Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (bimt) – intellektual mulk sahosidagi bir nechta muhim xalqaro konvensiyalarni


Download 17.94 Kb.
Sana09.12.2020
Hajmi17.94 Kb.
#162585
Bog'liq
patent


Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) – intellektual mulk sahosidagi bir nechta muhim xalqaro konvensiyalarni (Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi va Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasi) boshqarish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotdir. 1974 yildan buyon ushbu tashkilot Birlashgan millatlar tashkilotining ijodiyot va intellektual mulk masalalari bo‘yicha maxsuslashtirilgan muassasasi vazifasini ham bajarib keladi.

      Hozirgi kunda 184 davlat yoki dunyodagi mamlakatlarning 90% ortig‘i BIMT a’zosidir, tashkilotning yig‘ilishlarida kuzatuvchi maqomiga 250 taga yaqin nohukumat va hukumatlararo tashkilotlar ega. BIMT Sekretariati (yoki Xalqaro byuro) Jenevada joylashgan bo‘lib 90 ta mamlakat vakillaridan iborat xodimlar shtatiga ega. 2008 yil 1 dekabrdan boshlab tashkilotning Bosh direktori Frensis Garridir.

      BIMT intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi birinchi xalqaro tashkilotdir. U amalda 1893 yilda diplomatik konferensiyada, Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi va Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasining ma’muriy vazifalarini bajaruvchi ikkita byuro BIRPI (intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro byurolar) deb nomlanadigan yagona muassasaga birlashishi natijasida tashkil qilingan.



       IMT ning dastlabki va asosiy vazifasi – ko‘ptomonlama xalqaro konvensiyalarni boshqarish, shu hisobda shartnomalar, qo‘shimcha shartnomalar, ularning rasmiy tarjimalarning matlarini, davlatlarning qo‘shilish to‘g‘risidagi arizalarini saqlash, nizolarni hal qilish, shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish jarayonlarini ta’minlash, intellektual mulk ob’ektlarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi shartnomalar uchun ro‘yxatga olish vazifalarini bajarish. Hozirgi vaqtda BIMT mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi 7 ta shartnoma va sanoat mulki ob’ektlari sohasidagi 23 ta shartnoma bo‘yicha boshqarishni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston BIMTga va ushbu tashkilot boshqarib kelayotgan va milliy intellektual mulk tizimining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelayotgan bir nechta asosiy shartnomalar va kelishuvlarga 1991 yildan beri a’zo.

O‘zbekiston Respublikasi BIMT ning quyidagi shartnoma va kelishuvlariga a’zo:
- BIMT ni ta’sis etuvchi Konvensiya;
- Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasi;
- Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma;
- Tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik to‘g‘risidagi shartnoma;
- Patent jarayondari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponenlashtirishni tan olish to‘g‘risidagi Budapesht shartnomasi;
- Xalqaro patent klassifikatsiyasi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi;
- Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi to‘g‘risidagi Nitssa bitimi;
- O‘simliklarning yangi navlarini muhofazalash bo‘yicha Konvensiya;
- Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi;
- Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risidagi Lokarno bitimi;
- Patent qonunlari to‘g‘risidagi shartnoma;
- Belgilarni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risida Madrid Bitimiga Bayonnoma.
BIMT bilan hamkorlik qilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi turli dolzarb mavzular bo‘yicha xalqaro va xududiy seminarlarni o‘tkazadi.
Ilmiy-texnikaviy ijodiyotga ko‘maklashish, ixtirochilik va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida Toshkentdagi xalqaro innovatsion forum doirasida ikkita mukofot taqdim qilingan:
- Ixtirochilik uchun medal
- Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona mukofoti.

       Hozirgi kunda Agentlik BIMT bilan birgalikda intellektual mulk bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshlagan.


Intellektual mulk bo‘yicha milliy strategiya iqtisodiy nuqtai nazardan qadrli bo‘lgan IM ni yaratish bo‘yicha mamlakatning imkoniyatlarini oshiradi. Bundan tashqari IM sohasidagi strategiya mamlakatga muayyan reja doirasida hamda samardorlik va barqarorlik prinsiplariga rioya qilgan holda barcha manbalarning salohiyatini ochib berish imkonini yaratadi.
2017 yilda BIMT bilan Agentlik qoshidagi IM sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Ushbu ko‘mak doirasida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar taqdim etiladi, o‘quv auditoriyalari texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi, o‘qituvchilar qayta tayyorlanadi, hamda markaz tashkil qilayotgan turli tadbirlarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.
O‘quv markazi negizida Agentlik bilan birgalikda BIMTning Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) ochildi, va u o‘z navbatida respublika bo‘yicha universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi TIQQM boshqarib boradi. TIQQM yuqori sifatli texnik ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish imkonini beradi, va shu bilan birga, ijodkorlarga o‘z salohiyatlarini ochish, muhofazani ta’minlash va o‘z huquqlarini boshqarish imkonini yaratadi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha 8 ta TIQQM faoliyat yuritib kelmoqda.

Download 17.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling