Бухоро муҳандислик-технология институти енгил саноат факультети енгил саноат машина ва жиҳозлари кафедраси


Download 174 Kb.
Sana01.10.2020
Hajmi174 Kb.
#132018
Bog'liq
дарс ишланма - 3


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

БУХОРО МУҲАНДИСЛИК-ТЕХНОЛОГИЯ ИНСТИТУТИ

ЕНГИЛ САНОАТ ФАКУЛЬТЕТИ

ЕНГИЛ САНОАТ МАШИНА ВА ЖИҲОЗЛАРИ КАФЕДРАСИ

Тикувчиликда инновацион технологиялар фанидан дарс ишланмаси

Тузувчи: Қўчқорова О.Р.

Бухоро – 2020

«Тикувчиликда инновацион технологиялар» фанидан «Тайёрлов цехининг вазифалари» мавзусини ўтишда «ФСМУ» методи қўлланилиш методикаси акс эттирилган.


Тузувчи: Қўчкорова О.Р.

Дарс ишланмаси «№1» 15 апрель 2019 йил «Енгил саноат машина ва жиҳозлари» кафедраси йиғилишида муҳокама қилинган.


Кафедра мудири: доц. Самиева Ш.Ҳ


«ТИКУВЧИЛИКДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАР» ФАНИДАН НОАНЪАНАВИЙ МЕТОДЛАРНИНГ ҚЎЛЛАНИШИ
Қуйида «Тикувчиликда инновацион технологиялар» фани бўйича ўтилган амалиёт машғулотининг ишланмаси келтирилган. «Тайёрлов цехининг вазифалари» мавзусини ўтишда «ФСМУ» методи қўлланилиш методикаси акс эттирилган.
Дарс режаси:
Фан: Тикувчиликда инновацион технологиялар
Мавзу: Тайёрлов цехнинг вазифалари
Дарснинг таълимий мақсади: Ўқувчиларда тайёрлов цехнинг вазифалари ҳақидаги билимларни шакллантириш
Дарснинг тарбиявий мақсади: Ўқувчиларда ўз касбига нисбатан меҳр уйғотиш
Ривожлантирувчи мақсад: Ўқувчини касбга қизиқтириш, касбий билими ва эстетик дидини ривожлантириш
Кутилаётган натижалар:


  1. Газламаларни қабул қилиш ва сақлаш ҳақида билимларни ўзлаштириш

  2. Газламалар нуқсонини топиш ва ўлчаш ҳақида маълумотга эга бўлиш

  3. Газламаларни қолдиқсиз бичишни ўрганиш


Дарсда қўлланиладиган методлар: «ФСМУ» методи, савол-жавоблар.
Таълим воситалари: видеороликлар, тақдимот слайдлари, расмлар, қоғоз, дафтар, ручка, қалам.
Дарснинг тури: амалиёт.
Ажратилган вақт: 80 дақиқа.

Дарснинг бориши.:
Ташкилий қисм: 5 дақиқа. Саломлашиш, давоматни аниқлаш ва хонанинг санитар-гигиеник ҳолатини текшириш.
Янги мавзуни баёни: 40 дақиқа (илова қилинган).


  1. Газламаларни қабул қилиш ва сақлаш

  2. Газламалар нуқсонини топиш ва ўлчаш

  3. Газламаларни қолдиқсиз бичиш

  4. Савол-жавоблар


Мавзуни такрорлаш: «ФСМУ» методининг қўлланилиши (20 дақиқа).
«ФСМУ» методи:

  • Ф - фикрини баён этиш

  • С- фикри баёнига сабаб кўрсатиш.

  • М - кўрсатилган сабабини исботлаш мисолини (далил) келтириш.

  • У- фикрларни умумлаштириш.





  1. Ўқувчилар 3 та кичик гуруҳларга ажратилади. Улар 1-2-3-гуруҳ деб номланади ва алоҳида-алоҳида жойлаштирилади.

  2. Бажариладиган иш:

1-гуруҳ: Газламаларни қабул қилиш ва сақлаш

2-гуруҳ: Газламалар нуқсонини топиш ва ўлчаш

3-гуруҳ: Газламаларни қолдиқсиз бичиш


  1. Муҳокама учун 3 дақиқа ажратилади.

  2. Ҳар бир гуруҳ тақдимоти учун 2 дақиқа берилади.

  3. Биринчи бўлиб бажарган гуруҳга қўшимча балл бериш. Қўшимча маълумотлар учун гуруҳларни баллар билан тақдирлаш.

  4. Баҳоларни умумлаштириш ва эълон қилиш.

«ФСМУ» методи қўлланилганда гуруҳ 3 та кичик гуруҳларга ажратиб олинади. Мисол учун гуруҳда 18 нафар ўқувчи дейлик. Ушбу ўқувчилар 1, 2, 3 деб санайдилар. Шу тартибда 1 деганлар бир тарафга, 2 деганлар иккинчи тарафга, 3 деганлар эса бошқа тарафларга ажраладилар. Бажариладиган иш тушунтирилади. Биринчи бўлиб бажарган гуруҳга қўшимча балл берилади. Қўшимча маълумотлар учун гуруҳлар қўшимча баллар билан тақдирланади. Орада савол-жавоблар ўтказилиб тўғри жавоб берган шу гуруҳдаги бошқа талабалар ҳам рағбатлантирилади. Шу тариқа ҳар бир гуруҳдаги ўқувчилар баҳоланадилар. Охирида йиғилган умумий баллар ҳисобланади.


Дарсни мустаҳкамлаш учун саволлар (гуруҳлар бўйича баҳоланади): 10 дақиқа
1. Сифати текширилган газламалар қандай сақланади?

2. Газламаларнинг нуқсони, тўпдаги газламанинг узунлиги ва эни қандай аниқланади?

3. Газламаларни қолдиқсиз бичишнинг қандай усуллари бор?
Якуний қисм: 5 дақиқа

«ФСМУ» методининг ҳамда савол-жавоблардан келиб чиққан ҳолда умумий баллари ҳисобланиб эълон қилинади, ютуқ ва камчиликлар таҳлил қилинади. Ғолиб гуруҳ рағбатлантирилади. Уйга вазифа: ҳар бир гуруҳ ўтилган мавзу бўйича қўшимча маълумотлар топиб тақдимот қилади.


ФОйДАЛАНИЛГАН Адабиётлар РЎЙХАТИ:
1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`zbekiston", 1994.

2. G.K.Kulidjanova, S.S.Musaev "Yеngil sanoat mahsulotlari texnologiyasi", T.,"G `afur G`ulom", 2002. 17

3. А.В. Савостицский, Е.Х. Меликов Технология швейных изделий. М., «Легкая и пищевая промышленность», 1982


МАВЗУ: ТАЙЁРЛОВ ЦЕХНИНГ ВАЗИФАЛАРИ

Режа:

  1. Газламаларни қабул қилиш ва сақлаш

  2. Газламалар нуқсонини топиш ва ўлчаш

  3. Газламаларни қолдиқсиз бичиш


Tayyorlov sexida gazlamalarni bichishga tayyorlashadi. Tayyorlov sexida quyidagi ishlar bajariladi: 1. Gazlamalarni qabul qilish, o`rovini ochish, vaqtincha saqlash. 2. Gazlamalar sifatini tekshirish, uzunligi va enini o`lchash, sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash. 3. Gazlama to`plarini hisoblash, to`shama uchun gazlamalarni saralash, bo`rlama tayyorlash. 4. Tayyorlangan to`plarni bichish sexiga yuborish.

Tayyorlov sexida gazlamalar quyosh nuridan, past haroratdan, namlikdan, kemiruvchilardan himoya qilinishi kerak. Gazlamalar tikuvchilik korxonalariga avtomashinalarda yuklatilgan -konteynerlarda to`plar yoki toylar tarzida keltiriladi. Konteynerlarni avtomashinadan tushirish uchun TA-5-911 elektr tali yoki 4046 avtopog`ruzchiki qo`llaniladi.

Gazlamalar qo`l yordamida tushirilib, qabul qilish va o`rovini ochish zonasiga elektroshtabeler ESHPV-0,5, yuklovchi- konveyer PKP, harakatlanuvchi konveyer S-948, 9-17, elektropogruzchiklar yordamida tashiladi. O`rovi ochilgandan keyin ko`p qavatli javonlarga, supacha tagliklarga qo`yib saqlanadi va OP-0,25 kran-shtabeler yordamida olib qo`yiladi va tushiriladi. Sex ichida gazlamalarni tashish uchun quyidagi transport vositalari ishlatiladi: - 250 kg yukni ko`taruvchi TR-0,25 qo`l aravachasi - elektroakkumulyatorli EKB-G-1000 aravachasi - kara EK-2 - elektrokara EK-2 - elektropogruzchik EP-103, 4004 A

Gazlamalarnining sifati boshqa shahardan keltirilgan bo`lsa 20 kun muddatdan kechiktirmasdan, shu shahardan keltirilgan bo`lsa 10 kun muddatdan kechiktirmasda tekshirilishi lozim. Gazlama nuqsonini topish uchun nuqson topish "BPM-2", "BPM-3", "Edelman" mashinalari yoki 3 metrli o`lchov stollari ishlatiladi. O`lchash natijalari har qaysi to`pning pasportig`a yoziladi. 25 Yaponiyaning "Kominami" firmasining VK-50L mashinasi gazlamalarning uzunligi va enini o`lchaydi, sifatini tekshiradi va avtomatik tarzda to`pning pasportini yozib chiqaradi. Bu operasiyalarni bajaruvchi Frantsiyada chiqarilgan "Alpis" mashinasi ham mavjud. Sifati tekshirilayotgan gazlamalarda nuqson topilsa, gazlamaning yuz tomoniga bo`r yoki sovun bilan belgilanadi va milkiga rangli iplar yoki yopishqoq lenta bilan "signal" biriktirib qo`yiladi. Uzun tukli gazlamalarda tukning yo`nalishi strelka bilan ko`rsatiladi.

Tekshirish natijalari to`pning pasportiga yoziladi. To`pning pasporti ikki nusxada to`ldirilib, birinchisi to`pga biriktirib qo`yilib, ikkinchi nusxasiga gazlama namunasi yopishtirilib, hisobchilarga yuboriladi. Sifatini tekshirish va o`lchashdan keyin gazlama saqlash zonasiga o`tqaziladi. Ular supacha taglik, polkali javon, ari uyasimon javon, archasimon javonlar yoki elevatorlarda bir donalab saqlanadi.

Hisobchilar gazlamalarni qoldiqsiz bichish uchun gazlama to`plarini hisoblaydilar. Gazlamani qoldiqsiz bichish taxminan 1939 yildan boshlandi. qoldiqsiz bichish muallifi gazlama to`plarini to`shayotganda faqat ratsional qoldiqlar (yaroqli laxtaklar) chiqarishni taklif qildi. Bunda to`shamadagi oxirgi qavatni qirqishdan oldin uni o`lchab ko`rib, qanday qoldiq chiqishi aniqlanadi. Agar qoldiq noratsional chiqadigan bo`lsa, u qirqib olinmay, balki oxirgi qavat bilan birga ajratib olinib, bo`yi uzunrok to`shamada ishlatiladi.

1955-56 yillarda ba`zi tikuvchilik korxonalari hisoblashning ko`p to`shamali usuliga o`tdilar. Bu sistemada bichish uchun muayyan shartlarga rioya qilinishi kerak. Bu shartlardan biri "qizil" deb ataladigan (nuqsonli) qavatlarni bittalab bichishdan iborat (umuman tukimachilik nuqsonlari borligi sababli, asosiy to`shamalarda bichish mumkin bo`lmagan qavatlar "qizil" qavatlar deb ataladi).

Gazlama to`plarini hisoblashning 3 xil: qo`lda hisoblash, mexanizatsiyalashtirilgan va nomografiya yordamida hisoblash usullari mavjud. Qo`lda hisoblash usulida, qanday uzunlikdagi qavatlardan nechtadan to`shalashi kerakligi, barcha qavatlar uzunligining yig`indisi gazlama to`pining umumiy uzunligiga teng keladigan (qoldiqsiz hisoblash) yoki undan mumkin kadar kam farq qiladigan (yo`l qo`yiladigan qoldiqsiz hisoblash) qilib aniqlanadi. Gazlama to`pini to`la hisoblash mana bu tyenglama shartini qanoatlantirishi kerak:


l y.k. - gazlama to`pidagi yo’l qo`yilishi mumkin bo`lgan 10-15 sm.ga teng laxtak (qoldiq). Bunday hisoblashning asosiy kamchiligi shundaki, unda ish unumi kam bo`ladi.

Mexanizasiyalashtirilgan usulda "Kashtan", "Razdan-2", "Minsk-22", "Nairi", "Ural", "Iskra-555", "ES-1032", EHMlaridan foydalaniladi. "Ratnap-Analog`" avtomatik loyihalash sistemasi to`plarni avtomatik tarzda hisoblab, hisoblash kartasini yozib chiqaradi. Mashinada hisoblash natijalari odatdagi bichish kartasi shaklida bosilib chiqib, unda kiyimning fasoni, to`shamalarning uzunligi va balandligi ko`rsatilgan, shuningdek, har bir gazlama to`pini bichishning hisoblangan natijasi yozilgan bo`ladi.

Gazlama to`plarini hisoblash bo`yicha matematik masalani tadqiqot qilish asosida I.V.Safronova bilan I.I.Galinker bu masalani nomografiya yordamida echish mumkinligini topdilar. Bunday usulni ishlab chiqishdan asosiy maqsad, bo`yi unchalik uzun bo`lmagan (30-35 m.) gazlama to`plarini hisoblash masalasini yechish edi. Gazlama to`plarini hisoblashning nomografik usuli to`shama qavatlari (joylashmalar) uzunliklarini va hisoblanayotgan gazlama to`pi uzunligini ifodalovchi turli uzunlikdagi kesmalarni qo`shish va ayirishga asoslangan. Nomog`ramma quyidagi tyenglama talabiga javob beradigan qilib ko`riladi:
L = ( l1 n1 + l2 n2 + l3 n3 + …..+ ln nn ) + lk
Bu yerda lk - gazlama to`pidan chiqqan qoldiqning uzunligi;

Hisobning eng yaxshi variantida l = 0 ga bo`ladi.



So`ngra pasportning birinchi nusxasi va hisoblash kartasiga asoslanib, to`shama uchun gazlama to`plari komplektlanadi. Ba`zi korxonalarning tayyorlov sexlarida eksperimental sexidan olingan andazalar joylashmasi namunasiga asoslanib, to`shamaning yuqori qatlami uchun bo`rlama tayyorlanadi. Tayyorlov sexida tanlab olingan avralik, astarlik, qotirmalik, bezak materiallar va bo`rlamalar birgalikda qo`l yoki mexanizasiyalashtirilgan aravachalar, 10 ta to`p sig`imli elevatorlar yordamida bichish sexiga yuboriladi.

ФОйДАЛАНИЛГАН Адабиётлар РЎЙХАТИ:
1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`zbekiston", 1994.

2. G.K.Kulidjanova, S.S.Musaev "Yеngil sanoat mahsulotlari texnologiyasi", T.,"G `afur G`ulom", 2002. 17

3. А.В. Савостицский, Е.Х. Меликов Технология швейных изделий. М., «Легкая и пищевая промышленность», 1982
Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling