Buxoro davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi ikkinchi oliy (sirtqi) ta’lim shaklining


Download 36.56 Kb.
bet1/4
Sana28.02.2023
Hajmi36.56 Kb.
#1236513
  1   2   3   4
Bog'liq
M. Eldor 5


BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi ikkinchi oliy (sirtqi) ta’lim shaklining
2-kurs 1O’A-22IM guruh talabasi
Mamanov Eldor Xurramovichning Hozirgi ozbek adabiy tili fanidan tayyorlagan


Mustaqil ishi


Mavzu: O‘zbek tili leksikasi tasnifi. O‘zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti. O‘zbek tili frazeologiyasi va leksikografiyasi.
Reja:
1. O‘zbek tili frazeologiyasi. Frazema.
2. Frazeologik ma’no, uning turlari. Frazeologik-semantik
munosabatlar.
3. Frazemalarning nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi
lisoniy (morfologik. sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat,
sharoit, shaxsiy sifatlar) omillar.
4. Perifraza. Perifrazalarning turlari, tarkibi, uslubiy
xususiyatlari.
perifraza
Frazeologiya tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning luІat tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema ko’chma ma’noli turg’un konstruktsiyadir. Masalan, zo’raymoq (leksema)-avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema)-azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi luІaviy birlik sanaladi, ammo o’zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.
Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruktsiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ko’nglini olmoq (birikmaga teng), ko’zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo’shma gapga teng qurilishli turІun konstruktsiyalar ham uchraydi: "Qor yoІib, izlar bosildi" kabi.
Frazemalar tarkibidagi so’zlarning boІlanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so’zlarning boІlanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so’lar tobelanish asosida boІlanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi boІlanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo’ladi; frazemadagi boІlanish esa nutq paytidan ancha avval yuzaga kelib, turІunlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so’zlarni so’zlovchi o’z ixtiyori bilan almashtira oladi: "keng ko’cha" birikmasi o’rnida "tor ko’cha" birikmasini, "men o’qiyman" gapi o’rnida "men ishlayman" gapini qo’llashi mumkin, ammo "yulduzni benarvon urmoq" birikmasi o’rnida "yulduzni narvonsiz urmoq", "yulduzni shotisiz urmoq", "yulduzni beshoti urmoq" birikmalari qo’llanmaydi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turІun birikma frazema bo’lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turІun konstruktsiyadir, ammo to’Іri ma’noli turІun konstruktsiya bo’lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko’chma ma’no ifodalashi shart.
Frazemalarning ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so’zlar (ko’makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan, ochiq yuz bilan (bu frazemaning ifoda planida "bilan" ko’makchisi qatnashgan), dam olmoq (bu frazemaning ifoda planida "-moq" morfemasi ishtirok etgan). Keltirilgan misollarda ko’makchi va affiksal morfema frazemalarning doimiy belgilari hisoblanadi, chunki ular shu frazemalarning ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo dam oldim, dam olgin, dam olsin kabi bog’lanishlarda qo’llangan "-diQm", "-gin", "-sin" morfemalari (zamon, shaxs-son, mayl ko’rsatkichlari) shu frazemalarning ifoda planiga kirmaydi, chunki bu morfemalar nutq talabiga ko’ra qo’shiladi.

Download 36.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling