Chingiz Aytmatov «Asrga tatigulik kun» romani 115-guruh Abdurasulova Nigora


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.04.2020
Hajmi0.81 Mb.
#100370
Bog'liq
2 5244720754263590928


Chingiz Aytmatov

«Asrga tatigulik kun» romani

115-guruh Abdurasulova Nigora

Chingiz To’raqulovich Aytmatov

(12.12.1928-10.06.2008)



1.Muallifning qisqacha biografiyasi

Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov (12-dekabr, 1928 – 10-iyun, 2008) – Qirg‘iziston 



xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi akademik (1974). 

Qirg‘iziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 – 58 yillari 

Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini 

qirg‘iz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. „Bay-damtol 



sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy 

ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Bo‘tako‘z“, 



„Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yo‘li“ (1963), „Alvido, ey Gulsari“ 

(1966) kabi qissalarida muhabbat mavzusi katta ehtiros bilan tarannum etilgan. 

Adibning „Tog‘ va cho‘l qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi.

Adibning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot 

ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi 

ham asar kabi shuhrat qozondi. „Dengiz yoqalab chopayotgan olapar“ (1977) 

qissasida muhim maʼnaviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mashʼum 

manzaralari o‘z ifodasini topgan.


"Asrga tatigulik kun" (1980), „Qiyomat“ (1986), „Kassandra tamg‘asi“ 

(1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona 

Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar 

ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, 

buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, nozik hissiyotlari 

so‘ngan manqurt obrazi tasviri, adib ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi.

Adibning „Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori“ (M. Shoxonov bilan 



hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bag‘ishlangan. Adibning prozasida

ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib 

ketadi



Adibning «Asrga tatigulik kun» romani ma'naviy-ruhiy 

poklanish pallasida insonga o’z –o’zini anglash darsidan 

saboq berishi, shubxasiz. Roman qahramonlari sizu biz, 

voqealar esa o’tmishimiz va bugunimizdir.

Bu kitob jismu fig’onimdir mening, 



Bu kalom jonu jahonimdir mening

Grigor Narekatsi «Musibatnoma» X asr



2.Asarning nomi:

«Asrga tatigulik kun»

Asarning janri: roman

Muallifning ijodiy metodi: fantastika va realizm



3.Asarning tematik tasnifi: 

adabiy-badiiy asar



4.Asarning mavzusi:

Ushbu asarda siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar 

hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi 

mehnatkash, kamtargina odam 

ham siyosat ta’siridan holi bo’lolmasligi Edigey Bo’ron misolida ishonarli 

tasvirlangan. Edigey kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan 

yuksak udumlar asosida yashashga o’zida kuch topa oladigan sabrli 

taqdiridan rozi chin insondir.

Uning ezgu insoniy sifatlari qiyinchiliklarga qaramay marhum 

Kazangapning vasiyatini bajarishga kuch topganida, qanchalik 

g’azablanmasin, o’lik bor joyda janjallashmaslikka qudrati yetganida, bu 

Sobitjonning gap-so’zlariga bo’lgan munosabatida yaqqol ko’rinadi.



Asardagi voqealar Sario’zak cho’lida, Bo’ronli temir yo’l bekatida 

bo’lib o’tadi. Gap butun ongli hayotini bekatda oddiy temiryo’lchi 

bo’lib o’tkazgan Kazangapning vafotidan so’ng dafn etish 

taraddudlari tasviri bilan boshlanib, romanning nihoyasida dafn 

musibat ustiga musibat bilan tugaydi. Shu orada Kazangap bilan 

Edigey Bo’ronning hayoti, ularga chambarchas bog’liq yoki bog’liq 

bo’lmagan holda Tinch okeani tepasida Sovet-Amerika “Paritet” 

kosmik kemasining parvozi bilan bog’liq hodisalar, Ona Bayit 

qabristoni, Nayman ona va uning baxtsiz farzandi Jo’lomon, maktab 

muallimi Abutolib Quttiboyev, uning sadoqatli rafiqasi Zarifa va 

farzandlarining boshiga tushgan falokatlar hikoya qilinadi.


5.Asarning g’oyasi:

Ch.Aytmatov inson zoti sharifini, nainki 

inson, umuman tirik mavjudotni juda xilma-xil sharoitlarda, turli 

vaziyatlarda, ziddiyatli, tang holatlarda, masud damlarda, fojia 

ichida olib qaraydi. Insonning tavallud topishi, unib-o’sishi , 

kamoloti, parvozi, inqirozi, yuztuban ketish onlarida, chuqur ruhiy 

iztiroblar ichida korar ekan, shunisi tahsinga sazovorki, har 

qanday sharoitda-hatto yorug’ dunyodan abadiy ko’z 

yumganida ham –inson ulug’ va mukarram bo’lib qolishga 

arziydigan zot, deb talqin qiladi. Sobitjon otasi Kazangapni

tirigida- shod, o’lganida ham obod qilmaganidan qattiq 

ranjigan Edigey o’yga toladi: “Odamlarga nima bo’lgan o’zi!?-

deya g’azablandi. –Ularga o’limdan boshqa hamma narsa 

muhim!-Bu fikr Edigeyning ich-etini tirnardi.-Modomiki ularga 

o’lim ahamyatsiz ekan, demak ular hayotning ham qadr-

qimmatiga yetmaydi. Unday bo’lsa, yashashdan maqsad 

nima?, ular nima uchun yashaydilar?


Yozuvchi bu asarda insonlarni mehnatkash yoki tanballarga 

ajratmaydi. U odamlarning qanday din, qanday mazhab, 

qanday siyosiy-partiya vakili bo`lganidan qat`iy nazar, 

shavqatli va shavqatsiz, vijdonli, insofli va insofsiz, dono va 

nodon qahramonlar orqali asar g’oyasini qahramonga 

yetkazib beradi va kitobxonda qadryatlarga, inson zotiga 

hurmat bilan qarash, har qanday vaziyatda taqdiridan 

nolimaslik va sabr-bardoshli bo’lish kabi insoniy qiyofani 

shakllantiradi. Bir so’z bilan ifodalaganda roman odamning 

odamligini ta`minlab turadigan asosiy qadryatlar haqida dard 

bilan bitilgan o`lmas asardir.


6.Asar sarlavhasi: 

«Asrga tatigulik kun» dastlab o’zbek tiliga «Asrni qaritgan 

kun.Bo’ronli bekat» nomi bilan «Yoshlik» jurnalining 1986-yil 1-4,  

«Kunda» nomi ostida “Sharq yulduzi”jurnalining 1987-yil 8-10-

sonlarida Asil Rashidov va Ibrohim G’afurov tarjimalarida bosib 

chiqilgan edi. So‘ng, «Asrga teng kun», «Asrga tatigulik kun»

keyinchalik «Asrni qaritgan kun» sarlavhasi ostida chiqa 

boshladi. Asarning o’zbek tilidagi tarjimasi asosida o’zbek

kitobxoni bevosita o’ziga qardosh bo’lgan xalqning buyuk 

farzandining buyuk asari bilan tanishish, uning ko’nglidagi 

og’riqlarni bilish imkoniga ega bo’ldi. Asarning asl nusxasiga 

nazar tashlaydigan bo’lsak o’quvchi bundan tarjimadan 

topganchilik ma’naviy ozuqa topolmasligi mumkin. Ammo 

asar tarjimasi o’zbek kitobxonini bir muncha vijdon azobida 

qiynashi, o’ylantirishi turgan gap. Xulosa qilib aytilganda,

asarning asl nusxasini tan deb oladigan bo’lsak uning tarjimasi 

unga chinakam ruh bag’ishlagan. Asar yuksak did, e`tibor va 

chinakam mahorat bilan yozilgan bo’lib, yaqin o’tmish XX 

asrdagi insonlar hayoti misolida.


7.Asarning lingvistik tahlili:

-Frazeologizmlar:

dilini


xufton qilmoq, fazo sarı yo’l, og’ir hayot 

tajribasi, ohori to’kilmagan, joni halak, 

toshday qotib qolgan, ko’z qorachig’day 

asramoq, qosh qorayganda, sukunat cho’kdi

havosiz nafas olish



kulini ko’kka sovurmoq



Kasb-hunarga oid so’zlar:

temiryo’lchi, neft quyuvchi, yo‘l ochuvchi, 

paritet-fazogirlari, bekat boshlig’i 

Toponimlar:

Sario’zak cho’li, Bo’ronli bekati, Onabayt 

qabristoni, Mirzacho’l, Orolbo’yi, Qumbel 

bekati, Aleut orollari, Sarbozor



Asardagi milliy kolorit:

janoza, vasiyat, Qur’on tilovati,  

qoraqalpoq daftari, qoraqalpoqcha 

qo’shiqlar, Do’nanboy nomli qush haqida 

afsona 


9.Asardagi tugun: 

Asar ziddiyatlarga to’la. Unda qalban mehnatkash insonlar bir-

birlari bilan yoru birodar bo'ladilar, bir-birlarining tillariga 

tushunadilar. Mabodo tushunmagan holatlarida xotirjam 

qololmaydilar, o’yga toladilar. Bu asarda o’yga toldiradgan 

muammolar  shu qadar ko’pki inson o’y-tafakkuri zamindan o‘sib 

koinotga ulangan. Eng fojiyaviy ziddiyat esa yuqorida 

keltirilgandek qalban mehnatkash insonning farzandini 

zamonasining «manqurt»ıga aylanishi. Odam bolasi bir-biri bilan 

murosa-yu madora qilib yashashi mümkin, biroq insoniy hislatlar 

unga hamroh ekan hech qachon bir xilda fikrlay olmaydi. 


10.Badiiy asardagi konflikt turi:

Inson-jamiyat, inson-inson



11.Asar kulminatsiyasi:

Kazangapni Bo`ronli bekatidan o`ttiz chaqirimcha narida 

joylashhgan Ona Bayit qabristonida dafn etishiga 

undagan real sababiyatlar va marosim bilan mazkur qabristonga 

asos solgan Nayman ona bilan qirg`iz elining raqiblari junjanglar 

tomonidan manqurtga aylantirilgan farzandi o`rtasida fojiona 

tugagan qonli voqea ya`ni onaning o`z o`g`li qo`lida 

shavqatsizlarcha o`ldirilishi haqidagi rivoyat bugungi qozoq 

hayotida kechayotgan boshqa bir real voqea bilan chambarchas 

bog`lanadi: kosmadrom hududida joylashgan Ona Bayit 

qabristonidan Kazangapga go’r qazish uchun 2 metr  joy 

topilmaydi.



Boshqacha aytganda,   dunyoning bir nechta 

davlatini o’z bag’riga sig’dira olgan hayhotdek   

Qozog’iston cho’lida , shu yerlik qozoqlarning azaliy 

qabristonida o’z umrini  Vatan va xalq xizmati, baxt-

saodati yo’liga tikkan halol mehnatkash  kishining 

jasadiga “o`n bir qarich “ joy berilmaydi.



12.Asardagi yechim:

Insonni qanday holatda hamqat’iy  o’zligini 

yo’qotmasligiga,  ota-onasini qadrlashga, azaliy 

qadryatlarga  hurmat bilan qarashga va sabr-

bardoshli bo'lishga chorlaydi. 


13.Asardagi folklyor namunalari:

Tulubin kelib iskagan,

Bo‘tasi o’lgan bo’z moyaman…

*****************

«Kuch otasini ham tanimaydi»

*****************

Otdan otning farqi nimadir?

Arillagan turishi bor, bilib qo’y.

Botirdan botirning farqi nimadir?

Farosati, aqli ortiq, bilib qo’y…



14.Asardagi falsafiy mushohadalar:

Xotira- bu qachonlardir o’tmishda bo’lib o’tgan 

voqealar, hozir esa ular mavjud elmas. Demak, 

inson haqiqatda nimaki sodir bo’lgan bo’lsa 

o'shani eslaydi.

****************

Temir yo’lning ikkala tomonida yovshanzor bilan 

qoplangan hayhotdek dashtlik- Sario’zak, 

o’rtacho’l yastanib yotadi…


15.Asardan olgan taassurotlarim:

Asrga tatigulik kun” serqatlam,  tadqiqotchilar  qayd 



etganidek, intellektual-parabolik romandir. Asarning bunday 

baholanishiga sabab unda turli uslubiy-struktur qatlamlar 

mavjudligi, real hayot tasviri mif-afsonalar bilan qorishib 

ketib, fantastikani qayerdan boshlanib qayerdan real 

hayotga ulanganini o’quvchi sezmay qolishida deb 

o’ylayman.  Asardagi voqealar mazmuni, qahramonlar 

xarakterlari bilan kitobxon qalbidan o’rin egallaydi va uning 

ma’naviy olamida o’zgarish, yangilanish, yuksalishni sodir 

etadi. Shu tufayli ham bu roman o’z muallifining ham 

sharaflanib, shuhrat qozonishiga sabab bo’lgan. 



Garchi roman voqealari atigi yetti  oiladan iborat kichik 

temir yo‘l bekatida bir kunda bo‘lib o‘tsa-da,  unda 

yetti iqlimni qamrab

olgan muammo

,  ming yillarga 

tatigulik xalq dardi, tashvishi ifodalanadi. Asar 

voqealari Qozog’istonning Sario‘zak degan cho‘lidagi 

“Bo‘ronli” bekatida bo‘lib o‘tadi. Sario‘zak cho‘lining 

tarixi bir necha asrlarga borib taqaladi. “Sario‘zak 

cho‘li – tarixning unitilgan kitobi”dir. Shunday cho’lda, 

og’ir sharoitda yashab, mehnat qilgan, har bir kuniga 

shukur qilgan, o’zligini unutmagan insonlar 

barchamizga haqiqiy inson qanday bo'lishi kerakligini 

isbotlab bergan.



Iymonli, insofli,

mehnatkash,

aqlli, haqso’z.  

Edigey              Kazangap



Bo'ron

E’toboringiz uchun rahmat!

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling