Chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi. Chiziqli algoritmlar


Download 60.73 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi60.73 Kb.
#196616
  1   2   3
Bog'liq
4-variant,savol javob


1.Algoritmning asosiy turlari. Tarmoqlanuvchi turi.

Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishiga, ya’ni bajarilish tartibiga qarab uch asosiy turga bo‘linadi: chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.



Chiziqli algoritmlar. Barcha ko‘rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar chiziqli algoritmlar deyiladi. “Choy damlash”, doira yuzini hisoblash algoritmlari chiziqli algoritmlarga misol bo‘ladi. Lekin hayotimizdagi juda ko‘p jarayonlar shartlar asosida boshqariladi.

Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shartga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalar ishtirok etgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb ataladi. Algoritmlarning bu turi hayotimizda har kuni va har qadamda uchraydi. Eshikdan chiqishimiz eshik ochiq yoki yopiqligiga, ovqatla­nishimiz qornimiz och yoki to‘qligiga yoki taomning turiga, ko‘chaga kiyinib chiqishimiz ob-havoga, biror joyga borish uchun transport vositasini tanlashimiz to‘lash imkonimiz bo‘lgan pulga bog‘liqdir. Demak, tarmoqlanuvchi algoritmlar chiziqli algoritmlardan tanlanish imkoniyati bilan farqlanar ekan. Avvalgi darslardagi kvadrat tenglamani yechish, ikki sonning EKUBini topish algoritmlari tarmoqlanuvchi algoritmlarga misol bo‘ladi.

Agar algoritm qadamlari ketma-ket bajarilish jarayonida qandaydir shartga bog‘liq ravishda o’zgarsa, bunday algoritm tarmoqlanuvchi algoritm deb nomlanadi. Shart bu mantiqiy ifoda bo’lib, faqat rost yoki yolg’on qiymatni qabul qiladi. Agar shart rost bo’lsa Ha, yolg’on bo’lsa Yo’q tarmog’i bo’yicha algoritm qadami davom etadi.



Tarmoqlanuvchi algoritm to’liq tarmoqlanuvchi va to’liqmas tarmoqlanuvchi turlariga bo’linadi.

To’liq tarmoqlanuvchi algoritmda shart bajarilganda va bajarilmaganda ikkalasida ham amallar bajariladi.

Agar shart bajarilsa A amal bajariladi, aks holda B amal bajariladi.

Tarmoqlanish shart asosida bo’ladi. Shart mantiqiy ifoda bo’ladi. Mantiqiy ifoda mantiqiy o’zgaruvchi, taqqoslash amallari yoki ularning inkor, konyuksiya, dizyunksiya amallaridan iborat bo’lishi mumkin. Shart operatori C++ da shart operatori quyidagicha yoziladi:

if (shart) { // agar shart rost bo’lsa

Operatorlar1; // operatorlar 1 bajariladi

}


else { // aks xoda

Operatorlar2; // operatorlar 2 bajariladi.



}

C++ da taqqoslash amallari:






Download 60.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling