Buncha telba bo'lding ul zolim bag'ritoshingga. Ey ag'yorlar,yo'limni to'smangiz toki tanho arzir jonin bersa ham oning tillo boshiga


Download 69.5 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi69.5 Kb.
#1001550
Bog'liq
Sevinch Yusupova she\'r.


Sevinch Yusupova 2002-yil 3-sentabrda Samarqand viloyatida tavallud topgan. Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich talabasi. Ijod namunalari O'zbekistondagi bir qancha nashrlarda va bayozlarda nashr etilgan. "Zulfiya izdoshlari" , "Navoiy vorislari", "Eng yaxshi kitobxon", "Yosh huquqshunos" kabi bir qancha tanlovlar g'olibi.
Jonon,ko'nglim asirdur o'shal qaro qoshingga,
Buncha husn qaysandur yoro ushbu yoshingga?
Xayolimdan ketmaysen ey ko'zlari la'li dur,
Asir bo'ldi bu ko'ngil o'tli bir qaroshingga.
Qiyo boqsang yorishur olamga g'avg'o solib
Tunlari mushtoqdurmen zebo ko'z quyoshingga.
Ko'zda ashkimni ko'rub ag'yorlar aytur har dam
"Buncha telba bo'lding ul zolim bag'ritoshingga.
Ey ag'yorlar,yo'limni to'smangiz toki TANHO
Arzir jonin bersa ham oning tillo boshiga.
Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling