chi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan ?


Download 17.32 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.32 Kb.
#1597022
Bog'liq
педгогика3 Дилнавоз


1. 1 chi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan ?

maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, bolalarga ona tilida xatsavod oʻrgatgan va yangilik gʻoyalarini ilgari surgan oʻquv yurtlari. Dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884-yil maʼrifatparvar Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan va u "usuli savtiya tadrijiya" ("rivojlanuvchi tovush usuli") maktabi boʻlgan.


2. Jadidlar tomonidan nechanchi yili gazetalar nashr qilindi. Gazeta nomlarini ayting.
Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, «Xurshid», «SHuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. 
3. Behbudiy nechanchi yildan gazeta va jurnallar chiqara boshlaydi va ularning nomlari.
M.Behbudiy 1913 yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyna» jurnalini chikara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» hususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda millat va ona yurt dardi, xalqni ma’rifatli qilish, erkinligini ta’minlash masalalariga bagishlangan dolzarb makolalar chop etildi. Ular chor Rossiyasi tasarrufidagi urkey xalqlarga, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiyagacha yetib borardi.
4. Jadidchilikning yirik vakillari kimlar va ularning ismlari.
O’rta Osiyoda jadidchilik harakatining yirik vakillari: Munavvar kori Abdurashidxonov, Mahmudho’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho’lpon, Ubaydullaho’ja Asadullaho’jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Usmonho’ja Po’latho’jayev, Fayzulla Ho’jayev, Ahmadjon Mahdum, Abdulvohid Rafiy va boshkalar edi.
5. Amir Temur umr bo’yi o’n ikki tamoyilga amal qilgan. Shu 12 tamoyini izchillik bilan sanab o’ting.
Amir Temur umr bo’yi amal qilgan o’n ikki tamoyillardan birinchisi – har yerda va har vaqtda islom dinini quvvatlaganligi, ikkinchisi davlat ishlarini mamlakatning ustunlarini tashkil qilgan turli tabaqalar va toifalar bilan quvvatlab, maslahatlashib, kengashib olib borganligidir. Uchinchi tamoyil– Amir Temurning saltanat ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizganligi, ko’p narsalarni bilib tursada, o’zini bilmaslikka olganligi, do’stu dushman bilan murosa-madora qilganligidan iborat. To’rtinchisi – davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga, to’ra va tuzukka tayanib va asoslanib boshqarishni tashkil etsa, beshinchisi amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo’lib, ularga izzat-hurmat ko’rsatib, martabalarini ulug’lab, ish tutganligidadir. Oltinchisi – adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zidan rozi qilganligidir. Yettinchisi – sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlangan, darvish, faqir va miskinlarni e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-hurmatlarini jazm bilan ish tutganligidir. Sakkizinchisi – azmu jazm bilan ish tutgan, ya’ni biror ishni amalga oshirishga qaror qilgan bo’lsa, unga butun vujudi bilan kirishib, oxiriga etkazgan. Nimaiki degan bo’lsa, unga amal qilganlarni qo’llabquvvatlaganligidiryu To’qqizinchisi – raiyat ahvolidan ogoh bo’lganligi, ulug’larni og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rganligidir. O’ninchisi – turku tojik, arabu ajamning turli toifa hurmat ko’rsatilganligi va qolganlarini ham o’z holiga yarasha siylaganligidir. O’n birinchisi do’stlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganida unutmasdan molu mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etganligidir; o’n ikkinchisi – do’st-dushmanligiga qaramay har joyda sipohiylarni hurmat qilganligidir.
6. So’fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’llarida to’rt bosqichni o’tishi kerak, deydi.
So’fiylar inson ma'naviy-ruhiy komillikka erishish yo’lida quyidagi to’rt 
bosqichni o’tishi kerak deb hisoblaydilar. 
Birinchi bosqich - Shariat. Diniy marosim va shariat 
aqidalari(taqvolar)ni aynan, izchil bajarish. Chunki shariat qonun bolib, bu qonun  vujud va qalbni tarbiyalaydi. 
Ikkinchi bosqich -Tariqat. Nafsni tiyish, xushnudlik, xilvat, raa'-naviy 
muhabbatni takomillashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya'ni o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat shakli. 
Uchinchi bosqich Ma'rifat. Hamma narsa, butun borliqning asosi xudo ekanini, o’zlikning mohiyati xudoning mohiyati bilan uyg’un ekanligini bilish va anglash. Mazkur holatda odam uchun kibru havo, man-manlik hamda shon-shuhrat be'mani bolib ko’rinadi. Shunda u orif, ya'ni bilimli va xudoni tanigan inson boladi. 
To’rtinchi bosqich Haqiqat. Mazkur bosqichda so’fiy xudoning dargohiga etishadi, vasliga vosil boladi, u bilan birlashadi, vahdat (tavahhud) tashkil etadi va shu asosda inson foniy, ya'ni «anal-haq» bo’la oladi. ) 

7. Ta’lim deganimiz nima?


Taʼlim - bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi.

8. Tarbiya deganimiz nima?


Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Download 17.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling