Buyruqni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to’g’risida
Download 14.62 Kb.
|
“Buyruqni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to’g’risida”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh hisobchi (D.Buriyeva)ga
“Buyruqni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to’g’risida” Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumining 2022-yil 3-oktabrdagi 91-K-sonli “Sirtqi ta’lim boshlanishi munosabati bilan, oylik-maoshi saqlangan qo’shimcha ta’til berish to’g’risida”gi buyrug’ini O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 256-moddasi talablariga muvofiqlashtirish hamda Toshkent viloyati Prokuraturasining 2023-yil 16-fevraldagi 10.1/17-22-sonli protesti talabi ijrosini bajarish maqsadida: BUYURAMAN: Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumining 2022-yil 3-oktabrdagi 91-K-sonli buyrug’i nomi “Sirtqi ta’lim boshlanishi munosabati bilan, o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’til berish to’g’risida” nomiga o’zgartirilsin. Buyruqning 1-qismidagi “oylik maoshi saqlangan qo’sjimcha ta’til berilsin” so’zlari “o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’til berilsin” so’zlari bilan almashtirilisin; Buyruqning 2-qismidagi “o’rnatilgan tartibda xodimning oylik-maoshi saqlansin” so’zlari “o’rnatilgan tartibda xodimning o’rtacha oylik ish haqi saqlansin” so’zlari bilan alamshitirilsin; Bosh hisobchi (D.Buriyeva)ga: texnikumning 2022-yil 3-oktabrdagi 91-K-sonli buyrug’iga kiritilgan mazkur o’zgartirishlarga asosan, O’quv-metodik bo’lim boshlig’i Abdurahmonova Umida Abdugaffarovnaga oliy o’quv yurtining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olishi munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til davrida to’langan oylik ish haqi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 256-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli Qarori 6-ilovasiga muvofiq o’rtacha oylik ish haqini hisoblash tartibida qayta hisob-kitob qilinib, xodimga to’langan ortiqcha to’lov mablag’lari qaytarilsin; Asos: O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 256-moddasi, Toshkent viloyati Prokuraturasining 2023-yil 16-fevraldagi 10.1/17-22-sonli protesti, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli Qarori. Download 14.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling