Buldozer Buldozer
Download 353.7 Kb.
|
Buldozer
Buldozer Buldozer (inglizcha bulldozer — katta qismlarni maydalash) tuproq, qum, shagʻal, mayda tosh, togʻ jinslari va boshqa toʻkma materiallarni 200 m gacha masofaga surish va toʻplash, zovur va chuqurlarni tuproq bilan toʻldirish, yerni tekislash, axlat va chiqindilarni yigʻish, aerodrom, yoʻl va maydonlarni qordan tozalash uchun moʻljallangan mashina. Yoʻl qurilishi, gidrotexnika inshootlari (toʻgʻon, damba va boshqalar) qurilishi, qishloq xoʻjaligida ishlatiladi. Buldozer yerni kesib suradigan moslama, rama, moslamani koʻtaribtushiruvchi gidravlik yoki chigʻirli (arqonblok tizimli) mexanizmlar va ularni boshqarish tizimlaridan iborat. Buldozerlarning quyidagi xillari bor: a) kesib suruvchi moslama (otval)ming ishlash usuliga qarab, otvali buriladigan va otvali burilmaydigan; b) otvalini boshqarish mexanizmiga qarab, gidravlik; arqon (tros)blok tizimli; v) traktorning yurish qismiga qarab, gʻildirakli va gusenitsali; 2) mashinasozlikda — metallni qizdirib yoki sovuqlayin bukib, turli shakldagi detallar tayyorlanadigan gidravlik yoki krivoship mexanizmli qurilma (press). Buldozer koʻplab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning temirchilikshtamplash sexlariga oʻrnatiladi. Krivoship mexanizmli Buldozer staninasining yoʻnaltiruvchilari / da polzun 2 (rasm) yuradi. Egish shtamplari polzunga va stanina tiraklari 3 ga bolt 4 lar bilan mahkamlab qoʻyiladi. Gidravlik Buldozerning polzuni suyuqlik taʼsirida harakatlanadi. Download 353.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling