarlik, tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlar ortgani sir emas. Oxirgi 4 yilda ushbu jinoyat bilan bog‘liq bir nechta shov-shuvli ishlar OAV orqali yoritildi. «Ahmadboy ishi», «Human» va boshqa qator xususiy bandlik agentliklari bilan bog‘liq ishlar shular jumlasidan. «Straus House» MChJ, «Avto 60 oy», Auto Rental kabi qator firma va tadbirkorlik sub'yektlari bilan bog‘liq ishlarga ham ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ushbu ko‘rsatuv tayyorlanishi chog‘ida esa, Qashqadaryoda dunyoga mashhur kompaniyalarning soxta aksiyalari, ya'ni qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali 2 mingga yaqin kishini 9 mln AQSh dollariga chuv tushirgan uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olingani xabar qilindi.
"Bugungi kunda shaharda qotillik, zo‘rlash kabi og‘ir jinoyatlar soni kamaygan, lekin firibgarliklar soni oshgan. Ushbu munosabat bilan biz fuqarolar yig‘inlari vakillari, domkomlar bilan suhbat oli bormoqdamiz. Ularga qanday qilib firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslikni o‘rgatamiz. Ular esa o‘z navbatida buni o‘z mahalla va uylari aholisi e’tiboriga yetkizishi kerak. Undan tashqari xodimlarimiz uyma-uy yurib aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishmoqda", — dedi MIrzo Ulug‘bek tumani IIB Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Baxrom Begaliyev.

Eng ko‘p sodir bo‘ladigan qalloblik, bu — plastik kartadagi pullarni naqd pulga aylantirib berish sohasida ekan. Odatda firibgarlar plastik kartadan katta miqdorda pullarni naqd pulga aylantirib berishni va’da berar, keyin esa karta va pulni olib g‘oyib bo‘lishar ekan.
Boshqa fuqarolar esa, folbin, tabib va shu kabi afsungarlarga murojaat qilishar va ularga katta miqdorda pul to‘lashar ekan. Ekstrasenslar ko‘p hollarda oddiy tovlamachi bo‘lib chiqar ekan. Fuqarolar uchun esa IIBga murojaat qilishdan boshqa yo‘li qolmas ekan.
Keng tarqalgan firibgarlikning yana bir turi bu — o‘qishga yo ishga kiritib qo‘yishni va’da berish ekan. Bunday hollarda firibgarlar pulni olib g‘oyib bo‘lar, qurbonlar esa hatto IIBga murojaat qilishga qo‘rqishar ekan, chunki nafaqat pora olgan, balkim pora bergan kishi ham qonun oldida aybdor hisollanadi.
Pul undirish maqsadida firibgarlar o‘zlarini IIB yoki prokuratura xodimlari deb tanishtirar va pasport yoki haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirish, xorijga chiqish stikeri olish, propiskaga qo‘yish, avtomobilga davlat raqami olib berish, jinoiy ishni to‘xtatish yoki qamalgan kishini chiqarish kabi xizmatlarni taklif qilishar ekan.
Ayrim toifadagi fuqarolar uchun chet elga chiqish man qilinishi munosabati bilan, ushbu "muammoni hal qilib beradigan" firibgarlar paydo bo‘lgan. Lekin jinoyatchilar faqat pulni oladi-yu, keyin g‘oyib bo‘ladi.
Qallablik keng tarqalgan yana bir soha bu — kommunal xo‘jalik to‘lovlari sohasidir. Fuqarolarni firibgarlardan tashqari haqiqatdan ham ushbu sohada ishlaydigan xodimlar ham aldash hollari kuzatilmoqda. Ko‘p hollarda jinoyatchilar yakka qolgan nafaqaxo‘rlar, yoki yosh bolali yolg‘iz ayollarni aldashi mumkin. Odatda, kommunal xo‘jalik xodimlariga hamma uy eshigini ochib beradi. Jinoyatchilar esa qulay fursat poylab o‘g‘irlik ham qilish mumkin.
Shuningdek, nozirlar to‘lov pattasi berilganidan keyin, to‘lov haqidagi ma’lumotlarni bazadan o‘chirib yuborgan va oqibatda fuqarolarda qarz paydo bo‘lgan. Yolg‘ondakam nozirlar esa, pulni olib qalbaki kvitansiya beradi va g‘oyib bo‘ladi. Shu sababdan huquqni saqlash organlari fuqarolardan to‘lovlarni bank orqali amalga oshirishni so‘raydi.
"Qora rieltorlar" esa boshqa shahardan kelganlarga sotiladigan arzon uy yoki hovli uchun joy taklif qiladi. Hamma kelishuvlar og‘izaki bo‘lgani to‘fayli bunday bitimlar oxiri voy bilan tugaydi.
bir necha fermerlar o‘z yerlaridan uy uchun joy ajratib berishni va’da bergan bo‘lib, bitim faqat og‘izaki bo‘lgan, qog‘ozda rasmiylashtirilmagan. Natijada quribbitkazilgan uy fermer xo‘jaligining mulkiga aylangan.
Shuningdek, qalbaki oltin bezaklar sotish holatlari ham ko‘paygan. Jabrlanuvchilar arzimagan taqinchoqlarni katta pulga sotib olganlarini payqagan vaqtda jinoyatchilar allaqachon g‘oyib bo‘lgan bo‘ladi.
Ko‘p hollarda odamlar mablag‘larini yaxshi joyga joylashtirib, doimiy daromad olib terishni orzu qilishadi. Bundan foydalangan firibgarlar esa moliya piramidalari tashkil qiladi. Undan tashqari ayrim fuqarolar virtual birjalarda yoki boshqa qimor o‘yinlariga pul tikish holatlari ham uchrab turibdi.
ozirda ko‘p uchraydigan firibgarlik turlaridan biri – chet elga ishga jo‘natish, chet eldagi 3-shaxslardan sizning ma'lum miqdordagi pul mukofotini yutib olganingiz haqidagi keladigan xatlar hisoblanadi. Shuningdek, xayriya mablag‘lari uchun tashkil qilingan plastik kartalardan pul yechib olish holatlari ham bo‘lyapti.

Yer, uy oldi-sotdisi bo‘yicha firibgarliklar ham ko‘p uchrab turadi. Firibgarlar hokimiyatda tanishi borligini aytib, uy olib berishga ishontirib, odamlarning pullarini olib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Shuningdek, o‘qishga yoki ishga kiritish maqsadida ota-onalarni ishontirib, pul olish holatlari ham oxirgi vaqtda ko‘p uchrab turibdi.



Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?
– Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘rsatilgan firibgarlik 5ta qismga bo‘lingan. Ularning 4ta qismida jinoyatni qaysi hollarda og‘irlashtiruvchi malakalash ko‘rsatilgan. Beshinchi qismida yengillashtiruvchi holatlar bayon qilingan. Ya'ni jinoyat sodir qilingandan keyin yetkazilgan zarar to‘liq qoplansa, ayblanuvchi, gumonlanuvchi yoki sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmasligi mumkin.
Download 18.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling