O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Buxoro DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi
№ _____________________
202__ yil “___” _________
|
“TASDIQLAYMAN”
Buxoro davlat universiteti rektori
_________________O.X.Xamidov
202__ yil “___” _________
|
“Logistika”
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 400000 - Biznes,boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: 410000 - Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: 60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
Buxoro-2021
Fan/modul kodi
L2703
|
O’quv yili
2024-2025
|
Semestr
7
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
tanlov
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami Yuklama
(soat)
|
Logistika
|
90
|
30
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish sharoitida mahsulot va zaxiralarni saqdash, ularni istemolchilarga o‘z vaqtida, kerakli miqdorda yetkazishning mohiyati va zarurligini mukammal o‘rgatgan holda, talabalarda shu sohada nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - logistika ob’ekta va sub’ekta, mikro va makrologistik tizimlar, logistikada oqim jarayonlari va ularning turlari, logistik tizimda transport turini tanlash masalalari, zahiralarni boshqarish, Yuk tashishda axborot oqimlarini loyihalash, har xil transport turlarida Yuk tashish tariflari va ularni hisoblash tartibi, omborlar, logistik markazlar va unda amalga oshiriladigan transport xizmatlarini takomillashtirish haqida tushunchalar berishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
III. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
Logistikaning asosiy holati va tamoyillari.
Logistikani amaliyotga joriy etish sharoitlari. Logistikaning asosiy holati. Kibernetik nazariy tizimning umumiy uslubiyati asosida logistikadan foydalanish va takomillashtirish. Bozor ehtiyojini hisoblash. Mijozlarga logistik xizmat ko‘rsatishning optimal darajasi. Logistik jarayonlar monitoringida tizimli tahlildan foydalanish.
Logistik zanjirlar va operatsiyalar.
Logistik zanjir qatnashchilarining asosiy tarkibi va tuzilmasi. Logistik zanjirlarni shakllantirishda motivatsiya va shartlari. Logistik zanjir qatnashchilarining asosiy tamoyillari. Logistik operatsiyalar tasnifi. Texnologik va tijoriy operatsiyalar. Logistik operatsiyalarni amalga oshirish ketma-ketligi.
Logistik tizimlar.
Logistik tizimlarning mohiyati. Logistik tizimlarni tiplari va turlari. Logistik tizimlarga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy elementlar va omillarni tanlash usuli. Logistik tizimlarni ishlab chiqish. Logistik tizimlarni shakllantirishning asosiy xususiyatlari: butunli va bulinishli; elementlararo aloqalar mavjudligi; tashkiliy jihatlari; sinergetik samarasi. Makro-mikro logistik tizimlar.
Logistikada asosiy oqimlar. Moddiy oqimlar.
Moddiy oqimlarning tasnifi va mohiyati. Moddiy oqimlarning paydo bo‘lishi. Moddiy oqimlarning tarkibi va tuzilmasi. Moddiy oqimlarning klass tasnifi. Moddiy oqimlarning hajmiy va o‘lchov parametrlari. Qaytuvchi moddiy oqimlar. Moddiy oqimlarni bashoratlash usullari.
Logistik axborot tizim va texnologiyalari. Axborot oqimi.
Axborot oqimlarining tavsifi va mohiyati. Axborot oqimlarining paydo bo‘lishi. Axborot oqimlarining tasnifi. Axborot oqimlarining o‘lchami va o‘lchov birligi. To‘g‘ri va qarma-qarshi axborot oqimlari. Logistik axborot tizimini tashkil etish tamoyillari. Lokal va regional logistik axborot oqimlar. Logistik axborotga quyiladigan talablar. Logistik axborot texnologiyalari.
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |