Bugungi kunda xar bir biznes rivojlanishi uchun albatta yangicha


Download 281.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.02.2023
Hajmi281.11 Kb.
#1214697
Bog'liq
Counter dasturi




 
Bugungi kunda xar bir biznes rivojlanishi uchun albatta yangicha 
texnalogiyalardan foydalanishni talab qiladi.Biznes kengayar ekan, unga 
albatta qo’shimcha ishchi kuchi va yana qo’shimcha mablag’ kerak 
bo’ladi.Ushbu loyiha kam mablag’ sarflab ko’proq foyda olishni ta’minlaydi. 
Dastlab tadbirkorlarda uchraydigan muammolardan boshlaylik. 
Ko’plab haridorlar mahsulot pulini birdaniga emas bo’lib-bo’lib to’lashni 
avzal ko’rishadi.Boshqalar bilan raqobatlasha olish uchun bu turdaki 
qulaylikni yarata olish muhimdir. Kimda qancha qarz? Kim qachon qarzini 
to’lashi kerak? Bularni esa har zamonda bir qarab qo’yiladigan biron bir ,,
daftarga “yozib qo’yishadi.Bu esa albatta noqulayliklar keltirib chiqaradi. 
Yoki, bundan tashqari foyda va zararni bilish uchun buxgalter ishga olish 
zarur.Tajribali buxgalter topish o’zi shundog’am mushkul ish, unga eng 
kamida 5 million so’m to’laylik deylik, bu odamga ishonish boshqa 
masala.Chunki tadbirkorga qog’ozda ko’rsatilgan ma’lumotlar, buxgalter 
qo’lidan o’tgan mahsulotlar bilan to’g’ri kelmay qolishi ham mumkin ! 
Bu kabi muammolarni yechish uchun ushbu ,, Counter “ dasturini ishlab 
chiqdim.Birinchi muammoning yechimi sifatida bu loyiha har bir hairdor 
bilan alohida ishlash xususiyatiga ega.Ya’ni bu haridor qachon va qanday 
mahsulot olganini,agar qarzi bo’lsa uni haridorga va dastur 
foydalanuvchisiga eslatib turadi.Foydalanuvchi muddati o’tgan qarzlarni 
shunday ko’radi
 
 Haridorga esa qarz berilish sanasidan bir kun oldin sms tarzda avtomatik 
eslatib turadi. 


 
Bundan tashqari tadbirkorning oylik hisobotlari , yillik foydalari ,to’lashi 
kerak bo’lgan soliqlari diagramma tarzida masofadan uyida o’tirgan holda 
shaxsiy smartfonida ham ko’rsanib turadi.Bu dasturni ishlatish uchun 
foydalanuvchi alohida bilimga ega bo’lishi kerak emas.Istalgan odam bu 
dasturni ishlata oladi.Ya’ni biznes egasi 5 mln so’mga bugxalter ishga olish 
evaziga o’zining ishonchli odamini hech bo’lmaganda 2 mln so’mga ishga 
olishi mumkin.

Shuningdek ,,Counter’’ dasturini o’quv markazlar uchun ham alohida 
bo’limi mavjud.Bunda o’quvchilarning davomadi,ularning 
o’zlashtirishi,kunlik natijalari ularni ota onalariga telegram bo’tlar vas sms 
xabarlar orqali avtomatik tarzda yetkazilib turiladi.O’z navbatida o’quv 
markazning olayotgan foydasini,ishchilarning maoshini hisoblab beradi. 


UMUMIY NAZAR 
Dastur kengayuvchan bo’lib ham telefonlarda, ham kampyuterlarda ishlay 
oladi.NODE.JS qurilmasi orqali qurilganligi uchun past internet tezligi bo’lsa 
ham hech qanday sekin ishlashlar bo’lmaydi ( Ma’lumot uchun: NODE.JS 
ning server dunyodagi eng tez ishlaydigan serverlardan biridir).
MAQSADLI AUDITORIYA 
Keling dastlab maqsadsiz auditoriyani tushunaylik.Misol uchun, ba’zi biznes 
egalari o’zlarining tovarlarini reklama qilish maqsadida ishtimoiy 
tarmoqlarda hisob yaratib unga xar hil odamlarni qo’shib tashlashadi.Qizig’i 
shundaki bu odamlar o’zlari istamagan holda biron bir do’stlari orqali obuna 
qilinadi.Biri o’qtuvchi,biri haydovchi va yana boshqasi tarjimon.Har xil 
qiziqshlarga ega bo’lgan odamlar.Bu usul samarasiz xisoblanadi.Masalan 
agar sizni kimdir telegram tarmog’ida qaysidir guruhga taklif qilgan bo’lsa 
siz uni ismini o’qiysiz holos va bu guruhdan tezda chiqib ketasiz.Chunki bu 
guruh sizga qiziq emas. 
Dasturga ko’ra tadbirkorni xizmatidan foydalangan mijoz dastur ba’zasiga 
tushub boraveradi va ular bilan aloqani saqlab turadi.Misol tariqasida 
tadbirkorga yangi tovar keldi yoki qanqadir e’lon bermoqchi.O’sha ba’zada 
turgan har bir foydalanuvchiga sms tariqasida rasmlar va xabarlar yubora 
olish imkoniyatiga ega.Bu esa ko’proq samaralidir,chuni bir marta o’sha 
tadbirkor xizmatidan foydalangan mijoz ,yana foydalanish ehtimoli 
ko’proq.Chunki ular avval bu mahsulotga yoki xizmatga qiziqsh 
bildirshgan.Bugungi kunda SMS orqali xabar jo’natish ijtimoiy tarmoqlarga 
qaraganda ko’proq e’tiborni tortadi. 

 

Download 281.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling