Buхgaltеriya hisobi aхbоrоt tizimlarining nazariy asоslari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 43.88 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi43.88 Kb.
#1390740
  1   2   3   4
Bog'liq
Buхgaltеriya hisobi aхbоrоt tizimlarining nazariy asоslari.

Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti Milliy Tadqiqot Univerisiteti



“Buxgalterya xisobini axborot tizimlari” fanidan
Mustaqil ish

Topshirdi : 326-guruh talabasi Axmadullayev Muhammadyahyo


Qabul qildi : Inoyat Zakiryayevna

Toshkent 2023


Buхgaltеriya hisobi aхbоrоt tizimlarining nazariy asоslari.
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism:
1.Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy asoslari
2.Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
3.Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish bo’yicha zamonaviy dasturlar
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Buxgalteriya hisobi tarixiy rivojlanish jarayonida asta sekin o'zgarib, takomillashib borgan. Jamiyat rivojlanishining har bir yangi bosqichida hisob registrlarining yangi turlari yuzaga kelgan va ularga qilinadigan yozuvlarning turlicha tartiblari hamda usullaridan foydalanilgan. Texnika vositalarining u yoki bu usullaridan foydalanish mazkur sharoitda yuzaga kelgan hisobdagi ro'yxatga olish tartibining xususiyatlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining turli shakllarining paydo bo'lishiga olib keldi. Buxgalteriya hisobining paydo bo'lishidan boshlab o'tgan davr ichida uning shakllarida juda muhim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi korxonalarida, asosan buxgalteriya hisobining to'rtta shakli: soddalashtirilgan, memorial-order, jurnal-order va elektron hisoblash mashinalariga asoslangan avtomatlashtirilgan shakllari qo'llanilmoqda. Bugungi kunda turli soha tizimlarida amalga oshirilayotgan avtomatlashtirish va modernizatsiyalash tendensiyasi buxgalteriya hisobi tizimini ham chetlab o'tmadi. Chunki hamma tashkilotlar amalda ish jarayonlarini, jumladan, buxgalteriya ishlarini avtomatlashtirishga muhtoj. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida xo'jalik amaliyotida kompyuter texnikasidan foydalanish buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shaklini jadal rivojlantirishga yo'l ochib berdi. Kompyuterlar katta hajmdagi axborotni xotirasida saqlashga qodir. Hisob yuritishning ushbu zamonaviy shaklini qo'llash buxgalteriya hisobining hozirgi kundagi eng asosiy funksiyasi bo'lgan axborotlarni tezkor-operativ ravishda olish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan axborot tizimini tuzish ancha murakkab tadqiqot-izlanishidan iborat loyihaviy ish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining o'ziga xos jihatlari ko'p. Hujjatlarning ko'pligi, keng xotirali va o'tkazish xususiyatlari yaxshiroq bo'lgan texnik vositalarni qo'llashni talab etadi.

Download 43.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling