Chakana oldi-sotdi shartnomasi
Download 21.11 Kb.
|
1 2
Bog'liqChakana oldi-sotdi shartnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. SHARTNOMA PREDMETI
- Mahsulotning nomi Oʻlchov birligi Miqdori Rusumi
- 2. TOʻLOV SHARTLARI.
- 4.TARAFLARNING JAVOBGARLIGI.
CHAKANA OLDI-SOTDI SHARTNOMASI
Ushbu shartnoma kelgusida “Sotuvchi” deb ataluvchi yuridik shaxs 1ning 1 1 bir tomondan hamda kelgusida “Sotib oluvchi” deb ataluvchi jismoniy shaxs 1lar oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida tuzildi: 1. SHARTNOMA PREDMETI “Sotuvchi” oʻziga tegishli mahsulotni “Sotib oluvchi”ga chakana sotish va mulk qilib topshirish, “Sotib oluvchi” esa ushbu mahsulotni qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi. Shartnoma predmeti quyidagi mahsulot hisoblanadi:
1.3. Shartnomaning umumiy qiymati 1 soʻmni tashkil etadi. 2. TOʻLOV SHARTLARI. 2.1. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlov 1 koʻrinishida shartnoma tomonlar oʻrtasida imzolanganidan soʻng 1 bank kuni ichida toʻlanadi. 3. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI. 3.1.“Sotuvchining” majburiyatlari: 3.1.1. “Sotib oluvchi” tomonidan toʻlov amalga oshirilganidan soʻng 1 ish kunida mahsulotni va unga oid hujjatlarni “Sotib oluvchi”ga topshirish; 3.1.2. Mahsulotni shartnoma shartlariga javob beradigan miqdorda va sifatda, tashish jarayonida uning buzilishi, sinishi yoki yoʻq boʻlishi mumkinligini istisno qiladigan darajadagi idishda, oʻramda va belgilangan tartibda joylashtirilgan holda topshirish; 3.1.3. Sifati lozim darajada boʻlmagan mahsulot yuborilganligi haqida xabarnomani olgan paytdan boshlab 1 ish kuni ichida sifati lozim darajada boʻlmagan mahsulotni sifatlisiga almashtirish; 3.2. “Sotib oluvchi”ning majburiyatlari: 3.2.1 Mahsulot uchun mazkur shartnomada belgilangan toʻlovni belgilangan muddatlarda amalga oshirish; 3.2.2. Mahsulotni 1 ish kuni muddatida koʻzdan kechirish. Mahsulotning mazkur shartnoma talablariga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, shu muddatda “Sotuvchi”ga aniqlangan nomuvofiqliklar haqida maʼlumotlarni aks ettiruvchi xabarnoma (reklamatsiya) yuborish; 4.TARAFLARNING JAVOBGARLIGI. 4.1. Mahsulotni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, toʻliq yetkazib berilmagan xollarda, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga kechiktirilgan xar bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 1 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan mahsulot bahosining 1 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni mahsulotni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. 4.2. Agar yetkazib berilgan mahsulot sifati, assortimenti va navi boʻyicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun xujjatlarida yoki xoʻjalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi mahsulotni qabul qilish xamda ularning haqini toʻlashni rad etib, yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar mahsulot haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, toʻlangan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada boʻlmagan mahsulot yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi. 4.3. Yetkazib berilgan mahsulot haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga oʻtkazib yuborilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 1 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 1 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi. 4.4. Taraflarning javobgarlik holatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisidagi” Qonuni boʻyicha amalga oshiriladi. Download 21.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling