C++ Builder 6 da funksiya va protseduralar Reja


Download 51.34 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi51.34 Kb.
#1165613
  1   2   3   4
Bog'liq
14 маъруза C Builder 6 da funksiya va protseduralar

C++ Builder 6 da funksiya va protseduralar

Reja:

  • Funksiyalarni e’lon qilish
  • Funksiyaning aniqlanishi
  • Funksiyani chaqirish
  • Kelishuv bo’yicha argumentlar
  • O’zgaruvchilarning ko’rinish sohasi
  • Matematik funksiyalar

Reja:

1. Funksiyalarni e’lon qilish, aniqlash va chaqirish;

2. Kelishuv bo’yicha argumentlar;

4. O’zgaruvchilarning ko’rinish sohasi.

 

  • Tayanch so‘z va iboralar: funksiya, prototip, qaytaruvchi qiymat, funksiya nomi, parametr, funksiya aniqlanishi, funksiyani chaqirish, argument, kelishuv bo’yicha argument, ko’rinish sohasi, yashash vaqti

Funksiyalarni e’lon qilish

Funksiyalarni e’lon qilish

Har qanday funksiyani dasturda qo’llashdan avval uni e’lon qilish lozim. Odatda funksiyalar kutubxona (sarlavha fayli) da e’lon qilinadi va #include direktivasi yordamida dastur matniga bog’lanadi.

Funksiyaning e’lon qilinishi funksiya prototipini ifodalaydi. Funksiyani e’lon qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

(
);

Bu yerda - funksiya ishlashi natijasida u qaytaradigan qiymat turi. Agar qaytariladigan qiymat turi ko’rsatilmagan bo’lsa, u int tipidagi qiymat qaytaradi deb hisoblanadi. Agar funksiya xech qanday qiymat qaytarmasa, uni void so’zi bilan e’lon qilinadi.

(
)
– vergul bilan ajratilgan funksiya parametrlarining turi va nomlari. Parametr yozilmasligi ham mumkin, lekin funksiya nomidan keyin qavs qo’yilishi shart.

Funksiyaning aniqlanishi

Funksiyaning aniqlanishi

Funksiya aniqlanishi – funksiya sarlavhasi va figurali qavsga olingan amaliy mazmunga ega bo’lgan dastur matnini yozish. Agar funksiya qaytaruvchi qiymat void dan farqli bo’lsa, albatta mos turdagi parametrga ega return operatori bo’lishi shart. Funksiya tarkibida bittadan ortiq return operatori bo’lishi mumkin. Lekin dastur bajarilishi davomida ulardan faqat bittasi murojaat qilinadi va funksiyaning bajarilshi shu yerda to’xtatiladi. Agar funksiya qaytargan qiymat dasturda ishlatilmaydigan bo’lsa parametrsiz return dan foydalanish mumkin. Ba’zan return umuman yozilmasligi ham mumkin. Bunda funksiyadan chiqish nuqtasi so’nggi figurali qavs hisoblanadi.


Download 51.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling