Chinoz tumani


Download 23.02 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi23.02 Kb.
#1744828
Bog'liq
About Chinaz


Chinoz tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Yangiyoʻl tumaniga qoʻshilgan. 1973-yil 12-aprel da qayta tuzilgan. U Yangiyoʻl, Quyi Chirchiq tumanlari, Sirdaryo viloyati, Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,34 ming km². Aholisi 116 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chinoz), 2 shaharcha (Olmazor, Yangi Chinoz), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Islohot, Ittifoq, Koʻtarma, Turkiston, Chinoz, Eski Toshkent, Yallama, Uzbekistan) bor. Markazi — Chinoz shahri.
Tabiati
Relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Qir va adirlar, Qozogʻiston chegarasiga yaqin joyda esa choʻl boshlanadi. Foydali qazilmalardan Sirdaryo bilan Chirchiq daryosining qoʻshilish joyida qurilishda ishlatiladigan qum va shagʻal olinadi. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha harorat +13,4°C, yanvarning oʻrtacha harorati -3,1°C, iyulning oʻrtacha temperaturasi +26,5°C. Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 350 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Chirchiq, Sirdaryo daryolari oʻtadi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda tuman hududidan oʻtgan Boʻzsuv, Kurkuldak, Shimoliy Toshkent, Joʻn kanallaridan foydalaniladi. Achchiqkoʻl, Chumchuqkoʻl, Keles yaylovlarida Oydinkoʻl koʻli bor. Tuproqlari, asosan, boʻz, Chirchiq daryosi yoqasida qoramtir, boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan semizoʻt, shoʻra, ituzum, bangidevona, achambiti, qoʻytikan, yantoq, chuchmoma va boshqa bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon uchraydi.
Aholisi
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, qozoqlar, shuningdek, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 341,2 kishi. Qishloq aholisi 81 ming kishi, shahar aholisi 35 ming kishi (2004).
Xoʻjaligi
Tuman iqtisodiyoti, asosan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Chinoz tumani da 8 ta sanoat korxonasi boʻlib, ularda qurilish materiallari, paxta tozalash, urugʻlik tayyorlash, noruda materiallar ishlab chiqarish bilan shugʻullaniladi (qumshagʻal qazib olinadi).
Avtomobil taʼmirlash zavodi, qurilish materiallari va konstruksiyalari, noruda qurilish materiallari kombinatlari, mashina traktor parki, qum-shagʻal karyeri bor. 2 qoʻshma korxona (shu jumladan, kalava ipgazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Oʻzbekiston — Turkiya — Yaponiya „Chinoz-Toʻqimachi — LTD“ korxonasi) ishlab turibdi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori faoliyat koʻrsatadi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik va gʻallachilik. Shu bilan birga chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 541 dehqon fermer xoʻjaligi bor. Chinoz tumanidagi shaxsiy va jamoa xo’jaliklarida 26,8 ming qoramol (shu jumladan, 11,6 ming sigir), 17,6 ming qoʻy va echki boqiladi, parrandachilik bilan ham shugʻullaniladi.
Tumanda 48 umumiy taʼlim maktabi, 2 oʻrta kasb hunar maktabi, markaziy kutubxona va uning 29 ta tarmogʻi, bolalar musiqa maktabi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. 2 kasalxona (400 oʻrin), poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 163 vrach ishlaydi. Chinozdan poytaxtga avtobuslar qatnaydi. 1935-yil dan „Chinoz hayoti“ tuman gazetasi chop etib kelinmoqda.

About Chinaz


Chinaz district is a district in Tashkent region. It was founded on February 9, 1935. On December 24, 1962, it was added to Yangiyol district. Reorganized on April 12, 1973. It borders Yangiyol, Kuyichirchik districts, Syrdarya region and the Republic of Kazakhstan. The area is 0.34 thousand km². The population is 116 thousand people (2004). The district has 1 city (Chinaz), 2 towns (Almazor and Yangi Chinaz), 8 rural communities (Islohot, Ittifoq, Ko’tarma, Turkiston, Chinaz, Eski Toshkent, Yallama, O’zbekistan). The center is the city of Chinaz.
Nature
The terrain is mostly flat. Highlands and hills, and near the border of Kazakhstan, the desert begins. At the confluence of the Syrdarya and Chirchik rivers, sand and gravel used in construction are taken from minerals. The climate is continental. The average annual temperature is +13.4°C, the average temperature in January is -3.1°C, and the average temperature in July is +26.5°C. The vegetation period is 210 days. Annual rainfall is 350 mm. Chirchik and Syrdarya rivers pass through the territory of the district. Also, the Bozsuv, Kurkuldak, North Tashkent, Jo’hn canals passing through the district are used for irrigation of agricultural crops. There are some lakes as Achchikkol, Chumchukkol and Aydinkol. The soil is mainly gray. Wild plants include semizo’t, shura, ituzum, bangidevona, achambiti, qo’ytikan, yantoq, chuchmoma and others. Wild animals include foxes, wolves, jackals and wild boars.
Population
The population is mainly Uzbeks, Kazakhs, as well as Tajiks, Russians and representatives of other nationalities. The average population density is 341.2 people per 1 km². The rural population is 81 thousand people, the urban population is 35 thousand people (2004).
Economy
The economy of the district is mainly specialized in agricultural production. There are 8 industrial enterprises in Chinaz district, which are engaged in the production of building materials, cotton cleaning, seed preparation, raw materials (sand mining).
There is a car repair plant, plant of building materials and constructions, a car tractor park and a sand and gravel quarry. 2 joint ventures (including the Uzbekistan-Turkey-Japan "Chinaz-Toqimachi-LTD" enterprise, which specializes in the production of cotton yarn) are operating. There are trade, cultural and household service outlets, a farmer's market. The main branches of agriculture are cotton growing and grain growing. At the same time, livestock breeding, cocoon breeding, vegetable growing, policing, and horticulture are also developed. There are 13 companies and 541 peasant farms in the district. 26,800 cattle (including 11,600 cows), 17,600 sheep and goats are raised in private and collective farms in Chinaz district, and poultry farming is also practiced.
The district has 48 general education schools, 2 secondary vocational schools, a school of musician and art, a central library and its 29 branches, a children's music school, a culture house, 2 hotels, one big and 8 small stadiums, a culture and recreation park. 163 doctors work in 2 hospitals, polyclinics, rural medical centers, pharmacies and others. There are buses from Chinaz to the capital. Since 1935, the district newspaper "Chinaz hayoti" has been published.
Download 23.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling