«Buxgalteriya hisobi va audit» fanidan oraliq nazorat savollari 402-kme va ub guruhi Auditning mohiyati va ahamiyati. Audit atamasi lotin tilidan olingan bo'lib, «eshituvchi»


Download 19.91 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi19.91 Kb.
#1058434
  1   2
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi va audit


«Buxgalteriya hisobi va audit» fanidan oraliq nazorat savollari 402-KME va UB guruhi
1.Auditning mohiyati va ahamiyati.
Audit atamasi lotin tilidan olingan bo'lib, «eshituvchi», «eshitmoq» ma'nolarini anglatadi. Ushbu atamaning amaliyotga kirib kelishi borasida turli qarashlar mavjud. Ulamni quyidagi uch asosiy guruhga ajratish mumkin:
1. Qadimda insonlar hali o'qish va yozish san'atidan bexabar boʻlgan davrda, biror hudud hukmdori doimiy ravishda o'z boyliklari miqdori haqidagi ma'lumotga ehtiyoj sezgan. Shunda hukmdor dastlabki auditorlar xizmatidan foydalangan. Ya'ni shu hukmdor egaligida boʻlgan boyliklar, xususan, qoramolga qarash, parvarishlash majburiyatini olgan xodimlar yilning ma'lum bir vaqtida auditorlarga shu boyliklarni tasvirlab, aytib berganlar. Bir oz vaqt o'tgach shu auditor ushbu xodimlarni yana bir bor tinglagan va avvalgi, shuningdek, keyingi ma'lumotlar oʻrtasida qanday farq borligi yoki bunday farqlar yo'qligi to'g'risida hukmdorga hisobot bergan.
2. Ikkinchi qarashga asosan, o'rta asrlar davrida g'arb mamlakatlarida davlat moliya idorasi keng jamoatchilik oldida yillik yakuniy moliyaviy axborotlarni o'qib eshittirgan. Ushbu eshittirish orqali jamoatchilik, to'lanayotgan soliqlar to'g'ri maqsadlar yoʻlida, isrofgarchiliklarga yo'l qo'yilmagan holda ishlatilinayotganiga ishonch hosil qilgan. Bu jarayonda auditor, ya'ni «tinglovchi» vazifasini jamoatchilik oʻtagan.2
3. Uchinchi qarash shundan iboratki, gʻarb mamlakatlari diniy bilim muassasalari, ya'ni monastirlarda ta'lim berayotgan o'qituvchilar oʻz o'quvchilari orasidan eng iqtidorli, darslarni talab darajasida oʻzlash- tirayotgan o'quvchilarni tanlab olganlar va ularga qolgan o'quvchilarning kitobni bexato o'qiyotganliklarini tinglash orqali tekshirib borish vazifasini yuklaganlar. Ushbu qarashga asosan, auditor, ya'ni «tinglovchi» atamasi shu iqtidorli o'quvchilarga nisbatan qoʻllanilish asosida amaliyotga kirgan.'
2.Auditorlik faoliyatining asosiy maqaqdi .
Auditorlik faoliyatining asosiy maksadi - bu iktisodiy subьektlarni buxgalteriya xisobotlarining xakikiyligini aniklash va ular tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy, xujalik operatsiyalarini me'yoriy xujjatlarga tugri kelishini tekshirishdir.
Audit moliyaviy xisobotlarning tugri tuzilganligini tekshirishda: •-xisobotlarning anikligini ta'kidlash yoki ularning noanikligi tugrisida maslaxat berish;
•-buxgalteriya xisobida karzlar, daromadlar va korxona moliyaviy natijalarini tekshirilayotgan davrda tulik, anik va xakikiy kursatilganligini tekshirish;
•-buxgalteriya xisobini yuritish va xisobotlarni tuzishni tartibga soluvchi koidalarga, me'yoriy xujjatlarga xamda konunchilikka amal kilinganligini, shuningdek aktivlar, majburiyatlar va uz kapitalini baxolash usullariga rioya etilganligini nazorat kilish;
•-uz asosiy va aylanma mablaglarini, moliyaviy zaxiralarini xamda karz mablaglaridan yaxshirok foydalanish buyicha takliflar berishdan iborat.
Auditorning vazifalari. balansni, moliyaviy natijalar tugrisidagi xisobotning tugri tuzilganligi xamda tushuntirish xatlarida ma'lumotlar znikligini auditorlik tekshiruvi orkali gritishdan iboratdir.
Bunda kuyidagilarga e'tibor karatilishi lozim:
• xisobotda xamma aktivlar va passivlar kursatilganligi;
•xisobotda barcha xujjatlardan foydalanilganligi;
•xakikatdagi mulkni baxolash usuli korxona buxgalteriya xisobi sngsatida belgilangan usulidan kanchalik farkkilishi.
Auditor moliyaviy natijalar tugrisidagi xisobotda solikka tortilgan foyda tugri xisoblanganligini tekshiradi.

Download 19.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling