Charm xomashyosi sifati va manbalari Reja


Download 25.72 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi25.72 Kb.
#1174964
  1   2
Bog'liq
Charm xomashyosi sifati va manbalari


Charm xomashyosi sifati
va manbalari
Reja:



  1. Charm xomashyosining tavsifi

  2. Nuqsonlarning sinflashi

  3. Qiyuvchi temiratki hayvonlar

  4. Yirik shoxli mol terilar



Charm xomashyosining tavsifi - Uy va yovvoyi hayvonlar, teri ishlab chiqarish uchun yaroqli boigan, ba’zi dengiz jonivorlari va sudralibyuruvchilarining terisi charm xomashyosi deyiladi. Hamma sut emizuvchilarning teri qoplami deyarli umumiy tuzilish sxemasiga ega. Ammo har xil turdagi hayvonlarning terisi strukturasi, kimyoviy tarkibi, qalinligi, massasi, terining shakli. topografik qismlarning kattaligi va nisbati, jun qoplamining qalinligi, uzunligi, ingichkaligi, o'rnashish chuqurligi va soch sumkasining o ‘sish yo'nalishi bilan farq qiladi. Aynan bir turdagi hayvonlar terisining strukturasi va tovar xossalaridagi farq irsiy va hayot davridagi omillarga ya’ni zoti, kelib chiqish hududi, saqlash va oziqlantirish sharoiti, jinsi, yoshi va hayvonni NO'yish mavsumiga bog‘liq boiadi. Shuning uchun xomashyo uyumlarini iwralashda zoti, boqish sharoiti, yoshi, so‘yish mavsumi va teri zichligini c ’tiborga olib amalga oshirish tavsiya etiladi. Charm xomashyosining asosiy turlariga yirik shoxli mollar, otlar, eho'chqalar, echki va qo'y terilari kiritiladi. Terilarning sifati va tovar xossalari, ularga ishlov berish usuli va qaysi maqsadda qo'llanilishini hclgilaydi. Charm xomashyosi GOST -1134-73 bo'yicha sinflanadi. Ushbu standartga muvofiq charm xomashyosi mayda, yirik va cho'chqa xoniashyosiga boiinadi. Mayda xomashyo: Massasi 10 kg gacha bo'lgan yirik shoxlimollar buzoqchalarining terisi: barra buzoq terisi, emadigan buzoq terisi (upuka), buzoq terisi, toy terilari: toychoqning taqir terisi, junli toychoq terisi, toy terisi (massasi 5-10 kg); echki terilari: dasht va daromadli echki terilari, yovvoyi echki terilari; qo'y terilari: rus va dasht qo'y terilari, bo'taloq terisi (massasi 10 kg gacha). Yirik xomashyo: Yirik shoxli mol terilari, massasi 10 kg dan yuqori (yarimteri, novvos terisi, ho'kiz terisi, buqa terisi, sigir terisi, qo'tos terisi, yak terisi), ot va luyalar terisi, massasi 10 kg dan yuqori (ot terilari, old teri. xaz, tuya Icrisi ), eshak, xachir, bug'u, los terilari, massasi 10 kg dan yuqori.
Nuqsonlar deb, terilarning soch qoplami va teri to‘qimasida hosil bo‘ladigan, shuningdek charm va mo‘yna sanoati uchun ularning qimmatini tushiradigan har xil shikastlanishlarga aytiladi. Nuqsonlarni farqlash, hosil bo‘lish sabablarini bilish va ularga qarshi kurash choralarini belgilash soha mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Nuqsonlar teri sifatini pasaytiradi, navlarga ajratishga ko‘p vaqt sarflanishi tufayli, xom ashyoni qabul qilish va topshirishni murakkablashtiradi va nihoyat terini ishlab chiqarish maqsadini o‘zgartirib, ularga ishlov berishni qiyinlashatiradi. Hayvonlarni yomon oziqlantirish va saqlash, ularni boqish davrida zarur bo‘lgan sanitar-veterinariya tadbirlarini o‘tkazmaslik, terini shilish, dastlabki ishlov berish, konservalash va tashishdagi shikastlanishlar nuqsonlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Ayrim nuqsonlar faqat ma’lum turdagi xom ashyoga xos
bo‘lsa, boshqalari hamma turlar uchun umumiy hisoblanadi.

Download 25.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling