Bxs-121 Guruh Talabasi Abdullayev Umidjon Buxgalteriya hisobi


Download 1.68 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1535314
Bog'liq
2-mavzu abdullayev umidjon

Moliyaviy buxgalteriya hisobi, menejmentlik buxgalteriya hisobi va tannarx buxgalteriya hisobi mohiyati, bogʻliqligi va farqli jihatlari.

BXS-121 Guruh Talabasi Abdullayev Umidjon

Buxgalteriya hisobi

Korxona (tashkilot, muassasa)ning hisobot davri (oy, chorak, yil)dagi mablagʻlari holati va xoʻjalik-moliyaviy faoliyatini ifodalovchi koʻrsatkichlar tizimi; buxgalteriya hisobi ma’lumotlari boʻyicha tuziladi. Buxgalteriya hisoboti statistika va operativ hisobotlari bilan birgalikda moliyaviy hisobotning tarkibiy qismini tashkil etadi.

  • Davriyligiga koʻra Buxgalteriya hisoboti chorak, yarim yil, 9 oy va bir yil uchun tuziladi. Maqsadiga koʻra ichki va tashqi turlarga boʻlinadi. Ichki Buxgalteriya hisoboti korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tahlil etish hamda boshqarishga xizmat qiladi.

Tashqi Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy holati haqida axborotlar oladigan boshqaruv hamda nazorat idoralariga beriladi. Hajmiga koʻra dastlabki (korxonalar tomonidan joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga koʻra) va jamlanma (statistika muassasalari tomonidan hududiy tamoyillarga koʻra) Buxgalteriya hisoboti ga boʻlinadi.

  • 1997-yil 1-yanvardan Buxgalteriya hisoboti qamraydigan ma’lumotlar doirasi (buxgalteriya balansi, moliyaviy faoliyat haqida hisobot, kreditorlik va debitorlik qarzdorligi haqida ma’lumotnoma, asosiy vositalar harakati, pul oqimlari, oʻz kapitali toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqalar)ni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.

Buxgalteriya hisoboti ning belgilangan muddatda topshirilishi va majburiyligi ularga qoʻyiladigan asosiy talabdir. Korxonalar yillik Buxgalteriya hisoboti ni yakunlangan yildan keyin 15-fevraldan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar 1-martdan), choraklik Buxgalteriya hisoboti ni chorak tugagach, 25 kundan kechikmay mulk egalariga, korxona joylashgan hududdagi davlat statistika idoralariga, davlat soliq inspeksiyalariga va boshqa davlat organlariga topshirishlari shart.

Menejmentlik buxgalteriya hisobi

maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.

  • Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq.

Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar.

Tannarx buxgalteriya hisobi mohiyati

Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarish.da T.ning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish xaki; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarfxarajatlar

  • . T.ga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrashjoylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot T.ini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi.

.
  • Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling